TALABALARGA GRANTLARNI TAQDIM ETISH VA QAYTA TAQSIMLASH


Farg‘ona davlat texnika universitetining 1-kurs talabalari uchun ta’lim grantlari taqsimoti e’lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-martdagi VMQ-149-son qarori hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 25-martdagi 117-son buyrug‘i asosida Farg‘ona davlat texnika universitetining 1-kurs talabalari uchun ta’lim grantlari taqsimoti e’lon qilindi.

Grant o‘rinlari “to‘liq ta’lim granti” va “to‘liq bo‘lmagan ta’lim granti” shaklida taqsimlanadi.

Tanlovda quyidagi talabalar ishtirok etishi mumkin:

 • Birinchi kursni grant ajratilgan bakalavriat (yoki magistratura) yo‘nalishida o‘qib tugatgan;
 • Ta’lim grantini qayta taqsimlashda qatnashish istagini bildirgan;
 • Joriy o‘quv yilidagi GPA ko‘rsatkichi 3.5 va undan yuqori bo‘lgan Farg‘ona davlat texnika universiteti talabalari.

Grant taqsimoti yo‘nalishlar va o‘qitish tiliga qarab amalga oshiriladi.

Barcha talabalarni tanlovda faol ishtirok etishga chaqiramiz!

events Image