O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-martdagi 149-son qarori hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 25-martdagi 117-son buyrug‘i asosida Farg‘ona davlat texnika universitetining 1-kurs talabalari uchun ta’lim grantlari taqsimoti e’lon qilindi.
Grant o‘rinlari “to‘liq ta’lim granti” va “to‘liq bo‘lmagan ta’lim granti” shaklida taqsimlanadi.
Tanlovda quyidagi talabalar ishtirok etishi mumkin:
• Birinchi kursni grant ajratilgan bakalavriat (yoki magistratura) yo‘nalishida o‘qib tugatgan;
• Ta’lim grantini qayta taqsimlashda qatnashish istagini bildirgan;
• Joriy o‘quv yilidagi GPA ko‘rsatkichi 3.5 va undan yuqori bo‘lgan Farg‘ona davlat texnika universiteti talabalari.
Grant taqsimoti yo‘nalishlar va o‘qitish tiliga qarab amalga oshiriladi.Barcha talabalarni tanlovda faol ishtirok etishga chaqiramiz!