IMTIYOZLAR

35%LIK IMTIYOZ NIZOMI 

O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Farg‘ona politexnika institutidagi

Talabalar Kengashi to‘g‘risidagi

NIZOM

  1. Umumiy qoidalar

1.1. Mazkur Nizom O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Farg‘ona politexnika institutidagi Talabalar Kengashi faoliyatini tartibga soladi.

1.2. O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Farg‘ona politexnika institutidagi Talabalar Kengashi Yoshlar ittifoqining maqsad-vazifalarini institut miqyosida amalga oshiradigan, institutdagi talaba-yoshlarlarni o‘z atrofida birlashtiradigan, ularning manfaatlari va huquqlarini himoya qiladigan eng quyi tuzilma hisoblanadi.

1.3. Talabalar Kengashi institutda O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faoliyatini amalga oshiradi.

1.4. Institutdagi Talabalar Kengashiga O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi Ijroiya Qo‘mitasi qarori bilan yuridik shaxs maqomi berilishi mumkin. Mazkur masalani ko‘rib chiqishda birinchi navbatda uning moliyaviy imkoniyatlari hisobga olinadi.

1.5. Talabalar Kengashi faoliyati O‘zbekiston yoshlar ittifoqining tegishli mahalliy Kengashlari hamda institut tomonidan muvofiqlashtirib boriladi.

1.6. Talabalar Kengashi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, amaldagi qonun hujjatlari, O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Ustavi, institut faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlar hamda mazkur Nizom asosida amalga oshiradi.

1.7. Talabalar Kengashining to‘liq nomi:

davlat tilida kirill yozuvida — O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Farg‘ona politexnika institutidagi Talabalar Kengashi;

davlat tilida lotin yozuvida - O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Farg‘ona politexnika institutidagi Talabalar Kengashi;

rus tilida — Studencheskiy Sovet Soyuz molodeji Uzbekistana v Ferganskiy politexnicheskiy institut;

ingliz tilida - Students Union of youth union of Uzbekistan in Fergana politechnical institution.

  1. Talabalar Kengashining maqsad va vazifalari

2.1. Talabalar Kengashining asosiy maqsadi institutda yoshlarning ta’lim-tarbiya olishi uchun munosib sharoit yaratib berishga ko‘maklashish, yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda har tomonlama barkamol shaxslar bo‘lib yetishiga munosib hissa qo‘shishdan iborat.

2.2. Talabalar Kengashi o‘z oldiga quyidagi vazifalarni qo‘yadi:

- saylovoldi dasturida belgilangan chora-tadbirlarni, amaliy ishlarni, loyihalarni institut miqyosida samarali tashkil etish va o‘tkazish;

- institutdagi talaba-yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirishga qaratilgan loyihalarni tashkil etish va o‘tkazish;

- institut yoshlarining muammolari, ta’lim sifati, fanlarni o‘zlashtirishi, darsliklardan va kutubxonadan foydalanish darajasini o‘rganib va tahlil asosida institut ma’muriyati bilan muzokara olib borish, yoshlar murojaatlarini ko‘rib chiqish va hal etishda ko‘maklashish;

- yoshlarning bilim olishi, chet tillarini o‘rganishi va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini puxta egallashi hamda ularni kasb-hunarga yo‘naltirishga qaratilgan loyihalarni o‘tkazish platformasini yaratish;

- iste’dodli yoshlarni kashf etish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirishga qaratilgan ishlarni amalga oshirish, intellektual va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga ko‘maklashadigan klub va to‘garaklar faoliyatini tashkil etishda ko‘maklashish;

- imkoniyati cheklangan hamda ijtimoiy himoyaga muxtoj yoshlarning inklyuziv ta’lim olishi uchun qulay sharoit yaratishga qaratilgan faoliyatni qo‘llab-quvvatlash;

- yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, ularning kitobga bo‘lgan muhabbatini oshirish va kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish;

- institut yoshlari o‘rtasida yoshlar turizmini rivojlantirish, ularning o‘zlari yashayotgan hududdagi tarixiy obidalar, muqaddas qadamjolar, muzeylar, teatrlar, mustaqillik davrida barpo etilgan inshootlarga tashriflarini uyushtirish;

- yoshlar, ayniqsa, talaba-qizlar o‘rtasida sportni keng targ‘ib etish, ularning sportga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlash hamda turli sport musobaqalarida ishtirok etishi uchun zarur sharoitlarni yaratib berish;

- ommaviy axborot vositalarida (ijtimoiy tarmoqlarda) o‘z maqsad va vazifalarini ilgari surgan holda faol fuqarolik pozitsiyasini saqlash hamda tahliliy-tanqidiy munosabat bildirish va nodavlat-notijorat tashkilotining eng quyi bo‘g‘ini sifatida O‘zbekiston yoshlar ittifoqining huquq va manfaatlarini himoya qilish;

- rus (va boshqa) tillarda ta’lim oluvchi talaba-yoshlar uchun munosib shart-sharoitlar yaratib berish va institutdagi ayni shu qatlamdagi talabalarni to‘liq qamrab olgan holda faoliyat olib borish.

III. Talabalar Kengashining huquq va majburiyatlari

3.1. Talabalar Kengashining huquqlari quyidagilardan iborat:

- institut yoshlarining huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan o‘quv, tarbiya va boshqa jarayonlarda ishtirok etish, mas’ul xodimlar va professor-o‘qituvchilardan zarur ma’lumotlarni olish hamda nazorat qilish;

- institutdagi darslar sifati, professor-o‘qituvchilar saviyasi va talaba-yoshlar bilan munosabati, shuningdek, kutubxona, sport obyektlari faoliyatini o‘rganish, reydlar, ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish;

- institutdagi sharoitlardan foydalanish, yoshlar ishtirokida to‘garaklar, klublar tashkil etish, ish rejadagi chora-tadbirlarning institut tomonidan moliyalashtirilishini talab etish hamda homiy va hamkorlarni jalb etish;

- institut yoshlarining muammolari, taklif-tashabbuslari yuzasidan institut rektori va yuqori turuvchi tashkilotlarga takliflar kiritish;

- nizomda belgilangan tartibda institutda qo‘shimcha tuzilmalarini tashkil etish;

- faoliyatiga doir ma’lumotlarni tarqatish va targ‘ib etish;

- ijtimoiy himoyaga muxtoj hamda turli yutuqlarga erishgan va institut obro‘sini ko‘tarishga munosib hissa qo‘shgan talaba-yoshlarga institut rahbariyati tomonidan moddiy yordam va moddiy rag‘bat ajratilishi masalasini ko‘rib chiqish, tegishli qarorlar qabul qilish;

- Talabalar kengashi a’zolari faoliyatlari natijadorligi, kengash ishiga qo‘shgan hissasini inobatga olib, har chorakda bir marotaba bazaviy stipendiyaning bir barobaridan ikki barobarigacha miqdorda moddiy rag‘batlantirish olish;

- talabalar kengashi tegishli normativ-huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan boshqa huquq va majburiyatlardan ham foydalanishi mumkin.

3.2. Talabalar Kengashi a’zolarining majburiyatlari quyidagilardan iborat:

- O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Qonunlari, Yoshlar ittifoqi hamda institut tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar doirasida faoliyat yuritish, ularda belgilangan tartib-qoidalarga rioya qilish;

- Yoshlar ittifoqining mahalliy Kengashi hamda institut rahbariga o‘z faoliyati to‘g‘risida hisobotlarni o‘rnatilgan tartibda taqdim etib borish;

- Talabalar Kengashi uchun ajratilgan xonalar, moddiy-texnik vositalar va mablag‘lardan to‘g‘ri foydalanish;

- institutning o‘quv, tarbiya va boshqa ishlariga ko‘maklashish.

  1. Talabalar Kengashining tashkiliy tuzilishi va tarkibga a’zo bo‘lish tartibi

4.1. Talabalar Kengashining tashkiliy tuzilmasiga quyidagilar kiradi:

- Yoshlar yetakchisi – Kengash ishini muvofiqlashtiruvchi;

- Talabalar Kengashi raisi;

- Talabalar Kengashi a’zolari;

- Fakultet yetakchisi;

- Fakultet talabalar kengashi a’zolari;

- Talabalar turar joyi Talabalar Kengashi raisi va a’zolari

- Talabalar Kengashi qoshidagi tuzilmalar (to‘garaklar, klublar va boshqalar).

4.2. Kengash muhokamalari faoliyati tartibi:

- Yoshlar anjumani ya’ni umumiy yig‘ilish - Talabalar Kengashining rahbar organi hisoblanadi;

- umumiy yig‘ilish har chorakda bir marta o‘tkaziladi (istisno tariqasida boshqa vaqtlarda ham o‘tkazilishi mumkin);

- umumiy yig‘ilishda Talabalar Kengashi – Yoshlar kengashi a’zolari, tashabbuskor yoshlar guruhi a’zolari, guruh yetakchilari, fakultet kengashi a’zolari va yetakchisi, Talabalar turar joyi kengashi raisi va a’zolari -  Yoshlar ittifoqining a’zolari ishtirok etadi.

 - muhokama yig‘ilishlari har oyda bir marta o‘tkazilib, talabalar murojaatlari o‘rganib chiqiladi, kengash faoliyatiga oid muhim masalalar muhokama etiladi.

4.3. Yoshlar yetakchisining vazifasi va faoliyat tartibi:

- Yoshlar yetakchisi Yoshlar ittifoqining institutdagi Talabalar Kengashi faoliyatining huquqiy bazasini nazorat qiladi hamda Talabalar (yoshlar) Kengashi faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;

- Talabalar (yoshlar) Kengashi faoliyatiga uslubiy ko‘mak ko‘rsatadi, a’zolarning taklif-tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlaydi;

- institut yoshlarining huquq va manfaatlarini himoya qiladi;

- yoshlar masalalariga oid davlat qarorlari va dasturlari ijrosini ta’minlaydi;

- yuqori tashkilotlar va institut rahbariga Talabalar Kengashi faoliyati yuzasidan so‘ralgan ma’lumot, axborot va hisobotlarni taqdim etib boradi;

- Talabalar kengashi hujjatlarini saqlash va tegishli hisobotlarni yuritib boradi;

- Talabalar Kengashi uchun ajratilgan xona, moddiy-texnik vositalar va mablag‘lardan maqsadli foydalanishni ta’minlaydi.

4.4. A’zolik istagini bildirgan, bugungi kun islohotlaridan xabardor va tashkilotchi, fidoiy, tartib-intizomli, dunyoqarashi keng va halollik hususiyatlariga ega bo‘lgan yoshlar orasidan tegishli fakultet yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari tavsiyasiga ko‘ra, fakultet Talabalar kengashi a’zolari fakultet Yoshlar ittifoqi raisi tomonidan shakllantiriladi. Kengash a’zolari fakultet obro‘-e’tiborini ko‘tarishda, strategik maqsadlarini amalga oshirishda ko‘maklashishi lozim.

4.5. Institut yoshlar ittifoqining Talabalar kengashi a’zoligi uchun har o‘quv yilining boshida ya’ni oktyabr oyining birinchi o‘n kunligida fakultet yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari yoki fakultet yetakchisi tomonidan ko‘rsatilgan nomzodlar institut Yoshlar ittifoqi yetakchisi va Kengash a’zolari ishtirokidagi suhbat natijalariga ko‘ra, shakllantiriladi. Kengash a’zolari umumiy yig‘ilishda e’lon qilinadi.

  1. V. Talabalar Kengashi tomonidan talabalarni rag‘batlantirish hamda moddiy ko‘mak berish tartibi

5.1. Talabalar Kengashining muhokama yig‘ilishlarida institut rektori nomiga ijtimoiy himoyaga muxtoj ekanligi yoki tanlov, musobaqa g‘olibligi yohud chet tillarini aniqlash sertifikatini olganligi to‘g‘risidagi ma’lumot aks etgan hamda amaliy yordam so‘rab murojaat qilgan talabalar arizalari belgilangan tartibda ko‘rib chiqilib, 5.2 va 5.3-banddagi mezonlar asosida talabalarni rag‘batlantirish jamg‘arma mablag‘lari hisobidan stipendiyaning bazaviy miqdorlari hisobida moddiy rag‘bat yoki yordam berish masalasini institut rahbariyatiga taqdim etadi.

 5.2. Alohida iqtidorga ega, rasmiy ravishda o‘tkazilgan xalqaro, respublika va institut miqyosida o‘tkazilgan fan olimpiadalari, sport musobaqalari, turli tanlov g‘oliblari,  shuningdek, talabalar uchun o‘quv kurslar va to‘garaklar tashkil etganligi uchun tegishli hujjatlariga muvofiq quyidagi tartibda rag‘batlantirish amalga oshiriladi.

Alohida hollar, xususan, yuqori turuvchi organlar tavsiyasiga ko‘ra, taqdim etilgan me’yoriy hujjatlarda belgilangan miqdorda, shuningdek, institut rahbariyati tashabbusi bilan rag‘batlantirish miqdorlariga o‘zgartirish kiritish va mustaqil belgilash vakolatlari bilan ham moddiy rag‘batlantirishga ruxsat berilishi mumkin.

Daraja

Gʻoliblik o‘rni

Ajratiladigan bazaviy stipendiya baravari miqdori

To‘lov turi

Rasmiy (institut nomidan ishtirok etsa) fan olimpiadalari, Sport musobaqalari, Ilmiy-ijodiy tanlovlar

Fakultet miqyosida

1-o‘rin

1 barobargacha

Rag‘batlantirish

Institut miqyosida

1-o‘rin

3 barobargacha

Rag‘batlantirish

Respublika miqyosida

1,2,3-o‘rin

6 barobargacha (umumiy summa 4 mlndan oshmagan holda)

Rag‘batlantirish

Xalqaro miqyosida

1,2,3-o‘rin

8 barobargacha (umumiy summa 4 mlndan oshmagan holda)

Rag‘batlantirish

Rasmiy hujjatlarda aks etgan xorijiy va mahalliy til o‘rganish bo‘yicha yutuqlar

Imtixonlardan ijobiy baho olgan holda

Sertifikat egasi

(IELTS uchun)

Overall

band score

bazaviy stipendiya baravari miqdori

Rag‘batlantirish

5.5

0.5 (yarim)

Rag‘batlantirish

6.0

1 (bir)

Rag‘batlantirish

6.5

1.5 (bir yarim)

Rag‘batlantirish

7.0 va undan yuqori

O‘zbekiston yoshlar ishlari agentligi tomonidan moliyalashtiriladi

Rag‘batlantirish

Talabalar uchun o‘quv kurslar va to‘garaklar tashkil etganligi uchun

Kurs yoki to‘garak rahbari

Kamida 2 oy mobaynida

1 barobargacha

Rag‘batlantirish

5.3. Alohida hollarda talabalarning ijtimoiy vaziyatini inobatga olib, tegishli asoslovchi hujjatlar, holatdan kelib chiqib, tibbiy punkt vrachi munosabati bildirgan holda tegishli tartibda quyidagi mezonlar asosida moddiy yordam ajratilishi mumkin.

Holatlar

Ajratiladigan bazaviy stipendiya baravari miqdori

To‘lov turi

Kasallik bog‘liq holatlar

*Talabani o‘zini davolanishi uchun

1 barobargacha

Moddiy yordam

“Temir daftar” ro‘yhatida turgan oila farzandi

1-8 barobargacha (umumiy summa 4 mlndan oshmagan holda)

Moddiy yordam

“Ayollar yoki Yoshlar daftari”ga kiritilgan oila farzandi

1-5 barobargacha (umumiy summa 4 mlndan oshmagan holda)

Moddiy yordam

Chin yetim bo‘lgan talabalar

1-8 barobargacha (umumiy summa 4 mlndan oshmagan holda)

Moddiy yordam

Nogironligi mavjud yoki oilasida nogiron ota-ona yohud aka-uka, opa-singlisi bo‘lgan talabalar

1-8 barobargacha (umumiy summa 4 mlndan oshmagan holda)

Moddiy yordam

Oilasida 2 va undan ko‘p to‘lov-kontraktda o‘qiydigan kam ta’minlangan talabalar

1-3 barobargacha

Moddiy yordam

Boquvchisini yo‘qotgan yoki kam ta’minlangan talabalar

1 barobargacha

(talaba-qizlar uchun 3 barobargacha)

Moddiy yordam

Oila a’zolari vafoti bilan bog‘liq holatlar

Talabani o‘zi vafot etsa

8 barobargacha (umumiy summa 4 mlndan oshmagan holda)

Moddiy yordam

Otasi yoki onasi vafoti

3 barobargacha

Moddiy yordam

Farzandi yoki turmush o‘rtog‘i vafoti

2 barobargacha

Moddiy yordam

5.4. Institutda tahsil oladigan ijtimoiy himoyaga muxtoj bo‘lgan har bir talaba 5.3-bandda kiritilgan ijtimoiy holati mavjud bo‘lgan taqdirda faqat bir yo‘nalish bo‘yicha bir yilda bir marotaba moddiy yordam olishi belgilanadi.

  1. Talabalar Kengashi a’zolarining vazifalari

6.1. Yoshlar yetakchisining birinchi o‘rinbosari – Kengash ishini muvofiqlashtirish, a’zolar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni tahlil qilish, kengash to‘g‘risidagi ma’lumotlarni jamlash vazifalarini bajarib, institut yetakchisi ma’lum sabablarga ko‘ra, kengash ishida ishtirok eta olmagan taqdirda Kengash muhokamalarini o‘tkazish va tegishli qarorlar qabul qilish bilan shug‘ullanadi. Kengash muhokamalari o‘tkazishni tashkil etadi. Faoliyati yuzasidan reja tuzib, Yoshlar yetakchisiga tasdiqlatib, chorak davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot tayyorlab, kengashga taqdim etadi.

- Faol va iqtidorli yoshlar bilan ishlash yo‘nalishi yetakchisi – fakultet kengashlarida shu yo‘nalishda faoliyat olib borayotgan kengash a’zolari bilan mustahkam aloqalarni o‘rnatib, iqtidorli va faol bo‘lgan yoshlar ma’lumotlar bazalarini shakllantirish, ular bilan o‘quv yiliga reja tuzgan holda talabalar bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga ko‘maklashadi. Faoliyati yuzasidan reja tuzib, Yoshlar yetakchisiga tasdiqlatib, chorak davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot tayyorlab, kengashga taqdim etadi.

- Tashabbus va yoshlar tadbirkorligi yo‘nalishi yetakchisi - fakultet kengashlarida shu yo‘nalishda faoliyat olib borayotgan kengash a’zolari bilan mustahkam aloqalarni o‘rnatib, yoshlar orasida biznes va tadbirkorlikka qiziqqan, bankdan kredit olish masalalari va ularni huquqiy bilimlarini mustahkamlash maqsadida tegishli ishlarni amalga oshiradi. Faoliyati yuzasidan reja tuzib, Yoshlar yetakchisiga tasdiqlatib, chorak davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot tayyorlab, kengashga taqdim etadi.

- Muddatli harbiy xizmatni o‘tab, o‘qishga qabul qilingan talabalar bilan ishlash yo‘nalishi yetakchisi - fakultet kengashlarida shu yo‘nalishda faoliyat olib borayotgan kengash a’zolari bilan mustahkam aloqalarni o‘rnatib, muddatli harbiy xizmatni o‘tab, o‘qishga qabul qilingan talabalar haqidagi ma’lumotlar bazasini shakllantirib, o‘quv yili davomida ishlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha reja tuzgan holda institut tashkiliy tadbirlarida ko‘maklashish, “Mobil guruh” faoliyatini yo‘lga qo‘yish, TTJda tartib-intizomni saqlash yuzasidan tegishli choralar ko‘radi. Faoliyati yuzasidan reja tuzib, Yoshlar yetakchisiga tasdiqlatib, chorak davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot tayyorlab, kengashga taqdim etadi.

- Yoshlar yetakchisining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari - fakultet kengashlarida shu yo‘nalishda faoliyat olib borayotgan kengash a’zolari bilan mustahkam aloqalarni o‘rnatib, ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejasini tuzadi, reja bo‘yicha ishlarni amalga oshirish yuzasidan nazoratni olib boradi. Yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy sohadagi bilimlarini oshirish maqsadida intellektual o‘yinlar tashkil etadi. Faoliyati yuzasidan reja tuzib, Yoshlar yetakchisiga tasdiqlatib, chorak davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot tayyorlab, kengashga taqdim etadi.

- Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va yoshlar turizmi yo‘nalishi yetakchisi - fakultet kengashlarida shu yo‘nalishda faoliyat olib borayotgan kengash a’zolari bilan mustahkam aloqalarni o‘rnatib, yoshlar orasida sayohatlar tashkil etish rejalarini tuzib, qadimiy yodgorliklar, tarixiy obidalar, muzeylar, istirohat va ko‘ngilochar bog‘larga tashriflar, zamonaviy arxitektura inshootlariga amaliy tashriflar uyushtirish bilan shug‘ullanadi. Faoliyati yuzasidan reja tuzib, Yoshlar yetakchisiga tasdiqlatib, chorak davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot tayyorlab, kengashga taqdim etadi.

Sport, salomatlik yo‘nalishi yetakchisi – fakultet kengashlarida shu yo‘nalishda faoliyat olib borayotgan kengash a’zolari bilan mustahkam aloqalarni o‘rnatib, talabalarni  muntazam sport bilan shug‘ullanishi uchun alohida reja ishlab chiqib, yil davomida amalga oshirilishini ta’minlaydi. Faoliyati yuzasidan reja tuzib, Yoshlar yetakchisiga tasdiqlatib, chorak davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot tayyorlab, kengashga taqdim etadi.

- Ijtimoiy himoyaga muhtoj va imkoniyati cheklangan talabalar bilan ishlash yo‘nalishi yetakchisi - fakultet kengashlarida shu yo‘nalishda faoliyat olib borayotgan kengash a’zolari bilan mustahkam aloqalarni o‘rnatib, shu yo‘nalishdagi talabalar ma’lumotlar bazasini shakllantirib, moddiy va ma’naviy ko‘mak berish masalalarini kengash muhokamalariga olib chiqadi. Faoliyati yuzasidan reja tuzib, Yoshlar yetakchisiga tasdiqlatib, chorak davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot tayyorlab, kengashga taqdim etadi.

- Tashkiliy-nazorat va kadrlar yo‘nalishi yetakchisi - fakultet kengashlarida shu yo‘nalishda faoliyat olib borayotgan kengash a’zolari bilan mustahkam aloqalarni o‘rnatib, kengash a’zolari faoliyati yuzasidan nazoratni olib borib, kadrlar masalasini kengash muhokamalariga olib chiqadi. O‘z ishiga mas’uliyatsizlik bilan qaragan, layoqatsiz bo‘lgan kengash a’zolarini aniqlab, almashtirish yuzasidan takliflash ishlab chiqadi. Kengash muhokamasi bo‘ladigan kun va vaqtini a’zolarga yetkazadi. Faoliyati yuzasidan reja tuzib, Yoshlar yetakchisiga tasdiqlatib, chorak davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot tayyorlab, kengashga taqdim etadi.

- Ta’lim sifatini nazorat qilish va monitoring yo‘nalishi yetakchisi - fakultet kengashlarida shu yo‘nalishda faoliyat olib borayotgan kengash a’zolari bilan mustahkam aloqalarni o‘rnatib, kengash a’zolari faoliyati yuzasidan nazoratni olib borib, ta’lim jarayoni bilan bog‘liq takliflarni, yangi g‘oyalarni izlab topish, sifatini o‘rganish va bu bo‘yicha tegishli fakultet o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari bilan hamkorlikda ta’lim sifatini oshirish yuzasidan ishlarni tashkil etish bilan shug‘ullanadi. Faoliyati yuzasidan reja tuzib, Yoshlar yetakchisiga tasdiqlatib, chorak davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot tayyorlab, kengashga taqdim etadi.

- Talabalar murojaatlari bilan ishlash yo‘nalishi yetakchisi - fakultet kengashlarida shu yo‘nalishda faoliyat olib borayotgan kengash a’zolari bilan mustahkam aloqalarni o‘rnatib, murojaatlar boti faoliyatini yo‘lga qo‘ygan holda murojaatlarni tahlil qilib, tegishliligi bo‘yicha kengash a’zolariga yoki raisga taqdim etadi. Tahlil natijalari yuzasidan hisobot tayyorlaydi. Faoliyati yuzasidan reja tuzib, Yoshlar yetakchisiga tasdiqlatib, chorak davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot tayyorlab, kengashga taqdim etadi.

- Boshlang‘ich tashkilotning mehnat jamoasidagi yetakchisi – mehnat jamoasida yoshlar tarkibi haqidagi ma’lumotlarni aniqlash, yig‘ish, tahlil qilish, ular bilan yoshlar tadbirlarida ishtirok etishlarini ta’minlash, turli tanlov, mukofotlarga e’lonlar berish, nomzodlarni tavsiya etish masalalari bilan shug‘ullanadi. Faoliyati yuzasidan reja tuzib, Yoshlar yetakchisiga tasdiqlatib, chorak davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot tayyorlab, kengashga taqdim etadi.

- Boshlang‘ich tashkilotning Talabalar turar joylaridagi yetakchisi - TTJ da  talabalarni belgilangan Nizom va shartnoma asosida tartibli yashashini tashkil qilish va nazorat qilish, TTJga kirib-chiqishni nazorat qilish bilan birga talabalar turar joyi talabalarini turli tadbirlar, tanlovlar va musobaqalarda faol ishtirok etishlarini ta’minlaydi. Faoliyati yuzasidan reja tuzib, Yoshlar yetakchisiga tasdiqlatib, chorak davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot tayyorlab, kengashga taqdim etadi.

- Matbuot kotibi, yoshlar media guruhi rahbari  - fakultet kengashlarida shu yo‘nalishda faoliyat olib borayotgan kengash a’zolari bilan mustahkam aloqalarni o‘rnatib, ularga uslubiy va amaliy yordam beradi. Kengash va OTM faoliyatini OAVlarda, ijtimoiy tarmoqlarda yoritish ishlarini tashkil etib, nufuzini oshirishga oid rejalar ishlab chiqadi hamda chorak davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot tayyorlab, kengashga taqdim etadi.

 

VII. Talabalar Kengashi faoliyatini tugatish

7.1. Talabalar kengashi faoliyatini tugatishga asosli sabablar bo‘lsa, uning faoliyati umumiy yig‘ilish qarori bilan o‘rnatilgan tartibda tugatiladi.

 

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti