Yengil sanoat va to'qimachilik



Yengil sanoat va to‘qimachilik fakulteti dekani

Abduxalilov Bekzod Komiljonovich

Qabul vaqt: Dushanba - Shanba (9:00 - 12:00)

Telefon:+99890 3066545

E-mailbabduhalilov@gmail.com

 


YENGIL SANOAT VA TO‘QIMACHILIK FAKULTETI HAQIDA

MA’LUMOT

Yengil sanoat va to‘qimachilik fakulteti 2020-yil fevral oyida tashkil etilgan.

Bugungi kunda fakultet zamon talablariga javob beradigan o‘quv va ilmiy laboratoriya bazasiga ega. Fakultetda 2 ta mutaxassis chiqaruvchi – “Yengil sanoat texnologiya va jihozlari” va “Yengil sanoat muhandisligi” kafedralar hamda 2 ta umumiy xizmat ko‘rsatuvchi – “Ijtimoiy fanlar va sport” va “O‘zbek tili va tillarni o‘rgatish” kafedralaridan iborat bo‘lib, 150 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat olib boradi. 2025/2026-o‘quv yilida 1 nafar professor, 9 nafar dotsent, 28 nafar ilmiy darajali hamda 76 nafar professor-o‘qituvchilar talabalarga bilim berib kelmoqda. Fakultetning ilmiy salohiyati 30.8 foizni tashkil etadi.

Fakultetda bakalavriat yo‘nalishining kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllarida hamda magistratura mutaxassisliklarida olib borilib, 2025/2026-o‘quv yilida 1100 nafar talabalar kontingentiga ega.

“Yengil sanoat texnologiya va jihozlari” kafedrasi tarkibida 4 ta bakalavriat yo‘nalishi, 2 ta magistratura mutaxassisligi hamda 1 ta doktorantura ixtisosliklari mavjud. Xususan, bakalavriat yo‘nalishlari quyidagilar:

  • 60720700 - Yengil sanoat muhandisligi;
  • 60721400 - Yengil sanoat texnologiyalari va jihozlari (yigirish texnologiyasi);
  • 60721400 - Yengil sanoat texnologiyalari va jihozlari (to‘quvchilik texnologiyasi);
  • 60721300 - Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi (paxta)

         Magistratura mutaxassisligi quyidagilar:

  • 70720705 - Paxtani dastlabki ishlash va urug‘ tayyorlash texnologiyasi;
  • 70720703 – To‘qimachilik va yengil sanoat mahsulotlari materialshunosligi, ekspertizasi va sifat nazorati

Doktorantura ixtisosligi - 05.06.02 – To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish

“Yengil sanoat muhandisligi” kafedrasi tarkibida 3 ta bakalavriat yo‘nalishi, 3 ta magistratura mutaxassisligi hamda 3 ta doktorantura ixtisosliklari mavjud. Xususan, bakalavriat yo‘nalishlari quyidagilar:

  • 60721200 - Yengil sanoat buyumlarini konstruktsiyasini ishlash va texnologiyasi (tikuv buyumlari texnologiyasi);
  • 60721200 - Yengil sanoat buyumlarini konstruktsiyasini ishlash va texnologiyasi (charm buyumlarida innovatsion texnologiyalari);
  • 60721200 - Yengil sanoat buyumlarini konstruktsiyasini ishlash va texnologiyasi (trikotaj);

         Magistratura mutaxassisligi quyidagilar:

  • 70720701 - To‘qimachilik mahsulotlari texnologiyasi;
  • 70721204 - Tikuv buyumlari texnologiyasi va konstruksiyasini ishlash; 
  • 70210401 – Dizayn (kostyum dizayni)

         Doktorantura ixtisosligi quyidagilar:

- 05.06.02 – To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish;

- 05.06.03 - Teri, moyna, poyafzal va teri-galanteriya buyumlari texnologiyasi;

- 05.06.04 - Tikuvchilik buyumlari texnologiyasi va kostyum dizayni.

         “O‘zbek tili va tillarni o‘rgatish” kafedrasining professor-o‘qituvchilari tomonidan universitetning barcha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida “Xorijiy til”, “O‘zbek tili”,  “Rus tili”, “Akademik yozuv” kabi fanlardan dars mashg‘ulotlari olib boriladi.

         Ijtimoiy fanlar va sport” kafedrasining professor-o‘qituvchilari tomonidan universitetning barcha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari hamda magistratura mutaxassisliklarida “O‘zbekistonning eng yangi tarixi”, “Falsafa”, “Dinshunoslik”, “Jismoniy tarbiya va sport”, "Pedagogik mahorat va pedagogik texnologiyalar" va "Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi“ kabi fanlari yo‘naltirilgan holda o‘qitiladi.

Xalqaro hamkorlik

Yengil sanoat va to‘qimachilik fakultetida talabalar va o‘qituvchilarning akademik mobilligi, ta’lim-ishlab chiqarish integratsiyasi, ilmiy-innovatsion faoliyat, qo‘shma ta’lim dasturlarini joriy etish maqsadida nufuzli xalqaro ta’lim muassasalar bilan hamkorlik dasturlarini amalga oshirib kelmoqda. Xususan, Germaniya Dresden texnika universiteti, Tojikiston texnologiyalar universiteti, Qozog‘iston Milliy agrar universiteti, M.Auvezov nomidagi Janubiy-Qozog‘iston universiteti, Saken Seyfulin nomidagi Qozoq agrotexnik universiteti, Turkiya qishloq xo‘jaligida organik dehqonchilikni rivojlantirish ilmiy tadqiqot instituti, Turkiyaning “Ege” universiteti, Osh davlat universiteti, Osh texnologiyalari universiteti, Litva Kaunos texnologiya universiteti, Sankt-Peterbur politexnika universiteti kabi oliygohlar bilan mustahkam hamkorlik ishlari rivojlanmoqda.

Shuningdek, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi va Germaniya Federal Respublikasining “Gesamtmasche” Germaniya hamkorlik tashkilotining xalqaro mutaxassislari tomonidan to‘qimachilik, yengil sanoat va charm-poyabzal sohalari bo‘yicha “Sertifikat Oeko-Tex®” mavzusida hamkorlikda o‘quv seminarlar o‘tkazib kelinadi.

Ishlab chiqaruvchi yirik korxonalar bilan hamkorlik

Fakultetda tahsil olayotgan talabalarning sohaga oid bilimlarini mustahkamlash, amaliyot dasturlarini olib borish, kelgusida ish o‘rinlari bilan band qilish hamda ta’lim jarayonlarini ishlab chiqarishdagi muammolarning ilmiy yechimiga bog‘lagan holda tashkil etish, shuningdek, malakali mutaxassislar yetishtirib berish maqsadida respublika va viloyatda joylashgan yirik ishlab chiqaruvchi korxona, ilmiy-tadqiqot institutlari bilan manfaatli hamkorlik ishlari olib boriladi. Xususan, “Uzcharmsanoat” uyushmasi, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi, “Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari” ilmiy tadqiqot instituti, “O‘zpaxtasanoat” AJ, “O‘zbekiston Tabiiy tolalar ilmiy tadqiqot instituti”, “Agrosanoat majmuida xizmatlar ko‘rsatish” DUK, Farg‘ona viloyati agrokimyoviy tahlil markazi kabi hamkor tashkilotlar, shuningdek, “Global tekstil” to‘qimachilik klasteri, “Posco International Textile” MCHJ XK, “Indorama Kokand textile” QK, “A.Akbarali” MCHJ, “Ferghana Spinning” QK, “Bulut Textile” MChJ PTZ, “Xumo to‘qimachi” MCHJ, “Fergana Oceana” QK, “Quva tekstil” MCHJ, “Gigantes paxta qabul qilish maskani” tex klaster, “Qo‘qon paxta tozalash” AJ, “Uzwoolontex” MCHJ, “Farg‘ona paxta urug‘chiligi” MCHJ, “Lanmei” MCHJ xorijiy korxonasi, “Oltiariq baxmali” MCHJ, “Log Gigantes” MCHJ, “Hamza Expo Art” XK,  “Quva paxta qabul qilish maskani” tex klaster, “Beshariq to‘qimachi” MCHJ, “Team dress” korxonasi, “Vodiy shoes” korxonasi shular jumlasidan.

Dual ta’lim

Yengil sanoat va to‘qimachilik fakultetida talabalarning ma’ruza darslarida olgan nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamlash, ularni ishlab chiqarish jarayonlariga jalb qilish maqsadida viloyatimizdagi yetakchi ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlikda dual ta’lim tizimi yo‘lga qo‘yilgan.

Fakultetning bir qator yirik korxonalar bilan imzolagan o‘zaro hamkorlik memorandumlari asosida muntazam dual ta’lim mashg‘ulotlari tashkil etilgan. Jumladan, quyidagi korxonalarda malakali professor-o‘qituvchilar tomonidan amaliy va laboratoriya darslari o‘tilmoqda:

  • “Ferghana Global Textile” MCHJ
  • Farg‘ona viloyati Agroxizmatlar markazi
  • Marg‘ilon “Yodgorlik” MCHJ
  • “Innovative Apparel” MCHJ
  • “Kiyik Shoes” MCHJ
  • “Team Dress Ferghana” MCHJ, shuningdek, boshqa tarmoq korxonalari

Fakultetning 3- va 4-bosqich talabalari dars jadvaliga asosan ishtirok etib kelayotgan dual ta’lim jarayonida ishlab chiqarish muhitida zamonaviy texnologiyalar, sifat nazorati tizimlari, ilg‘or ishlab chiqarish liniyalari va amaliy jarayonlar bilan bevosita tanishib boradilar. Talabalar haftaning belgilangan kunlarida ishlab chiqarish korxonalarida professor-o‘qituvchilar hamrohligida amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarida qatnashib, o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha zarur ko‘nikma va malakalarni egallab borishmoqda.

Fakultetning o‘quv va o‘quv-ishlab chiqarish laboratoriyalari

Yengil sanoat va to‘qimachilik fakultetida talabalarning nazariy bilimlarini amaliy ko‘nikmalar bilan mustahkamlashga qaratilgan zamonaviy o‘quv va o‘quv-ishlab chiqarish infratuzilmasi shakllantirilgan. Fakultetda jami 23 ta o‘quv hamda o‘quv-ishlab chiqarish laboratoriya jihozlari mavjud bo‘lib, ular paxta tolasi, to‘qimachilik, teri-mo‘yna va charm-poyabzal, shuningdek, tikuvchilik yo‘nalishlari bo‘yicha faoliyat yuritadi.

“Yengil sanoat muhandisligi” kafedrasi laboratoriya bazasi

Mazkur kafedrada yo‘nalishlarning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, 16 ta zamonaviy laboratoriya jihozlari dars mashg‘ulotlariga jalb qilingan. Ular talabalar tomonidan charm-poyabzal, trikotaj va tikuv texnologiyalari bo‘yicha kasbiy kompetensiyalarni shakllantirishda keng qo‘llaniladi. Jumladan:

  • Xitoydan keltirilgan LAZER 1810T – charm va poyabzal materiallarini kesish hamda bezak berish uchun lazer texnologiyasi;
  • BURSOVKA SB6801 – teri chetlarini sherflash mashinasi;
  • Dublirin yopishtirish dastgohi – teri mahsulotlarining mustahkamligini oshirish uchun;
  • Ustunli platformali ikki ignali tikuv mashinasi – yuqori aniqlikdagi tikuv jarayonlari uchun;
  • Ignadonli trikotaj to‘quv dastgohi;
  • Tayyor trikotaj va tikuv mahsulotlarini ishlab chiqarishga mo‘ljallangan zamonaviy trikotaj to‘quv dastgohi.

Mazkur jihozlar yordamida talabalar charm-poyabzal, tikuvchilik va trikotaj yo‘nalishlarida ishlab chiqarish amaliyotiga yaqin sharoitlarda bilim olishlari, yangi konstruksiyalar yaratishlari hamda mahsulot sifatini baholash ko‘nikmalarini mustahkamlashlari mumkin.

“Yengil sanoat texnologiya va jihozlari” kafedrasi laboratoriya bazasi

Kafedrada yo‘nalishlar kesimidan kelib chiqib, dars mashg‘ulotlarida 7 ta o‘quv laboratoriya jihozlari faol qo‘llanilmoqda. Ular to‘qimachilik texnologiyalari, materialshunoslik, sifat nazorati va tolalar xossalarini o‘rganishga yo‘naltirilgan. Jumladan:

  • Hindistonda ishlab chiqarilgan Martindeyl uskunasi – gazlamalarning ishqalanish va pillalanishga chidamliligini aniqlash uchun;
  • Elektron g‘altak – iplarni tayyorlash jarayonlarida qo‘llaniladi;
  • SmartRub XT – gazlamalarda rangning mustahkamligi va ishqalanishga chidamliligini baholash uchun;
  • Ana Qalin – mato qalinligini yuqori aniqlikda o‘lchash uchun sensorli analog laboratoriya jihozi;
  • EleTwist – elektron ip buramasini tekshiruvchi uskuna;
  • Rolikli tola uzunligini tekshirgich – tolalarning fizik-me’yoriy xossalarini aniqlash uchun.

Kafedraning ushbu laboratoriya jihozlari talabalarga to‘qimachilik materiallari sifati, tolalar fizik xususiyatlari, ip-gazlama texnologiyalari bo‘yicha chuqur bilim va amaliy ko‘nikmalarni egallash imkonini yaratadi.

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti