2025-yil 18-sentabr kuni Farg‘ona davlat texnika universitetida ekologik muammolar yechimiga bag‘ishlangan innovatsion ishlanmalar va loyihalar ko‘rgazmasini o‘z ichiga olgan “Eko innovation 2025” ilmiy-anjumani bo‘lib o‘tdi.

 Аnjumanni Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori nomidan ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Shoxrux Davlatov ochib berdi va barcha qatnashchilarni tabriklab, o‘z maʼruzasida FDTU talabalarini respublika miyoqsidagi ilmiy va innovatsion tanlovlarda erishgan yutuqlari va yuksak natijalariga alohida to‘xtalib o‘tdi. So‘zga chiqqan Farg‘ona shahar hokimi o‘rinbosari Yusufjon Yusupov o‘z loyiha va ixtirolarini hayotga tadbiq etayotgan yoshlar, tadqiqotchi olimlar haqida, ularning saʼy-harakatlari va ishlanmalari natijasida respublikaning importga bo‘lgan ehtiyoji kamayib, eksport salohiyati ortib borayotgani haqida gapirdi va bu juda ham quvonarli hol ekanligini taʼkidladi.

 

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti