Universitetda 2025 yilda bajarilayotgan Ilmiy tadqiqot ishlari:
Universitetda 2025 yilda Davlat ilmiy texnik dasturlari doirasida umumiy qiymati 6,66 mlrd so‘m bo‘lgan jami 4ta: 3 ta fundamental va 1 ta amaliy loyihalar davom ettirilmoqda va ularni ilmiy loyiha rahbarlari boshchiligidagi 47 nafar professor-o‘qituvchi va yosh doktorant hamda magistrlardan iborat ijodiy jamoalar ushbu loyihalarni samarali bajarilishini ta’minlashmoqda. Ushbu loyihalar doirasida yaratilgan ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyat natijalari quyidagi rasmlarda ko‘rsatilgan.

“O‘zbekistonning turli tabiiy-iqlim mintaqalarida isteʼmolchilar energiya taʼminoti uchun avtonom fotoelektrik stansiyalarining maqbul konfiguratsiyalarini asoslash, kombinatsiyalashgan energiya saqlash va o‘zgartirish tizimlarini nazariy-hisoblash va eksperiment tadqiqotlari” fundamental loyihada bajarilgan ishlar.

“Quyosh issiqlik qurilmasining raqamli egizak maketi” fundamental loyihada bajarilgan ishlar.

“Issiqlik nasoslari va qayta tiklanadigan energiya texnologiyalaridan foydalangan holda isitish va sovutish ta’minot tizimlari uchun gibrid energiya tizimlarini loyihalash va yaratishning ilmiy asoslarini rivojlantirish” fundamental loyihada bajarilgan ishlar.

“Qayta tiklanadigan energiyadan yuqori darajada foydalanadigan elektr taqsimlash tarmoqlariga barqaror ishlash va boshqarishning asosiy texnologiyalari va muhandislik jarayonlarini tatbiq etish” amaliy loyihada bajarilgan ishlar.