Jaxongirov Ilimdorjon Jahongirjon o‘g‘li 1986-yil 26-noyabrda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. Millati - oʻzbek. Oliy maʼlumotli, 2007-yilda Farg‘ona politexnika institutini tugatgan. Iqtisodiyot fanlari doktori(DSc). O‘zbek, rus, ingliz tillarida erkin muloqot qila oladi. 50 dan ziyod ilmiy ishlar muallifi, 10 dan ortiq davlatlarning nufuzli jurnallarida ilmiy maqolalari chop etilgan. Faoliyati mobaynida 28 ta xorijiy davlatda bo‘lgan. Xorijning nufuzli oliy ta’lim muassasalari, jumladan, Northwestern universiteti (AQSH), Latviya universiteti, Varshava universiteti (Polsha), G.V. Plexanov nomidagi Rossiya davlat iqtisodiyot universitetida ilmiy izlanishlar olib borgan. Mehnat faoliyati davomida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tizimi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligida ishlagan. 2021- yil aprel oyida Farg‘ona politexnika instituti ishlab chiqarishda boshqaruv fakulteti dekani, 2022-yil may oyida institut Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori, 2024-yil iyun oyidan institut O‘quv ishlar bo‘yicha prorektori lavozimida faoliyat yuritmoqda.
Mehnat faoliyati:
|
2003 - 2007 yy. |
Farg‘ona politexnika instituti talabasi |
|
|
2007 - 2009 yy. |
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti magistranti |
|
|
2009 - 2010 yy. |
Farg‘ona politexnika instituti iqtisodiyot kafedrasi assistenti |
|
|
2011 - 2013 yy. |
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchisi |
|
|
2013 - 2015 yy. |
Farg‘ona politexnika instituti iqtisodiyot kafedrasi o‘qituvchisi |
|
|
2015 - 2016 yy. |
“Jahongirov Ilmdor” oilaviy korxonasi rahbari |
|
|
2016 - 2016 yy. |
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi g‘aznachiligi yetakchi mutaxassisi |
|
|
2016 - 2018 yy. |
G.M.Plexanova nomli Rossiya iqtisodiyot universiteti doktoranti |
|
|
2018 - 2018 yy. |
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi g‘aznachiligining Toshkent shahri bo‘yicha g‘aznachilik boshqarmasi yetakchi mutaxassisi |
|
|
2018 - 2019 yy. |
Farg‘ona politexnika instituti mustaqil izlanuvchisi |
|
|
2019 - 2020 yy. |
Sog‘liqni saqlash vazirligi majburiy tibbiy sug‘urtani joriy qilish bo‘limi bosh mutaxassisi |
|
|
2020 - 2021 yy. |
Sog‘liqni saqlash vazirligi markaziy apparati Tibbiy sug‘urta tizimini joriy qilish boshqarmasi boshlig‘i |
|
|
2021 y. – 2022 yy. |
Farg‘ona politexnika instituti ishlab chiqarishda boshqaruv fakulteti dekani. |
|
|
2022 y -2024 yy |
Farg‘ona politexnika instituti Xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektori. |
|
|
2024 yil iyun oyidan hozirgi kungacha |
Farg‘ona politexnika instituti O‘quv-ishlar bo‘yicha prorektori. |