Farg'ona davlat texnika universitetida Talabalar kibersport o‘yinlari — Farg‘ona 2025” hududiy bosqichi bo'lib o'tdi



🔹 “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Farg'ona viloyatining 8 ta oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida 130 nafardan ortiq talaba ishtirokida “Dota2”, “CS2”, “FC25” o‘yinlari hamda “Just Dance” fijital raqs kibersport turlari bo‘yicha hududiy bosqich musobaqalari Farg'ona davlat texnika universitetida bo‘lib o‘tdi.

Hududiy bosqichda quyidagi jamoalar g'alaba qozondi:

“Dota2” bo‘yicha — 1-o‘rin  Farg'ona davlat texnika universiteti

“CS2” bo‘yicha — 1-o‘rin Farg'ona davlat texnika universiteti

“FC25” bo‘yicha — 1-o‘rin Farg'ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti

“Just Dance” bo'yicha — 1-o‘rin Farg'ona shahridagi Koreya xalqaro universiteti 

Eslatib o'tamiz, g'olib bo'lgan jamoalar 2025-yilning 23-25-iyun kunlari Farg'ona shahrida bo'lib o'tadigan “Talabalar kibersport o‘yinlari — Farg‘ona 2025” Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi!

News Image