
Farg‘ona davlat texnika universitetining 4 ta ta’lim dasturi Evropa Ittifoqining eng nufuzli xalqaro tashkilotlaridan biri ASIIN tashkiloti tomonidan akkreditatsiyasidan muvaffaqiyatli o‘tkazildi.
Universitetda oliy ta’lim sifatini xalqaro standartlarga moslashtirish borasida olib borilayotgan tizimli ishlar natijasida quyidagi ta’lim yo‘nalishlari xalqaro baholashdan muvaffaqiyatli o‘tdi:
— 60730300 – Qurilish muhandisligi
— 60721500 – Geodeziya va geoinformatika
— 60730400 – Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va ekspluatatsiyasi
Shu bilan birga, universitet Buyuk Britaniyaning nufuzli QAA tashkiloti tomonidan institutsional akkreditatsiyadan o‘tish jarayonini ham izchil davom ettirmoqda. Hozirga qadar ushbu jarayonning ikki bosqichi muvaffaqiyatli yakunlangan bo‘lib, ayni paytda uchinchi bosqich amalga oshirilmoqda.
E'tiborli jihati shundaki, mazkur xalqaro akkreditatsiya jarayonlari to'liq Osiyo Taraqqiyot Banki tomonidan ajratilgan grant mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilmoqda.