Farg‘ona davlat texnika universiteti Magistratura bo‘limi tomonidan bakalavr 4-bosqich bitiruvchi talabalari uchun magistraturada o‘qishni davom ettirish imkoniyatlari yuzasidan targ‘ibot tadbiri tashkil etilmoqda.
🔹 Tadbir davomida talabalar magistraturaga kirishdagi imtiyozlar, til sertifikatlari talablari va boshqa muhim masalalar bo‘yicha batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.
Shu bilan birgalikda, talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollariga soha mutasaddalari tomonidan javob olishdi.
