Magistratura bo‘lim boshlig'iOdilov Odiljon Zokirjonovich Qabul vaqti: Har kuni (9:00-12:00) Telefon:+998 90 631 08 01 E-mail: Odiljonodilov5@mail.ru
|
Bo‘lim faoliyati haqida ma’lumot
Universitetda Magistratura bo‘limi 1999 yilda tashkil etilgan. Bo‘lim tashkil etilgan yilda 3 ta mutaxassislik bo‘yicha 14 nafar magistrant o‘qishga qabul qilingan. Ular asosan “Qishloq xo‘jalik mashinalari va jihozlari”, “Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi”, “Ma’dan o‘g‘itlar va tuzlar kimyoviy texnologiyasi” mutaxassisliklari edi.
2000-2001 o‘quv yilida “Menejment” mutaxassisligi оchildi va jami 26 ta magistrant o‘qishga qabul qilindi. 2001-2002 o‘quv yilida magistraturada yangi “Qurilish konstruksiyalari, bino va inshootlar”, “Sifatni nazorat qilish diagnostika asboblari”, “Mashinasozlik texnologiyasi” mutaxassisliklari ochilib, 1 kursga 57 nafar talaba qabul qilindi. 2004-2005 o‘quv yilidan boshlab esa “Tarmoqlar iqtisodiyoti”, “Buxgalteriya hisobi” kabi yangi mutaxassisliklar bo‘yicha magistraturaga talabalar qabul qilish yo‘lga qo‘yildi. Keyingi yillar davomida magistratura tarkibida “Sanoat issiqlik energetikasi”, “Energiya tejamkorligi”, “Elektr ta’minoti”, “Kimyoviy ishlab chiqarish va qurilish materiallari korxonalarining mashina va apparatlari”, “Oziq-ovqat xavfsizligi”, “Infratuzilma ob’ektlarini qurish”, “Suv ta’minoti, kanalizatsiya, suv resurslarini muhofaza qilish va ulardan samarali foydalanish”, “Issiqlik-gaz ta’minoti, ventilyatsiya, havoni mo‘tadillash va havo havzasini muhofaza qilish” kabi bir qancha mutaxassisliklar ochilib, ularni 800 ga yaqin magistrlar bitirib chiqdilar.
Farg’ona davlat texnika universiteti (eski Farg‘ona politexnika instituti) magistratura mutaxassisligini bitirganlarning bir qatori texnika fanlari nomzodi, texnika fanlari doktori, ilmiy darajalarini olishga erishdilar. Bundan tashqari ko‘plab sobiq bitiruvchilar o‘zlari egallagan mutaxassisliklari bo‘yicha respublika iqtisodiyotining turli sohalarida fidokorona mehnat qilishmoqda. Ular orasida o‘ndan ortiq tuman, shahar, viloyat va respublika miqyosidagi tashkilot va korxona rahbarlari, hokimliklarning mas’ul xodimlari va hokimlar bor.
Bo‘limga o‘tgan yillarda professorlar A.A.Mirzaev va I.N.Ismanovlar, dotsentlar V.E.Gerdov, S.T.Tursunov, M.X.Zokirov, B.N.Fayzimatov, B.S.Usmanov, D.A.Ergashev, E.T.Mamurov va A.M.Abdullayev, A.S.Xojayev, G.Obidova, Sh.Xusanovalar rahbarlik qilgan. Bugungi kunda bo‘limni O.Z.Odilov boshqarib kelmoqda.
Magistratura bo‘limi bugungi kunda:
Universitetda magistratura ta’lim yo‘nalishlari (mutaxassisliklari) bo‘yicha 2025-2026 o‘quv yilida jami 384 nafar talaba tahsil olmoqda. Mazkur ko‘rsatkichdan kelib chiqib, magistratura bosqichlari kesimida, talabalar tarkibining 235 nafari 1-bosqich, 149 nafari esa 2-bosqich talabalariga to‘g‘ri keladi.
Shuningdek, universitet magistratura ta’limi tizimida mavjud mutaxassisliklar soni umumiy hisobda 48 tani tashkil etib, bu ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlash ko‘lamining kengligini ko‘rsatadi. Jumladan, 2025–2026 o‘quv yilida magistratura ta’limini yanada rivojlantirish va mehnat bozorining zamonaviy talablariga mos mutaxassislar tayyorlash maqsadida 6 ta yangi magistratura mutaxassisligi tashkil etildi.
Magistratura bo‘limining mutaxassislik yo’nalishlari:
|
70210401 |
Dizayn: kostyum dizavni |
|
70210402 |
Kompyuter grafikasi va dizayn |
|
70410101 |
Buxgalteriya hisobi |
|
70410102 |
Iqtisodiyot |
|
70410110 |
Raqamli iqtisodiyot |
|
70410801 |
Menejment |
|
70411201 |
Marketing |
|
70610101 |
Kompyuter tizimlari va ularning dasturiy taʼminoti |
|
70610103 |
Axborot tizimlari |
|
70610202 |
Axborot xavfsizligi |
|
70610301 |
Kompyuter injiniringi |
|
70610304 |
Maʼlumotlar ilmi |
|
70610401 |
Dasturiy injiniring |
|
70610501 |
Sunʼiy intellekt |
|
70610601 |
Telekommunikatsiya injiniringi |
|
70710101 |
Kimyo texnologiya |
|
70710403 |
Sanoat issiqlik energetikasi |
|
70710407 |
Elektr taminoti |
|
70710409 |
Elektr energetikasi tizimlari va tarmoqlari |
|
70710410 |
Energiya tejamkorligi va audit |
|
70710411 |
Muqobil energiya |
|
70710413 |
Qayta tiklanuvchan energiva manbalari |
|
70710503 |
Elektrotexnik majmualar va tizimlar |
|
70710701 |
Elektronika va elektr texnikasi |
|
70710801 |
Mahsulotlar xavfsizligi va ularning sertifikatsiyasi |
|
70710802 |
Metrologiya,standartlashtirish va sifatni boshqarish |
|
70710901 |
Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish |
|
70710903 |
Intellektual muhandislik tizimlari |
|
70711001 |
Mexatronika |
|
70711401 |
Transport vositalari muhandisligi |
|
70711801 |
Atrof-muhit muhandisligi |
|
70712301 |
Mashinasozlik texnologiyasi |
|
70720101 |
Oziq-ovqat xavfsizligi |
|
70720404 |
Kimyo sanoati va qurilish materiallari korxonalarining mashina va jihozlari |
|
70720701 |
To'qimachilik materiallari texnologiyasi |
|
70720703 |
To'qimachilik va yengil sanoat mahsulotlari materialshunosligi, ekspertizasi va sifat nazorati |
|
70720704 |
Tikuv buyumlari texnologiyasi va konstruksiyasini ishlash |
|
70720705 |
Paxtani dastlabki ishlash va urug' tayyorlash texnologiyasi |
|
70721102 |
Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi |
|
70721501 |
Geodeziya va geoinformatika |
|
70730101 |
Bino va inshootlar arxitekturasi |
|
70730301 |
Qurilish muhandisligi |
|
70730305 |
Bino va inshootlar zilzilabardoshligi |
|
70730308 |
Qurilish materiallari texnologiyalari |
|
70730401 |
Muhandislik kommunikasiya tizimlari, qurilishi va montaji |
|
70730503 |
Avtomobil yo‘llari va ayerodromlar |
|
70810701 |
Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki qayta ishlash texnologiyasi |
|
71020201 |
Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi |