
Bo‘limning ish xususiyatlari:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-yanvar kungi
11-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2022-yil 13-iyun kungi 202-sonli buyrug‘i asosida ish olib boriladi.
Bo‘lim ish tartibi:
- malakaviy amaliyotlarning barcha turlarini fakultet va kafedralarda rejalashtirish va tashkil etish ishlarini nazorat qilish va muvofiqlashtirish;
- o‘quv yili davomida talabalar uchun o‘tkaziladigan malakaviy amaliyotlarni grafigini ishlab chiqish;
- malakaviy amaliyotlarni malaka talablarida nazarda tutilgan amaliyotga qo‘yilgan talablarga muvofiqligini aniqlash;
- ta’limga oid qonunchilik hujjatlari, Prezident farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining buyruqlari, Vazirlik Hay’ati qarorlari, yo‘riqnoma xat va telefonogrammalarini, shuningdek, oliy ta’lim tashkiloti rektori buyruqlarini fakultetlar, kafedralar, tegishli bo‘limlarda bajarilishini ta’minlash
va monitoringini olib borish; - shahar va tuman hokimliklari, kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limlari yordamida korxona, tashkilotlar bilan hamkorlik memorandumlari tuzilishini ta’minlash;
- korxona va tashkilotlarga amaliyot boshlanishidan bir hafta oldin malaka amaliyotiga yuborilayotgan talabalar ro‘yxatini taqdim etilishini nazorat qilish;
- korxonalar va tashkilotlarga amaliyotchi-talabalarni amaliyot o‘tkazish rejasiga muvofiq yuborilayotgan rahbarlariga o‘z vaqtida uslubiy yordam ko‘rsatish;
- amaliyot rahbarlari sifatida malakali professor-o‘qituvchilar ajratilishini nazoratga olish;
- korxonalar va tashkilotlarda ulardagi mutaxassislar bilan amaliyot o‘tkazishga doir ma’ruzalar, ekskursiyalar, shu korxonalar bazasida o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazishni tashkil etish rejasini tuzib chiqish;
- odob-axloq, mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi bo‘yicha o‘tkazilgan tushuntirish ishlarini nazorat qilish, shuningdek, amaliyotchi-talabalarni amaliyot davrini to‘liq monitoringini amalga oshirish;
- talabalarning korxonalar ishchi xizmatchilari uchun belgilab qo‘yilgan ichki tartib qoidalarga mehnat intizomiga qat’iy rioya etishlarini ta’minlash;
- korxona va tashkilotlar tomonidan amaliyot rahbarlariga uslubiy yordam ko‘rsatish;
- kelgusi o‘quv yili uchun malakaviy amaliyotga qabul qiluvchi tashkilotlar bilan hamkorlik shartnomalarini tuzish va malakaviy amaliyot boshlanishidan ikki oy oldin talabalarga malakaviy amaliyoti reja-jadvali hamda dasturini taqdim etish;
- ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha malakaviy amaliyoti buyruqlari loyihalarini shakllantirish;
- oliy ta’lim tashkiloti Kengashiga malakaviy amaliyotlarning o‘tkazilishi yuzasidan tahliliy ma’lumotlar, malakaviy amaliyot jarayonlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash, muhokamaga olib chiqish va hisobot berish.
Bog‘lanish uchun ma’lumot:
- Tel: +99890-722-24-92