JISMONIY VA YURIDIK SHAXSLARNING MUROJAATLARI BILAN ISHLASH, NAZORAT VA MONITORING BO'LIMI



Bo‘limi boshlig‘i

Tojiboyev Muydinjon Murodjonovich

Qabul vaqti: Dushanba - Shanba (8:00 - 16:00)
Telefon:+99891-674-74-02

 Farg’ona davlat texnika universiteti «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo'limi» bo‘limi Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan vazifalarning bajarilishi, o‘quv-ta’lim jarayonida me’yoriy hujjatlar va uslubiy ko‘rsatmalarning ijro etilishini, shuningdek, institut bo‘yicha buyruqlar va qarorlarning o‘z vaqtida bajarilishini nazorat qilish maqsadida tashkil etilgan. «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo'limi» bo‘limi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 2001 yil 29-avgust 207-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan va keyinchalik 2021 yil 12 maydagi OE48062325 son topshirig’iga asosan qayta tashkil qilingan. Bo’lim «Oliy ta’lim ichki inspeksiya va Kadrlar tayyorlash Milliy dasturini ro‘yobga chiqarishning monitoringi»ni amalga oshirish to‘g‘risidagi Nizom, FarPI  Ustavi va bo‘lim Nizomiga muvofiq amalga oshiradi. Bo‘lim institutda Kadrlar tayyorlash Milliy dasturini hayotga tadbiq etish monitoringini amalga oshiradi, o‘quv, o‘quv-uslubiy, ma’naviy, ma’rifiy va tarbiyaviy, ilmiy-tadqiqot, ijro etish intizomi, kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash, hay’at va ilmiy kengash qarorlari, vazirlik, agentlik va universitet bo‘yicha buyruqlarning hamda ta’lim sohasidagi me’yoriy hujjatlarning bajarilishini nazorat qiladi. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo'limi o‘z faoliyatida bevosita rektorga bo‘ysunadi.

JISMONIY VA YURIDIK SHAXSLARNING MUROJAATLARI BILAN ISHLASH, NAZORAT VA MONITORING BO‘LIMINING ASOSIY VAZIFALARI

O‘zbekiston Respublikasining ta’limga oid Qonunlari, Prezident Farmonlari, Farmoyishlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Hay’at Qarorlari, buyruqlarini, shuningdek, rektor buyruqlari va topshiriqlarini fakultetlar, kafedralar, bo‘limlarda mas’ul mansabdor shaxslar tomonidan bajarilishini ta’minlash va monitoringini olib borish;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Xukumati tomonidan qabul qilingan Farmon va Qarorlarning ijrosini nazoratini tashkil qilish;

Yuqori tashkilotlardan kelgan barcha xujjatlarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasinng 12.01.1999 yildagi 12-sonli “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, Vazirlar Mahkamasining  1999 yil 29 martdagi  № 140 sonli “O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo‘yicha normativ hujjatlarni tasdiqlash” haqidagi qarori bilan tasdiqlangan yo‘riqnomada belgilangan tartibda kirim qilinishi va xujjatlarning har bir bandini to‘liq ijro etilishini nazorat qilish va monitoringini olib borish;

universitet fakultetlari, kafedralari va bo‘limlarining ishlari bo‘yicha faoliyatini nazorat qilish va rektor huzuridagi apparat yig‘ilishiga hisobot tayyorlash va ma’lumot berish;

universitet professor-o‘qituvchilari va xodimlari tomonidan o‘z vazifalarini suiste’mol qilish xamda ta’magirlik illatlarini oldini olish maqsadida talabalar o‘rtasida anonim so‘rovlar o‘tkazish va so‘rov natijalari xaqida Kengash yig‘ilishlarida xisobot berish;

Professor-o‘qituvchilarga ustama xaqlar to‘lash uchun xar o‘quv yilida ularning o‘quv-metodik, tarbiyaviy, ilmiy, faoliyatlari oliy ta’lim muassasasini rivojlantirishga qo‘shgan ulushi, shaxsiy fazilatlari o‘rganib chiqish xamda institut rektoriga xulosa taqdim etish;

Talabalarga stipendiyalar tayinlanishining qonuniyligini va xolisonaligini tekshirish va monitoring olib borish;

Talabalar bilimini baxolash tizimini shaffofligini ta’minlash yuzasidan rejali tekshirishlar o‘tkazish;

Talabalar davomatini nazorat qilish va monitoringini olib borish;

Professor-o‘qituvchilar tomonidan o‘quv jurnallarini belgilangan tartibda yuritilishini nazorat qilish;

Professor-o‘qituvchilar tomonidan yillik shaxsiy rejalarini xaqiqiy ijrosini nazorat qilish;

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Nazorat va monitoring Bosh boshqarmasiga belgilangan muddatlarda va shakllarda hisobotlarni rektor imzosi bilan taqdim etish;

universitetning barcha professor-o‘qituvchilari va xodimlari tomonidan ijro intizomiga va mexnat intizomiga rioya qilinishini tekshirish va monitoringini olib borish;

  • universitet ichki tartib qoidalari, odob-axloq qoidalari va kiyinish madaniyati talablariga rioya qilishni nazorat qilish.

 

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti