Bosh xisobchi

Nazarov O`tkirjon Abdixalimovich

Qabul vaqti: Dushanba - Shanba (8:00 - 17:00)
Telefon:+99873 241-14-44
E-mail:o.nazarov@fstu.uz
 
      1967 yilda institut tashkil etilgach, o’quv-konsultatsion punkt buxgalteriyasi kengaytirilib, unga Holmatov O’lmasboy Holmatovich bosh buxgalter etib tayinlangan. U mazkur lavozimda 1973 yilgacha ishlagan. O’sha yillari buxgalteriyada faqat 6 nafar xisobchi faoliyat ko’rsatgan. Hozirda O’.H.Holmatov O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida moliya-iqtisod bo’limi mudiri (bosh buxgalter) vazifasida faoliyat yuritmoqda.

       1970-1990 yillarda bosh buxgalterlik lavozimida Pak Darya Vasilevna, Ayupova Muhabbat Badriddinovna, Krugova Ekaterina Yakovlevna, Turdali Mamadaliev, Ma’murjon Matazirov kabilar mehnat qilib, institutning moddiy va ma’naviy jihatdan rivojlanishiga o’z hissalarini qo’shganlar.

      Institutning moliyaviy-iqtisodiy faoliyatini rivojlantirishda bosh buxgalter lavozimida ishlagan Ayupova Muhabbat Badriddinovna, Hojarxon Mamajonova va 1985-2007 yillarda moddiy qiymatliklar bo’limining etakchi hisobchisi lavozimida ishlagan Abdurahmonova Hayitxonning xizmatlari alohida o’rin egallaydi. 1995 yildan buxgalteriya o’z tarkibiga bir qator kichik buxgalteriyalarni birlashtiruvchi markaziy buxgalteriya sifatida faoliyat ko’rsatmoqda. Uning tarkibida «Moddiy qiymatliklar», «Ish xaqi va stipendiya», «Byudjetdan tashqari topilgan mablag’lar» xamda «Kontrakt mablag’larini xisobga olish guruxi» kabi bo’limlar bo’lib, mazkur bo’limlarda 2 nafar bosh buxgalter muovinlari hamda 9 nafar hisobchi xodimlar faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Jumladan, H.Mamajonova bosh xisobchi lavozimida 1996- 2009 yillarda faoliyat olib bordi.

           Hozirda institutda to’lik elektron buxgalteriya hisobi yuritib kelinmokda. Bo’limda uzoq yillardan beri ishlab kelayotgan Qo’chqorova Gulnora Anvarovna yoshlarning mehribon murabbiysi sifatida yosh mutaxassislarga kasb sirlarini o’rgatib kelmoqda. Shuningdek, institut auditori M.Abdullaev talabalar kontrakt to’lovlarining ijrosini nazorat qilish, moddiy qiymatliklarning butligini va saqlanishini ta’minlash, talabalarga oylik stipendiyalarning to’g’ri tayinlanishi va to’lanishini nazorat qilish ishlarini zamon talablari darajasida olib bormoqda.

Institut buxgalteriya bo’limi quyidagi vazifalarni bajaradi:

  • Buxgalteriya bo’limi ichki foydalanuvchilarga institut molyaviy-xo‘jalik faoliyati va moliyaviy ahvoli to‘g‘risida to‘liq va ishonchli ma’lumotlarni yetkazish uchun institut buxgalteriya hisobini tashkil etadi va yuritadi;
  • Institut faoliyatinining moliyaviy ahvoli va natijalarini baholash, tahlil qilish, loyihalash va nazorat qilish uchun o‘z vaqtida ma’lumotlarni olish imkoniyatini beruvchi, institut faoliyatining xo‘jalik yuritish shartlari, strukturasi, tarmoqqa taalluqlilik darajasi xususiyatlaridan va boshqa turdagi imkoniyatlaridan kelib chiqib buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi me’yoriy hujjatlarga mos ravishda hisobga olish siyosatini shakllantiradi.
  • Buxgalteriya ichki hisobotlari shakllarini, xo‘jalik operatsiyalarini rasmiylashtirish uchun qo‘llaniladigan birlamchi hisob xujjatlari shakllarini, statistik va analitik hisoblardan iborat buxgalteriya hisobi ish rejasini tayyorlaydi va tasdiqlatadi;
  • Inventarizatsiya o‘tkazish va mulkni baholash tartibini, mulkning mavjudligi, uning holati va bahosi to‘g‘risidagi hujjatlarni yuritishni ta’minlaydi;
  • Hujjat aylanish tartibiga rioya etgan holda xo‘jalik operatsiyalarini rasmiylashtirishning to‘g‘riligini ichki nazorat qilish tizimini tashkil etadi;
  • Tashqi va ichki foydalanuvchilarga zarur bo‘lgan buxgalteriya ma’lumotlarini taqdim etishni ta’minlovchi, buxgalteriya, soliq, statistik va boshqaruv hisobi talablariga mos keluvchi buxgalteriya hisobi va hisobotlari axborot tizimini shakllantiradi;
  • Zamonaviy axborot texnologiyalarini, hisobga olish va nazorat qilishning progressiv shakllari va usullarini qo‘llagan holda buxgalteriya hisobi reyestrlarini yuritish bo‘yicha ishlarni olib boradi;
  • Institut faoliyatining moliyaviy natijalari, moliyaviy, hisob va kredit operatsiyalari, moliyaviy mablag‘lari, material-ishlab chiqarish zaxiralari, asosiy vositalar, majburiyatlar va mulkni hisobini yuritish bo‘yicha ishlarni amalga oshiradi;

Bo'lim xodimlari ro'yhati:

  • Salimov Abdumajid Abduvaxobovich
  • Toshmamatov Sadirdin Najmidin o’g’li
  • Ko’chkorova Gulnora.Anvarovna.
  • Ibragimova Dilyafruz Ergshvna
  • Mirzaaxmedova Mahfuza Muhamedovna
  • Ismoilov Ilhom Ibrohimovich.
  • Abdumalikov Akbarjon Abduborik o’g’li.  
  • Xudoyberdieva Nishonaxon Eshonovna
  • Abdukarimov Abduxoliq Abduvaqqos o’g’li
  • Nazarov  O’tkir Abduhdlilovich
  • Murodilov Solijon Marufjon o’g’li
  • Erkinova Mohibonu Sahobiddin qizi

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti