#diqqat_tanlov
14-04-2025Shoir va yozuvchilar hayoti, ijodi haqida bilim va imkoniyatlaringizga ishonasizmi? Unda “Ilhom” mukofoti tanlovida ishtirok etib, oʻzingizni sinab koʻring!
🔹“Ilhom” mukofoti shoir va yozuvchilar hayoti hamda ijodini oʻrganish, ularning asarlarini tarjima qilish, shu asosda tadqiqotlar oʻtkazish, kino va sahna asarlari yaratish kabi maʼnaviy-maʼrifiy, ilmiy-ijodiy jarayonlarda eng yuqori natijalarga erishgan oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan hamda faoliyat yuritayotgan yoshlarga beriladi.
📌Tanlov gʻoliblari quyidagicha taqdirlanadi:
1-oʻrin: BHMning 100 barobari;
2-oʻrin: BHMning 80 barobari;
3-oʻrin : BHMning 40 barobari (1 BHM miqdori 375 000 so'm);
📌Tanlov 2 bosqichda oʻtkaziladi:
1-bosqich: Oliy taʼlim muassasasi miqyosida saralash bosqichi;
2-bosqich: Asosiy tanlov bosqichi hisoblanadi
Shoshiling, 11-aprelga qadar OTMning yoshlar masalalari, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha masʼullariga ariza bilan murojaat qiling!
