Mazkur marafonda universitet “Ekofaol talabalar” jamoasi ham faol ishtirok etdi. Ushbu tashabbus, oliy ta’lim muassasalarida yashil hududlar barpo etish, talabalar va yoshlarning ekologik madaniyatini oshirishga xizmat qiladi.
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida universitetimizda “Ziyolilar bog‘”lari tashkil etilishida “Ekofaol talabalar” jamoasi ham faol ishtirok etdi
Ushbu loyihadan ko'zlangan maqsad, mamlakatimiz bo‘ylab amalga oshirilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘kalamzorlashtirish, yashil hududga aylantirishga yaqindan ko‘maklashish orqali xalqimizga xos ezgu fazilatlarni yuksaltirishdan iborat hamda institut hududini yanada yashnatish, ekologik muhitni yaxshilash va talabalarda tabiatga mehr uygʻotish maqsadida tashkil etildi.
