
Bo‘lim boshlig‘iAbdulxayev Zoxidjon Erkinjonovich Qabul vaqti: Dushanba - Shanba (9:00 - 12:00) Telefon:+99893 642-20-30 , +99873 241-12-06 E-mail: zokhidjon@fstu.uz |

Bo‘lim bosh mutaxassisiAbduqodirov Nurzod Shavkatjon o‘g‘li Qabul vaqti: Dushanba - Shanba (9:00 - 12:00) Telefon:+99891 143-44-22 , +99873 241-12-06 E-mail: nurzodqodirov1991@gmail.com |
Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi haqida
Bo‘lim haqida
Taʼlim sifatini nazorat qilish boʻlimi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 18 iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 515-son qarorining 14-bandiga muvofiq tashkil etilgan boʻlib, bevosita universitet tarkibiga kiradi.
Boʻlimning asosiy maqsadi
Taʼlim sifati nazorati (TSNB) boʻlimining asosiy maqsadi Farg‘ona davlat texnika universiteti talabalari bilimlarining davlat taʼlim standartlariga muvofiqligini oʻrganib borish, tahlil qilish, kadrlar tayyorlash sifati monitoringini yuritish, Farg‘ona davlat texnika universitetini ichki attestatsiyadan oʻtkazishni tashkil etish va uning natijalari boʻyicha taʼlim sifatiga salbiy taʼsir etuvchi omillarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish va oldini olish choralarini koʻrishdan iborat.
TSN boʻlimining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- Taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklarning davlat taʼlim standartlari (DTS), malaka talablari, oʻquv rejalari va fan dasturlari, ishchi oʻquv rejalar va fanning ishchi dasturlari bilan taʼminlanganligi hamda oʻzaro muvofiqligini tahlil etish;
- Farg‘ona davlat texnika universitetida taʼlim jarayoni sifatini, uning oʻquv adabiyotlari va oʻquv-uslubiy materiallar bilan taʼminlanganlik darajasini oʻrganish;
- Talabalar bilimini baholash jarayonlarida kuzatuvchi sifatida ishtirok etish;
- Talabalar bilimini baholash jarayonlari va natijalarining xolisligi va shaffofligini oʻrganish;
- Farg‘ona davlat texnika universiteti dekanatlari tomonidan shakllantiriladigan dars jadvallarini optimallashtirishda ishtirok etish;
- Har bir fan boʻyicha dars mashgʻulotlarini tahlil qilish va Farg‘ona davlat texnika universiteti rektoriga maʼlumotlar berib borish;
- Talabalar davomati va professor-oʻqituvchilarning darsga munosabatini monitoringini olib borish;
- Baholash natijalari boʻyicha tahliliy maʼlumotlar tayyorlash va ularning natijalari yuzasidan Farg‘ona davlat texnika universiteti kengashida hamda rektor yigʻilishida hisobotlar berib borish;
- Bitiruvchilarning bilim darajasini oʻrganish maqsadida yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyalari hujjatlari bilan tanishish;
- Tashkiliy-huquqiy va metodik koʻrsatmalar asosida taʼlim va kadrlar tayyorlash sifati monitoringini olib borish va nazorat qilishni tashkil etish;
- Farg‘ona davlat texnika universitetini ichki attestatsiyadan oʻtkazishni tashkil etish va ichki attestatsiya natijalarini, taʼlim sifatiga taʼsir etuvchi omillar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Farg‘ona davlat texnika universiteti rektoriga hamda agentlikka taqdim etish;
- Taʼlim sifatini belgilovchi koʻrsatkichlarning holatini monitoring qilish, aniqlangan muammolar va kamchiliklar yuzasidan Farg‘ona davlat texnika universiteti rektoriga takliflar berish;
- Taʼlim sifatini oshirish maqsadida professor-oʻqituvchilarning malakasini oshirish jarayonida zamonaviy usullar va uslublardan foydalanish samaradorligini tahlil qilish;
- Farg‘ona davlat texnika universitetining tarkibiy tuzilmalarida (fakultet, kafedra, boʻlim, markaz, akademik litsey) pedagog xodimlarning kasbiy malakasi holatini, shuningdek oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim hamda malaka oshirish va qayta tayyorlash yoʻnalishlaridagi sifat darajasini aniqlash maqsadida ichki monitoringni oʻtkazish, tahliliy maʼlumotlarni tayyorlash, aniqlanagan kamchilik va muammolarni bartaraf etish boʻyicha "FDTU" rahbariyatiga takliflar kiritish;
- Farg‘ona davlat texnika universiteti professor-oʻqituvchilari tayanch maʼlumotlarining tegishli dars beradigan fan(lar)iga mosligini tahlil qilish yoki ularning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qayta tayyorlashdan oʻtganligini yoki mos ixtisoslik boʻyicha ilmiy unvon, darajaga ega ekanligini oʻrganish va xulosalarni Farg‘ona davlat texnika universiteti rektoriga maʼlum qilish;
- Taʼlim jarayoni moddiy-texnik bazasi holatini tahlil qilish, uni rivojlantirish va takomillashtirish boʻyicha takliflar berish;
- Farg‘ona davlat texnika universitetida talabalar amaliyotining taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklarni inobatga olgan holda tashkil etilganligi va uning samarasini nazorat qilish;
- Farg‘ona davlat texnika universiteti reytingini aniqlash, baholash, attestatsiya va taʼlim sifatini oʻrganish bilan bogʻliq jarayonlarda ishtirok etish;
- Farg‘ona davlat texnika universitetidagi ijtimoiy muhit, kadrlar tayyorlash va taʼlim sifatini oshirish maqsadida doimiy ravishda talaba, ota-ona, professor-oʻqituvchi va kadrlar isteʼmolchilari oʻrtasida ijtimoiy soʻrovlar oʻtkazish;
- Farg‘ona davlat texnika universitetidagi ijtimoiy muhit, kadrlar tayyorlash va taʼlim sifatini oʻrganish maqsadida professor-oʻqituvchilar va kadrlar isteʼmolchilari oʻrtasida oʻtkaziladigan ijtimoiy soʻrovlar jarayonida ishtirok etish, natijalari yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish;
- Bitiruvchilarning taʼlimni keyingi bosqichiga oʻqishga kirishi yoki ishga joylashishlarini tahlil qilishda ishtirok etish;
- Respublika va xorijiy davlatlardagi taʼlim sifatini nazorat qilishga oid yangiliklarni doimiy oʻrganib borish va ularni taʼlim jarayoniga tatbiq etish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish;
- Farg‘ona davlat texnika universiteti reytingini xalqaro darajaga koʻtarishga qaratilgan chora-tadbirlarni oliy taʼlim muassasasi rahbariyati bilan birgalikda ishlab chiqish va uning ijrosini taʼminlashda faol ishtirok etish;
- Farg‘ona davlat texnika universiteti tegishli tarkibiy tuzilmalari bilan hamkorlikda taʼlim sifatini oshirishga qaratilgan hamda oʻquv seminarlari va treninglarni oʻtkazish;
- Farg‘ona davlat texnika universitetida ichki jamoatchi ekspertlar bazasini shakllantirish va ular bilan qoʻyilgan vazifalar doirasida seminar mashgʻulotlarini muntazam ravishda oʻtkazib borish;
- Oʻquv jarayoni bilan ishlab chiqarish oʻrtasidagi integratsion hamkorlik, innovatsion gʻoyalar, ishlanma va texnologiyalarni kengaytirish yuzasidan takliflarni berib borish;
- Farg‘ona davlat texnika universiteti Kengashida, davra suhbatlari va anjumanlarda TSNB boʻlimi tomonidan taʼlim sifatini oshirishga oid amalga oshirilgan oʻrganish va monitoring natijalari toʻgʻrisida maʼlumotlar berib borish;
- Taʼlim sifati holatini oʻrganish natijalariga asoslanib tegishli takliflarni Farg‘ona davlat texnika universiteti rahbariyatiga taqdim etish.
Aloqa
Manzil: 150107, Farg‘ona shahar, Farg‘ona ko‘chasi 86-Uy
Bino/ofis: FDTU, 1–bino, 2-qavat, 218-xona
Tel./faks:
E-mail: zokhidjon@fstu.uz