Xalqaro almashinuv dasturlari to'g'risida batafsil ma'lumot


Talaba almashinuvi uchun ariza beruvchilar uchun muhim ma’lumotlar:

Kimlar qatnashishi mumkin?

  • FDTU ning barcha 1,2 va 3- kurs bakalavriat talabalari (ba’zi dasturlarda 1- kurs magistratura talabalari ham qatnashishlari mumkin) ;
  • Barcha almashinuv dasturlarida ishtirok etish uchun bakalavriat talabalari o‘z universitetlarida kamida 2 semestrni tamomlagan bo‘lishlari lozim;
  • Shuningdek, talabalar o‘qishning so‘nggi semestrini o‘z universitetlaridan boshqa universitetlarda o‘qishlari mumkin emas.

Diqqat muhim!
 
Barcha hamkor universitetlar almashinuv talabalari uchun o‘quv to‘lovlaridan voz kechishadi . Biroq, talabalar o‘qishdan tashqara barcha xarajatlarni o‘z yonlaridan amalga oshiradilar, jumladan:

  • Viza to‘lovlar;
  • Aviachipta;
  • Tibbiy sug‘urta;
  • Yashash xarajatlari;
  • Turar joy;
  • Har qanday boshqa shaxsiy xarajatlar

almashinuv dasturi ishtirokchisi bo‘lgan talaba yonidan sarflanadi.

Bundan tashqari, Germaniya, Koreya Respublikasi va yana ayrim mamlakatlar viza jarayonida talabadan 6000 AQSh dollari miqdorida bank hisob ham talab etiladi.

Ayrim dasturlar uchun milliy va xalqaro grantlar(masalan, Koreya hukumatining xorijlik talabalarga mo‘ljallangan GKS granti) mavjud bo‘lib, ishtirokchilar mazkur grantlarga ariza topshirishlari mumkin.

Xorijiy til talablari :

  • Ingliz tilidagi  dasturlar: IELTS va TOEFL sertifikatlari (minimal B2 darajasi).
  • Turk tilidagi dasturlar ( Egey universiteti): CEFR va TYS sertifikatlari (minimal B2 darajasi).
  • Rus tilidagi dasturlar: suhbat asosida, va shu sababli rasmiy til sertifikati talab etilmaydi.

GPA talabi :
Tanlov imkoniyatingizni oshirish uchun kamida 80% GPA tavsiya etilgan bo‘lsa-da, GPA past bo'lgan talabalar hali ham ariza topshirishlari mumkin. Tanlov raqobatbardosh bo‘lib, yuqori GPAga ega bo'lgan talabalar jarayonda ustunlikka ega bo'ladilar.

Ariza berish sanalari :
E’lon qilinadi

Hujjat topshirish jarayoni:

  1. Nomzod dasturda ishtirok etish uchun ariza beradi.
  2. Nomzodning barcha talablarga javob berishi aniqlanib, keyingi bosqishga tavsiya etiladi.
  3. Universitet ichida saralash bosqichi.
  4. Xorijiy hamkor OTMga rasman nomzod hujjatlari taqdim etish.
  1. Bu yerda hamkor oliygoh tomonidan so‘raladigan hujjatlar farq qilishi mumkin;
  2. Xorijiy OTMda o‘qiladigan kurslarni tanlash;
  3. Elchixonaga viza uchun hujjatlar topshirish