
Mexanika - mashinasozlik fakulteti dekaniMirsharipov Raxmatillo Xabibullayevich Qabul vaqti: Dushanba - Shanba (9:00 - 12:00) Telefon:+99873 241-14-43 E-mail: r.x.mirsharipov@ferpi.uz |
FAKULTET HAQIDA MA’LUMOT
Fakultet 1967-yili Toshkent politexnika instituti Farg‘ona umumtexnika fakulteti bazasida tashkil etilgan Farg‘ona politexnika institutida Mexanika-energetika fakulteti sifatida o‘z faoliyatini boshlagan. Shu yili Mexanika-energetika fakultetiga “Mashinasozlik texnologiyasi, metall qirquvchi dastgohlar” mutaxassisligi bo‘yicha birinchi marta kunduzgi bo‘limga talabalar qabul qilingan.
1968-yildan boshlab “Qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalarining mexanik jihozlari” va “Poligrafiya ishlab chiqarish texnologiyasi” mutaxassisliklari bo‘yicha kunduzgi bo‘limga talabalar qabul qilindi. 1967-1969-yillarda fakultet Farg‘ona shahri, Qirguli mavzesi, Ulug‘bek ko‘chasidagi 71-uyda joylashgan edi. Mexanika-energetika fakultetining birinchi dekani sifatida t.f.n. dots.Tursunov Qobiljon Tursunovich ishlagan. 1969-yili sentyabrda mustaqil Mexanika fakulteti tashkil etilib unga t.f.n. O.O.Oxunboyev, dekan etib tayinlangan. Fakultet o‘quv binosi Qirguli mavzesidagi Farg‘ona ko‘chasi, 86-uyga ko‘chib o‘tdi.
Dastlabki yillarda “Farg‘ona neftni qayta ishlash” zavodi, Azot o‘g‘itlar zavodi, Quvasoy sement kombinati, Farg‘ona mexanika zavodi, Farg‘ona gaz apparatlari zavodi va boshqa korxonalarda o‘quv laboratoriyalari ishlari olib borilgan.
1977-yili Mexanika fakulteti boshqa fakultetlar qatori yangi loyiha asosida barpo etilgan zamonaviy va qulay o‘quv xonalari, kabinetlar, laboratoriyalarga ega bo‘lgan ko‘rkam Farg‘ona ko‘chasi 86-uydagi 2-binoga ko‘chib o‘tdi. Dotsent R.B.Burxonov dekan lavozimida ishlagan 1976-1980-yillarda o‘quv jarayonlari sifat jihatidan yaxshilash yangi o‘quv binosi auditoriyalarini tegishlicha jihozlash, takomillashtirish, yangi mutaxassisliklar ochish kabi salmoqli ishlar amalga oshirilgan.
1979-yilda Mexanika fakulteti bazasida Texnologiya fakulteti tashkil etilib, uning tarkibiga “Yengil sanoat mashina va apparatlari” (kafedra mudiri t.f.n. dots.P.R.Fayziyev) hamda “Tikuvchilik mahsulotlari texnologiyasi” (kafedra mudiri dots.J.I.Qalandarov) kafedralari kiritilgan. Bu fakultetning dekani lavozimiga R.Q.Qodirov tayinlangan.1981-yili esa Texnologiya fakulteti Mexanika fakulteti tarkibiga birlashtirilgan. Bugungi kunda Mexanika-mashinasozlik fakulteti o‘quv va ilmiy laboratoriya bazasi zamon talablariga javob beradigan asbob-uskunalar, dastgohlar bilan boyitildi, o‘quv jarayonida texnik vositalar, kompyuter texnikasidan foydalanish ko‘lami kengaydi, pedagog kadrlar tarkibi yangi ilmiy darajali mutaxassislar hisobiga boyitildi.
Hozirgi kunda texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Mirsharipov Raxmatillo Xabibullayevich fakultet dekani lavozimida, Ro‘ziyev Shoxruxbek Nabiyevich, Tojibayev Farxad Obidjonovich o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari, Saydaxmedov Baxtiyor Nurmamatovichlar yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat olib borishmoqda. Bundan tashqari fakultetda kasaba uyushma qomitasi, fakultet xotin-qizlar maslahati kengashi tashkil qilingan.
FAKULTET MISSIYASI VA VAZIFASI
Fakultetning missiyasi:
- Mamlakatimiz sanoati, transporti va mashinasozlik sohalari uchun yuqori malakali muhandis-texnik kadrlarni tayyorlash.
- Ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasiga asoslangan innovatsion o‘quv jarayonini tashkil etish.
- Hududiy va respublika miqyosida faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlarning muhandislik-texnologik ehtiyojlarini qondirish.
- Talabalarda ijodkorlik, tashabbuskorlik, texnik tafakkur va muhandislik kompetensiyalarini rivojlantirish.
Fakultetning asosiy vazifalari:
Ta’lim sohasida
- Oliy ta’lim davlat standartlariga muvofiq bakalavr va magistrlar tayyorlash.
- Zamonaviy o‘quv dasturlari va o‘quv adabiyotlari yaratish.
- Chet tillarini va axborot texnologiyalarini chuqur o‘rgatish orqali talabalarni xalqaro mehnat bozoriga tayyorlash.
Ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalar
- Mashinasozlik, texnologik mashinalar, transport vositalari, energetika va mexanika yo‘nalishida ilmiy izlanishlar olib borish.
- Hududdagi ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlikda innovatsion loyihalarni amalga oshirish.
- Talabalarning startap g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash.
Amaliyot va ishlab chiqarish bilan hamkorlik
- Talabalarni “Farg‘onaazot”, “Neftni qayta ishlash zavodi”, “Quvasoysement” kabi yirik korxonalarda amaliyotga yuborish.
- Kafedra filiallarini ishlab chiqarish korxonalarida tashkil etish.
- Bitiruvchilarni ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish.
Tarbiyaviy va ma’naviy ishlar
- Talabalarda vatanparvarlik, milliy qadriyatlarga hurmat va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish.
- Turli to‘garaklar, sport musobaqalari va madaniy tadbirlarni yo‘lga qo‘yish.
ASOSIY QADRIYATLAR
- Fakultetda talabalarimizning ilmiy, kasbiy va amaliy qiziqishlarini ro‘yobga chiqarish uchun keng imkoniyat yaratish, ya’ni barcha talabalar, professor-o‘qituvchilar va xodimlar uchun ijodiy, innovatsion va ijobiy muhit shakllantirish.
- Bakalavriat, magistratura hamda oliy ta’limdan keyingi bosqichlarda faoliyat yuritayotgan ilmiy xodimlar uchun sifatli, zamonaviy va ijodiy yondashuvni qo‘llab-quvvatlovchi samarali ta’lim dasturlarini taklif etish.
- Jamiyatning bugungi va istiqboldagi ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladigan ilmiy tadqiqotlar, texnologik ishlanmalar hamda ijodiy tashabbuslar orqali yangi bilim va innovatsiyalarni yaratish.
- Mashinasozlik va mexanika sohalarini rivojlantirishda talabalar va ilmiy izlanuvchilarni chet elda o‘qish, stajirovka o‘tash va ilmiy izlanishlarni rag‘batlantirish, shu orqali madaniy va kasbiy tasavvurni kengaytirish.
- Fakultetda milliy va xalqaro darajada e’tirof etiladigan ta’lim va ilmiy dasturlarni yuqori darajada saqlab qolish, xalqaro standartlarga mos ravishda sifat va mukammallikni ta’minlash.
BARQARORLIK
Mexanika-mashinasozlik fakulteti o‘z faoliyatida barqaror rivojlanish tamoyillariga qat’iy amal qiladi. Fakultetning bosh maqsadi — ta’lim, ilmiy-tadqiqot va ishlab chiqarish jarayonlarini uyg‘unlashtirgan holda, zamonaviy talablar va xalqaro standartlarga javob beradigan muhitni shakllantirishdir.
Fakultet quyidagi yo‘nalishlarda barqarorlikni ta’minlashni o‘z oldiga ustuvor vazifa sifatida belgilaydi:
- ta’lim jarayonida uzluksizlik va sifatni ta’minlash, yuqori malakali kadrlar tayyorlash;
- mashinasozlik va mexanika sohalarida ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalarni rivojlantirish;
- ekologik xavfsizlikka rioya qilish hamda resurslardan oqilona foydalanishni yo‘lga qo‘yish;
- talabalar, professor-o‘qituvchilar va xodimlar uchun qulay, adolatli va ijodiy muhitni yaratish;
- milliy va xalqaro korxonalar hamda ilmiy markazlar bilan uzoq muddatli hamkorlikni mustahkamlash.
FAKULTET KAFEDRALARI
- “Mashinasozlik texnologiyasi” kafedrasi
- “Texnologik mashinalar va jihozlar” kafedrasi
- “Tadbiqiy mexanika kafedrasi”
- “Transport vositalari muhandisligi” kafedrasi
BAKALAVRIAT TA'LIM YO‘NALISHLARI
- 60721800 - Ishlab chiqarish muhandisligi
- 61010400 - Logistika
- 61040100 - Transport logistikasi (avtomobil transporti)
- 60720700 - Texnologik mashinalar va jihozlar (tarmoqlar bo‘yicha)
- 60711000 - Mexatronika va robototexnika
- 61040200 - Yoʻl harakatini tashkil etish
- 60712500 - Transport vositalari muhandisligi (turlari bo‘yicha)
- 60712500 - Transport vositalari muhandisligi (ixtisoslashtirilgan transport vositalari)
- 60712500 - Transport vositalari muhandisligi (avtomobil transporti)
- 60711400 - Transport vositalari muhandisligi
- 60713200 - Transportda tashishni tashkil etish va boshqarish (avtotransporti)
- 60720700 - Texnologik mashinalar va jihozlar (Elektronika sanoati)
- 60720400 - Texnologik mashinalar va jihozlar
- 60810100 - Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish
- 60711500 - Mexatronika va robototexnika
- 60712300 - Mexanika muhandisligi
- 60720600 - Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi (mashinasozlik)
- 60720300 - Materialshunoslik
- 60720800 - Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishini jihozlash va avtomatlashtirish
- 60712400 - Avtomobilsozlik va traktorsozlik
MAGISTRATURA MUTAXASSISLIKLARI
- 70712301 - Mashinasozlik texnologiyasi
- 70711401 - Transport vositalari muhandisligi
- 70712501 - Yer usti transport vositalari va tizimlari (transport turlari bo‘yicha)
- 70711401 - Transport vositalari muhandisligi
- 70712301 - Mashinasozlik texnologiyasi
- 70720404 - Kimyoviy sanoat va qurilish materiallari korxonalarining mashinalari hamda apparatlari
NUFUZLI VA NOMDOR STIPENDIYA SOHIBLARI
O‘tgan davr mobaynida Mexanika-mashinasozlik fakultetining ko‘plab iqtidorli va izlanuvchan talabalari o‘zlarining a’lo o‘qishlari, namunali xulqi hamda jamoat ishlaridagi faol ishtiroklari bilan ajralib turdilar. Ularning yutuqlari va fidoyiligi munosib ravishda e’tirof etilib, davlatimiz tomonidan ta’sis etilgan nufuzli va nomdor stipendiyalar sohibiga aylandilar. Bu esa fakultetimizda yaratilayotgan ta’limiy va ma’naviy muhit, shuningdek, professor-o‘qituvchilar mehnatining yuksak samarasini yaqqol ifodalaydi. Ular quyidagilar:
- Olimjonov Asrorbek Oybek o‘g‘li 2024 yil “Prezident” nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori.
- Nizomiddinova Maftunaxon Shoirjon qizi 2024-yilda “Beruniy” nomidagi davlat stipendiyasi sohibi,
- Tursunova Muazzamxon Zokirjon qizi 2024 yil “Beruniy” nomidagi davlat stipendiyasi sohibi,
- Luqmonjonov Asadbek Bahodirjon o‘g‘li 2024 yil “Beruniy” nomidagi davlat stipendiyasi sohibi,
- Shermatov Yunusjon Umidjon o‘g‘li 2024 yil “Beruniy” nomidagi davlat stipendiyasi sohibi.