AXBOROT - RESURS MARKAZI



Axborot-resurs markazi

Axborot-resurs markazi universitet  tashkil topgan 1967 yilda 2 ta mo‘jazgina xonada o‘z faoliyatini boshlagan va dastlab talaba-yoshlar hamda kam sonli professor-o‘qituvchilardan iborat kitobxonlarga xizmat ko‘rsatuvchi kutubxona vazifasini bajargan. Bu vaqtda kutubxonada 6 kishi xizmat qilgan, kutubxona fondi bir necha ming nusxa kitobdan tashkil topgan bo‘lib, ular asosan rus tilidagi va juda kam nusxada o‘zbek tilidagi o‘quv adabiyotlari hisoblangan. Xonalar kutubxona uchun moslashtirilganligi sababli undagi mebel jihozlari ham foydalanish uchun noqulay edi, u paytlarda orgtexnika to‘g‘risida gap ham bo‘lishi mumkin emas, kutubxona o‘zining mexanik holda harf terib matn yozish mashinasiga ham ega emas edi.

Hozirgi kunga kelib, axborot-resurs markazi o‘zining faoliyatini universitet asosiy binosida, shuningdek, Energetika fakulteti , Yengil sanoat va to‘qimachilik fakulteti, Axborot texnologiyalari  va telekommunikatsiya fakulteti, Axborot texnologiyalari  va telekommunikatsiya fakultetining talabalar turar joyida  tashkil etilgan filiallarida, bundan tashqari i universitet hududida tashkil etilgan “Renessans Hall” nomli ochiq kutubxonada olib bormoqda.

Axborot-resurs markazi direktor o’rinbosari :     Sh.B.Artikova

Axborot-resurs markazida 5 ta bo‘lim faoliyat olib bormoqda,

I. Ilmiy-uslubiy va axborot-ma’lumot (davriy nashrlar) bo‘limi,

1. Bo’lim mudiri :                                                       M.Ya. Karimberdiyeva

2. Yetakchi mutaxassis:                                             R.J. Sayidjonova 

3. Uslubchi:                                                                 S.M.Yakubova

4.  Bibliograf :                                                   N.G’. Abduazizova

5. Kutubxonachi:                                                        T.M.Holiqberdiyev

6.  Kutubxonachi:                                                       X.S. Adermatova

7. Kutubxonachi:                                                        R.B. Ashiraliyeva

8. Kutubxonachi:                                                        S.T.G’aniyeva

9. Kutubxonachi:                                                        F.B.Karimova

10. Kutubxonachi:                                                      M.F.Yo’chiyeva

11. Kutubxonachi:                                                      M.O.Djurayeva

II. Axborot-kutubxona resurslarini butlash, kataloglashtirish va tizimlashtirish bo‘limi,

1. Bo’lim mudiri :                                                         R.K.To’xtasinova

2. Yetakchi mutaxassis :                                            X.O.Axunova

3. Bibliograf:                                                     F.X.Axmedjanova

4. Kutubxonachi:                                                        M.S.Urunbayeva

5.  Kutubxonachi :                                                      O.S.Tursunova

6. Kutubxonachi :                                                       O.Z.Oripova

7. Kutubxonachi :                                                       Sh.O. Tashmatova

8. Kutubxonachi :                                                       S.A.Xo’jaqulova

III. Axborot-kutubxona resurslari bilan xizmat ko‘rsatish bo‘limi,

1. Bo’lim mudiri :                                     Z.S.Xolmatova

2. Bosh kutubxonachi :                           F.A.Odilova

3. Bibliograf :                                           M.I.Ismoilova

4.  Bibliograf :                                          G.R.Najmidinova

5.  Bibliograf :                                          U.A.Xolmatova

6.  Bibliograf :                                          F.A.Shadiyeva

7. Kutubxonachi:                                     A.A.Akramov

8. Kutubxonachi:                                     Q.S.Valiyeva

9. Kutubxonachi:                                     D.Sh.Nishanbayeva

10. Kutubxonachi:                                   D.T.Xonpulatova

11. Kutubxonachi:                                   R.D.Nasridinova

12. Kutubxonachi:                                   M.B.Nabiyeva

13. Kutubxonachi:                                   A.M.Xolmatova

14. Kutubxonachi:                                   Sh.T.Xonkeldiyeva

15. Kutubxonachi:                                   G.S.Abdug’aniyevna

IV. Elektron axborot resurslari bo‘limi

1. Kutubxonachi:                                      N.T.Rizayeva

V. Xorijiy axborot-kutubxona resurslari bilan ishlash bo‘limlari hisoblanadi.

1. Bo’lim mudiri :                                     Z.O.Po’latova

2. Bibliograf :                                           N.E.Mamasidikova

3. Kutubxonachi:                                     A.M.Temirov

4. Kutubxonachi:                                     P.M.G’affarjonov

5. Kutubxonachi:                                     A.O.Olimjonov 

Ushbu bo‘limlarda jami 41 shtat birligida 34 nafar tajribali xodim asosiy shtatda, 7 nafar xodim o‘rindoshlik asosida faoliyat ko‘rsatishmoqdalar. Xodimlarning 19 nafari oliy ma’lumotga ega.

Bugungi kunda аxborot-resurs markazi yagona kitobxonlik guvohnomasi bo‘yicha 12438 nafar doimiy a’zolariga ega bo‘lib, kitobxonlar axborot-resurs markazining 80 kitobxonga mo‘ljallangan asosiy o‘quv zali, 38 kitobxonga mo‘ljallangan zamonaviy kompyuter jamlanmalari bilan jihozlangan elektron o‘quv zali, 20 kitobxonga mo‘ljallangan xorijiy adabiyotlar bo‘limi, 12 kitobxonga mo‘ljallangan badiiy adabiyotlar bo‘limi, 10 nafar kitobxonga mo‘ljallangan davriy nashrlar bo‘limi hamda 280 o‘rinli “Renessans Hall” nomli ochiq kutubxona imkoniyatlaridan muntazam foydalanib kelmoqdalar. Axborot-resurs markazi bir vaqtda 610 nafar kitobxonga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega.

Axborot-resurs markazi 18879 nomda, 197004 sondagi adabiyotlar fondiga ega bo‘lib shundan:

  • O‘quv adabiyotlari fondi   -         10207 nomda, 164304 sondagi;
  • Ilmiy adabiyotlar fondi     -         1850 nomda,   5201 sondagi;
  • Badiiy adabiyotlar fondi   -         5347 nomda,   11889 sondagi;
  • Xorijiy adabiyotlar fondi   -        1355 nomda,  11610 sondagi;
  • Boshqa adabiyotlar fondi -         120  nomda,   3999 sondagi adabiyotlardan iborat.

O‘quv adabiyotlari fondi tarkibi esa quyidagicha:

  • Darslik                               -   4355 nomda, 76118 nusxada;
  • O‘quv qo‘llanma                -   4898 nomda, 80042 nusxada;
  • Uslubiy qo‘llanma              -   547 nomda,   4558 nusxada;
  • Lug‘at                                -   407 nomda,  3586 nusxada;

Axborot-resurs markazi adabiyotlar fondini zamonaviy, yangi avlod adabiyotlari bilan muntazam boyitib borilmoqda. Ayniqsa,universitet olimlari tomonidan yaratilgan darslik va o‘quv qo‘llanmalar ARM fondini zaruriy o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlashning asosiy manbaasi bo‘lmoqda. Bundan tashqari universitet tomonidan zamonaviy xorijiy adabiyotlarni sotib olish, chop ettirish hisobiga ham axborot-resurs markazida xorijiy adabiyotlar salmog‘I muntazam oshmoqda. Agarda 2022 yilda 457 nomdagi xorijiy adabiyotlar 881 nusxada sotib olingan bo‘lsa, 2025 yil davomida 160 nomdagi xorijiy adabiyotlar  1000 nusxada sotib olinib ARMga joylandi va o‘z kitobxonlarini kutmoqda.

Axborot-resurs markazi hududi to‘liq  Wi-Fi tarmog‘iga ulangan va internet tizimining uzluksiz ishlashi natijasida kitobxonlarga to‘liq imkoniyat yaratilgan.Axborot-resurs markazi bugungi kunda Unilibrary.uz - Oliy ta’lim muassasalarining yagona elektron kutubxona axborot tizimiga ulangan bo‘lib, kitobxonlar uchun 300000 dan ortiq adabiyotlarning elektron shaklini bepul va oson yuklab olish va foydalanish imkoniyati yaratilgan.

Kitobxonlarga masofadan xizmat ko‘rsatish ko‘lamini oshirish maqsadida SMARTLIB mobil ilvasi va web sahifa  ( lib.fstu.uz ) manzili ishga tushirilib, bu web sahifa manzilida universitetda mavjud fanlardan tayyorlangan barcha sillabuslarda keltirilgan adabiyotlar elektron shakllarda joylashtirilgan va mavjud adabiyotlar ko‘rsatkichi 26898 songa yetkazilgan. ARMda tashkil etilgan SMARTLIB ilovasi orqali doimiy ravishda ARMda mavjud yangi va kerakli o‘quv, ilmiy, badiiy, siyosiy va xorijiy adabiyotlar qisqa annotatsiyalar orqali tanishtirib, omma e’tiboriga havola etib borilmoqda. Bu ilova orqali kitobxonlar kerakli adabiyotlarni buyurtma qilish va qisqa muddatlarda ularni elektron shaklini olish imkoniga ega bo‘lmoqdalar.

Universitet professor-o‘qituvchi, xodim hamda talaba-yoshlarni davriy nashrlarda yoritilayotgan ma’lumotlar, ilmiy jurnallardagi ilmiy maqolalar, yangiliklar bilan muntazam tanishib borishlari uchun universitet tomonidan 2026 yil uchun “O‘zbekiston pochtasi” AJ bilan 4 nomdagi 22 nusxa jurnallar va 13 nomdagi gazetalar 635 nusxada 12 oy muddatga obunasini tashkil etish bo‘yicha shartnoma imzolandi va o‘z obunachilarini kutmoqda.

Ilmiy-uslubiy va axborot-ma’lumot (davriy nashrlar) bo‘limini yangi ilmiy adabiyotlar bilan boyitish masalasiga ham alohida e’tibor qaratilqda. Shu maqsadda fakultetlar va kafedralar bilan hamkorlik asosida ilmiy darajali professor-o‘qituvchilarga tegishli dissertatsiya va avtoreferatlar kitob xolida va elektron shaklda ARMga fondiga olish ishlari amalga oshirilmoqda. Bundan tashqari universitet olimlari tomonidan yaratilgan monografiyalar, risolalar hisobiga ham ilmiy adabiyotlar salmog‘i oshib bormoqda. Ushbu ilmiy adabiyotlardan foydalanish maqsadida bo‘lgan ilmiy tadqiqotchilarga qulay sharoit yaratish maqsadida ARMda alohida xona ajratilib, ilmiy adabiyotlar bilan jihozlandi. Adabiyotlarning elektron shaklidan foydalanish imkoniyatini yaratish uchun 5 dona kompyuterlar o‘rnatilib, internet tarmog‘iga ulandi.

Axborot-resurs markazi o‘zining ma’naviyat maskani sifatidagi o‘rnini yanada mustahkamlashga intilmoqda. Bugungi kunda axborot-resurs markazida “Yosh kitobxon” to‘garagi, “Iqtidorli yoshlar” klubi faoliyat olib bormoqda. “Yoshlar bilan ishlash. Ma’naviyat va ma’rifat” bo‘limi, institut kasaba uyushma qo‘mitasi, Xotin-qizlar kengashi, fakultetlar bilan hamkorlikda turli ma’naviy-ma’rifiy mavzulardagi, buyuk ajdodlarimiz ilmiy me’rosiga bag‘ishlangan tadbirlari, shoir, yozuvchilarning talabalar bilan ijodiy uchrashuvlari, yangi adabiyotlar taqdimotlari, turli mavzulardagi tanlovlar, kitob yarmarkalari, adabiyotlar ko‘rgazmasi va turli siyosiy va badiiy burchaklar, kompyuter savodxonligiga oid tadbirlar muntazam tashkil etib borilmoqda. Ayniqsa, kitobxonlik targ‘ibotiga oid “Zamon kitobxoni”, “Zukko talaba” “Kitobxon onadan-kitobxon bolaga” loyihalari talaba-yoshlarni kitob mutolaasiga ko‘proq jalb etish imkonini bermoqda.

Axborot-resurs markazi jamoasi o‘z faoliyatini yanada kengaytirish va kitobxonlarga xizmatlar sifatini yanada oshirish ustida ish olib bormoqda.

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti