Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi va О‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining 2017 yil "22"avgustdagi 39 va         10-son qaroriga 1-ilova

 

О‘zbekiston yoshlar ittifoqining Farg‘ona politexnika institutidagi boshlang‘ich tashkilotlari tо‘g‘risida
NIZOM

Umumiy qoidalar

  • Mazkur Nizom О‘zbekiston yoshlar ittifoqining oliy ta’lim muassasalaridagi boshlang‘ich tashkilotlari faoliyatini tartibga soladi.
  • О‘zbekiston yoshlar ittifoqining oliy ta’lim muassasalaridagi boshlang‘ich tashkiloti (keyingi о‘rinlarda boshlang‘ich tashkilot deb yuritiladi) Ittifoqiing maqsad-vazifalarini oliy ta’lim muassasasi miqyosida amalga oshiradigan, ta’lim muassasalaridagi talabalar va yosh о‘qituvchilarni о‘z atrofida birlashtiradigan, ularning manfaatlari va huquqlarini himoya qiladigan eng quyi tuzilma hisoblanadi.
  • Boshlang‘ich tashkilot oliy ta’lim muassasasining Yoshlar ittifoki maqsad- vazifalariga xayrixoh bо‘lgan kamida besh nafar yoshlarining tashabbusi bilan tо‘ziladi hamda Ittifoqiing mahalliy kengashlari tomonidan rо‘yxatga olinadi.
  • Boshlang‘ich tashkilotlar oliy ta’lim muassasalarda О‘zbekiston yoshlar ittifoqning faoliyatini amalga oshiradi.
  • Oliy ta’lim muassasalaridagi boshlang‘ich tashkilotlar о‘zlari joylashgan xududdagi Ittifoqiing mahalliy kengashlariga birlashadi.
  • Boshlang‘ich tashkilotlar yoshlar yetakchisi va yetakchilar kengashi a’zolari faoliyat yо‘nalishi, qiziqishi hamda yoshlarning talab va istaklaridan kelib chidan holda, Ittifoqiing madalliy va hududiy kengashlari qoshida о‘z tashkilotlari (uyushmalar, markazlar, klublar, tugaraklar va boshqalar)ni tuzish tashabbusini bildirishi yoki mavjud tashkilotlarga ixtiyoriy qо‘shilishi mumkin.
  • Boshlang‘ich tashkilotlar faoliyati О‘zbekiston yoshlar ittifoqining tegishli mahalliy kengashlari hamda oliy ta’lim muassasasi tomonidan muvofiklashtirib boriladi.
  • Boshlang‘ich tashkilot о‘z faoliyatini О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, amaldagi qonun xujjatlari, О‘zbekiston yoshlar ittifoqining Ustavi, oliy ta’lim muassasasi faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlar hamda mazkur Nizom asosida amalga oshiradi.

Boshlang‘ich tashkilotning maqsad va vazifalari

Boshlang‘ich tashkilotning asosiy maqsadi ta’lim muassasalarida yoshlarning ta’lim-tarbiya olishi uchun munosib sharoit yaratib berishga kо‘maklashish, yoshlarning huquq,  va manfaatlarini himoya qilish hamda har tomonlama barkamol shaxslar bо‘lib yetishiga munosib hissa qо‘shishdan iborat.

Boshlang‘ich tashkilot о‘z oldiga quyidagi vazifalarni qо‘yadi:

  • yosh avlodni ona Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning ongiga milliy istiqlol g‘oyasi, milliy qadriyatlar, diniy bag‘rikenglik, millatlararo totuvlik va oilaviy qadriyatlarni chuqur singdirish;
  • yoshlarga О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va qonunlarida belgilangan fuqarolik huquq va burchlarini anglatish, ularga mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik va huquqiy islohotlarning mazmun-mohiyatini tushuntirish;
  • oliy ta’lim muassasasi yoshlarining muammolari, ta’lim sifati, fanlarni о‘zlashtirish darajasi, davomati, darsliklar va kutubxonadan foydalanish darajasini о‘rganib borish, yoshlar murojaatlarini kо‘rib chiqish va hal etishda kо‘maklashish;
  • yoshlarning chuqur bilim olishi, chet tillarini о‘rganishi va zamonaviy axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini puxta egallashi hamda ularni kasb-xunarga yо‘naltirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
  • -iste’dodli yoshlarni kashf etish, ularni har tomonlama qо‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishga qaratilgan ishlarni amalga oshirish, intellektual va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga kо‘maklashadigan  klub va tо‘garaklar faoliyatini tashkil etish;
  • imkoniyati cheklangan hamda maxsus ehtiyojli yoshlarning inklyuziv ta’lim olishi uchun qulay sharoit yaratishga qaratilgan ishlarni qо‘llab-quvvatlash;
  • -notinch oila farzandlari, tarbiyasi og‘ir va nosog‘lom muhitga tushib qolgan yoshlarning jamiyatga ijtimoiy moslashuvi hamda darslarni muntazam qoldirib kelayotgan talabalarni ta’lim jarayoniga qaytarish, qizlar о‘rtasida erta nikohlarning oldini olish bо‘yicha tizimli ishlar olib borish;
  • yoshlar о‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olishga qaratilgan huquqiy-tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish;
  • yoshlar о‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, ularning kitobga bо‘lgan muhabbatini oshirish va kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish;
  • yoshlarda "ommaviy madaniyat" niqobi ostidagi zararli illatlar, axborot xurujlari, diniy aqidaparastlik, missionerlik va ekstremistik g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish;
  • oliy ta’lim muassasasi yoshlari о‘rtasida yoshlar turizmini rivojlantirish, ularning о‘zlari yashayotgan hududdagi tarixiy obidalar, muqaddas qadamjolar, mо‘zeylar, teatrlar, mustaqillik davrida barpo etilgan inshootlarga tashrifini uyushtirish;
  • yoshlar, ayniqsa, qiz bolalar о‘rtasida sportni keng targ‘ib etish, ularning sportga bо‘lgan qiziqishini qо‘llab-kuvvatlash va turli sport musobaqalarida ishtirok etishi uchun zarur sharoitlarni yaratib berish;
  • yoshlarga tibbiy madaniyat, xususan, kasalliklardan ximoyalanish yо‘llarini keng tushuntirishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlarini tashkil etish;
  • yoshlar о‘rtasida ekologiya va atrof-muxitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni targ‘ib qilish orqali ularda ekologik madaniyatni yuksaltirish, ekologik tashabbuslarini qо‘llab-quvvatlash.

Boshlang‘ich tashkilotning huquq va majburiyatlari

Boshlang‘ich tashkilotning huquqlari quyidagilardan iborat:

  • oliy ta’lim muassasasi yoshlarining huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan о‘quv, tarbiya va boshqa jarayonlarda ishtirok etish, mas’ul xodimlar va о‘qituvchilardan zarur ma’lumotlarni olish hamda nazorat qilish;
  • oliy ta’lim muassasasidagi darslar sifati, о‘qituvchilar saviyasi va talabalar bilan munosabati, shuningdek, kutubxona, sport obyektlari faoliyatini о‘rganish, reydlar, ijtimoiy sо‘rovlar о‘tkazish;
  • oliy ta’lim muassasasidagi sharoitlardan tо‘la foydalanish, yoshlar ishtirokida tо‘garaklar, klublar tashkil etish, ish rejadagi chora-tadbirlarning oliy ta’lim muassasasi tomonidan moliyalashtirilishini talab etish;
  • oliy ta’lim muassasasi yoshlarining muammolari, taklif-tashabbuslari yuzasidan oliy ta’lim muassasasi rektori va yuqori tashkilotlarga takliflar kiritish;
  • nizomda belgilangan tartibda oliy ta’lim muassasasida kо‘shimcha tuzilmalarini tashkil etish;
  • faoliyatiga doir ma’lumotlarni tarqatish va targ‘ib etish.

Boshlang‘ich tashkilot tegishli normativ-huquqiy xujjatlarda nazarda tutilgan boshqa hukuqlardan ham foydalanishi mumkin.

Boshlang‘ich tashkilotning majburiyatlari quyidagilardan iborat:

  • О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, qonunlari,  Yoshlar ittifoqi hamda oliy ta’lim muassasasi tomonidan qabul qilingan normmativ-huquqiy xujjatlar doirasida faoliyat yuritish, ularda  belgilangan tartib-qoidalarga rioya qilish;
  • Yoshlar ittifoqining mahalliy, hududiy va respublika kengashlari, oliy ta’lim muassasasi kengashi hamda rahbariyatining tegishli topshiriqlari va kо‘rsatmalarini bajarish;
  • Yoshlar ittifoqining madalliy kengashi hamda oliy ta’lim muassasasi rahbariga о‘z faoliyati tо‘g‘risida hisobotlarni  о‘rnatilgan tartibda taqdim etib borish;
  • boshlang‘ich tashkilot uchun ajratilgan xonalar, moddiy-texnik vositalar va mablag‘lardan tо‘g‘ri foydalanish;
  • oliy ta’lim muassasasining о‘kuv, tarbiya va boshqa ishlariga kо‘maklashish.

Boshlang‘ich tashkilotning tashkiliy tuzilishi

Boshlang‘ich tashkilotning tashkiliy tuzilmasiga quyidagilar kiradi:

  • yoshlar yetakchisi saylovi;
  • umumiy yig‘ilish;
  • yoshlar kengashi (yoshlar yetakchisi, yoshlar kengashi yetakchilari);
  • fakultet yoshlar kengashi;
  • guruh yetakchisi;
  • talabalar turar joyi, mehnat jamoasidagi yetakchi;
  • boshlang‘ich tashkilot qoshidagi tuzilmalar (tо‘garaklar, klublar va boshqalar).

Yoshlar yetakchisining saylovi har о‘quv yili boshi (sentabr oyi)da о‘tkaziladi.

Umumiy yig‘ilish faoliyati tartibi:

  • Ittifoq boshlang‘ich tashkilotlarning raxbar organi hisoblanadi;
  • umumiy yig‘ilish har chorakda bir marta о‘tkaziladi;
  • -umumiy yig‘ilishda yoshlar kengashi, fakultet kengashi, guruh yetakchilari va Ittifoq a’zolari ishtirok etadi.

Yoshlar kengashining faoliyati tartibi:

  • yoshlar kengashi ijrochi organ bulib, boshlang‘ich tashkilot maqsad-vazifalari va rejalarining tо‘liq bajarilishini ta’minlaydi;
  • yoshlar kengashi tarkibi yoshlar yetakchisi saylangandan keyin о‘tkaziladigan dastlabki umumiy yig‘ilishda yoshlar yetakchisi tomonidan e’lon qilinadi;
  • yoshlar kengashi faoliyatiga yoshlar yetakchisi raxbarlik qiladi.

Yoshlar kengashini shakllantirish tartibi:

  • Yoshlar kengashi Yoshlar ittifoqining о‘zini о‘zi boshqaruvchi organi hisoblanadi;
  • -yoshlar kengashi fakultet, oliy ta’lim muassasasi, hududiy va respublika miqyosida saylanadi hamda faoliyat olib boradi;
  • yetakchi о‘z yо‘nalishi bо‘yicha oliy ta’lim muassasasi, hududiy hamda respublika yoshlar kengashiga faqat bir yо‘nalishda yetakchilik qilish huquqiga ega bо‘ladi;
  • guruhlarda faqat 1 (bir) nafar yoshlar yetakchisi faoliyat yuritadi.

Yoshlar kengashi a’zolari muassisning Ijroiya qо‘mitasi qarori bilan tasdiqlangan imtiyozlardan foydalanish  huquqiga ega.

Yoshlar yetakchisi lavozimiga kо‘rilayotgan nomzodlar:

  • 35 (о‘ttiz besh) yoshdan oshmagan, yoshlar bilan ishlash amaliyotiga ega;
  • yetakchilik qobiliyati,  notiqlik  mahorati, tashabbuskorlik va fidoyilik hususiyatlariga;
  • boshqaruv qobiliyati, tashkilotchilik, jamoat bilan ishlash va ish yuritish bо‘yicha bilim-kо‘nikma hamda muayyan ish tajribasiga;
  • zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan ishlash bо‘yicha malakaga;
  • yoshlar tarbiyasiga salbiy ta’sir qiluvchi buzg‘unchi g‘oya va mafkuralar, ma’naviy taxdidlar, zararli illatlar haqida yetarli tasavvurga;
  • mamlakatda olib borilayotgan islohotlar, yoshlarga oid davlat siyosati va ta’lim- tarbiya jarayoniga doir meyoriy-huquqiy hujjatlar hamda Yoshlar ittifoqi faoliyat tartibi tо‘g‘risida tо‘liq ma’lumotga ega bо‘lishi lozim.

Yoshlar yetakchisining faoliyati tartibi:

  • yoshlar yetakchisi boshlang‘ich tashkilot faoliyatining samarali tashkil etilishini muvofiqlashtiradi, fakultet yoshlar kengashlari va guruh yoshlar yetakchilari faoliyatiga raxbarlik qiladi, tizimdagi barcha yetakchilar faoliyatiga uslubiy kо‘mak kо‘rsatadi, a’zolarning taklif-tashabbuslarini qо‘llab-kuvvatlaydi;
  • yoshlar yetakchisi Yoshlar ittifoqining oliy ta’lim muassasasidagi boshlang‘ich tashkiloti faoliyatiga raxbarlik qiladi;
  • oliy ta’lim muassasasi yoshlarining hukuq va manfaatlarini himoya qiladi;
  • yoshlar masalalariga oid davlat qarorlari va dasturlari ijrosini ta’minlaydi;
  • boshlang‘ich tashkilot faoliyatini tashkil etadi va uning nomidan ish yuritadi;
  • -boshlang‘ich tashkilot tarkibidagi  tо‘garaklar,  kulblar va boshqa tuzilmalar ishini boshqaradi;
  • yuqori tashkilotlar va oliy ta’lim muassasasi raxbariga boshlang‘ich tashkilot faoliyati yuzasidan sо‘ralgan ma’lumot, axborot va hisobotlarni taqdim etib boradi;
  • boshlang‘ich tashkilot uchun belgilangan nomenklatura asosida ish yuritadi, yuqori tashkilotlar rahbarlari va oliy ta’lim muassasasi rektori topshiriqlarining bajarilishini ta’minlaydi;
  • - boshlang‘ich tashkilot uchun ajratilgan xona, moddiy-texnik vositalar va mablag‘lardan maqsadli foydalanishni ta’minlaydi.

Yoshlar yetakchisi oliy ta’limi muassasasining barcha Kengashlari va yoshlar masalasiga oid boshqa komissiyalarga a’zo sifatida kiritiladi.

Yoshlar yetakchisi Ittifoqning mahalliy kengashi va oliy ta’lim muassasasi rektoriga tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri bо‘ysunadi.

Boshlang‘ich tashkilot faoliyatini tashkil etish uchun guruxlar, talabalar turar joylari va mehnat jamoasida yoshlar yetakchisi faoliyat yuritadi.

Boshlang‘ich tashkilot tizimida yoshlarning qiziqishi va taklif-istaklaridan kelib chiqib, turli tо‘garaklar va tuzilmalar tashkil etilishi mumkin.

Boshlang‘ich tashkilot qoshidagi tuzilma (tо‘garak, klub va boshqa)ga koordinatorlar saylanadi.

Boshlang‘ich tashkilot qoshidagi tuzilmalar (tо‘garak, klub va boshqa)ga oliy ta’lim muassasasining tegishli mutaxassislik bо‘yicha о‘qituvchi-pedagoglari jalb etiladi hamda ularning faoliyati yoshlar yetakchisi tomonidan muvofiqlashtiriladi.

Yoshlar yetakchisini saylash

  • Yoshlar yetakchisi saylovi oliy ta’lim muassasalari talabalari, yosh xodimlarining umumiy, teng va tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri saylov huquqi asosida ovoz berish yо‘li bilan amalga oshiriladi.
  • Yoshlar yetakchisi oliy ta’lim muassasasining talabalari va yosh professor-о‘qituvchilari orasidan saylanadi.
  • Yoshlar yetakchisi lavozimiga nomzod hujjatlarini har о‘quv yilining 10 sentabr kuniga qadar oliy ta’lim muassasasi rahbariyatiga taqdim etadi.
  • Nomzodlarga saylovoldi tashviqotni olib borish uchun 10 kun (о‘n kun) muddat (11 sentabrdan 20 sentabrgacha) beriladi. Nomzodlar bu vaqt oralig‘ida sailovchilarni о‘z dasturlari bilan tanishtiradi.
  • Yoshlar yetakchisi sayloviga tayyorgarlik kо‘rish hamda uni о‘tkazish ochiq va oshkora tarzda amalga oshiriladi.
  • Saylovoldi tashviqoti saylov kunidan bir kun olidn tо‘xtatiladi.
  • Saylovlar 22 yoki 23 sentabr kuni soat 8:00 dan soat 18:00 gacha о‘tkaziladi.
  • Saylovda saylovchilarning nisbatan kо‘p ovozini tо‘plagan nomzod yoshlar yetakchisi etib saylangan  hisoblanadi.
  • Saylovchilarning 33 (о‘ttiz uch) foizidan kami qatnashgan saylov о‘tmagan deb topiladi.
  • Yoshlar yetakchisi saylovi о‘tmagan yoki haqiq;iy emas deb topilgan taqdirda, shuningdek, agar yoshlar yetakchisi saylovida bitta nomzod ishtirok etgan bо‘lsa va u zarur miqdorda ovoz tо‘play olmagan bо‘lsa, takroriy saylov о‘tkaziladi. Takroriy saylov ushbu Nizomda asosiy saylovni о‘tkazish uchun belgilangan tartibda hamda undagi shartlarga rioya etilgan holda о‘tkaziladi.
  • Takroriy saylov asosiy saylov о‘tkazilganidan keyin 10 (о‘n kun) kun ichida о‘tkaziladi.
  • Ommaviy axborot vositalari saylovga tayyorgarlikning borishi va saylov qanday о‘tayotganini yoritib borishi mumkin.
  • Saylovga tayyorgarlik kо‘rish va uni о‘tkazishga doir barcha tadbirlarda, shuningdek, saylov kuni ovoz berish joylarida va ovozlarni hisoblash jarayonida matbuot, televideniye va radio vakillari hqatnashish huquqiga ega.
  • Yoshlar yetakchisi saylovi yakunlari tо‘g‘risidagi axborot saylov kunidan kechiktirmay e’lon qilinadi.

Boshlang‘ich tashkilot faoliyatini moddiy qо‘llab-quvvatlash

  • Oliy ta’lim muassasasi tomonidan boshlang‘ich tashkilot alohida xona, ish stoli va stullar, javonlar, kompyuter jamlanmasi, printer, proyektor, ekran, raqamli fotoapparat, flipchart  hamda zaruriy devonxona mollari bilan ta’minlanadi.
  • Boshlang‘ich tashkilotning ish rejasida belgilangan chora-tadbirlar oliy ta’lim muassasasining ish rejasiga kiritiladi.
  • Boshlang‘ich tashkilot faoliyatiga oid normativ-xuquqiy xujjatlar, uslubiy qо‘llanmalar va tarqatma materiallar bilan Yoshlar ittifoqi tomonidan ta’minlanadi.

Boshlang‘ich tashkilot faoliyatini tо‘xtatish

Boshlang‘ich tashkilot faoliyatini tо‘xtatishga asosli sabablar bо‘lsa uning faoliyati umumiy yig‘ilish qarori bilan о‘rnatilgan tartibda tugatiladi.

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti