![]() |
Kafedra mudiri Raxmonov Ortiq Komilovich. t.f.n., dotsent. Tel: 91 662 98 03. Qabul vaqti: seshanba - juma (08:00 - 16:00) Email: okomilovich1975@mail.ru |
KAFEDRA TARIXI
“Kimyo muhandisligi” kafedrasi 2025 yilgacha “Kimyo va Kimyoviy texnologiya” kafedrasi 2022 yilgacha “Kimyoviy texnologiya” nomi bilan yuritilgan. Kafedra 1981-yili “Noorganik moddalar texnologiyasi” nomi bilan tashkil topgan va “Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi” mutaxassisligi boʻyicha muhandis - kimyogar texnologlar tayyorlagan. 1999-yilda kafedra qoshida M522703 “Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi” va M522710 “Mineral oʻgʻitlar va tuzlar kimyoviy texnologiyasi” mutaxassisliklari boʻyicha magistratura bosqichi tashkil etilgan. 2011-yili 5111000-“Kasb taʼlimi” (Kimyoviy texnologiya) bakalabr taʼlim yoʻnalishi, 2016-yili kafedra negzida 5321300-“Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi” yoʻnalishi ochildi. 2022-yil Umumiy kimyo kafedrasi kafedraga qoʻshilgandan soʻng kafedra “Kimyo va Kimyoviy texnologiya” nomi bilan faoliyat yuritilgan. 2025 yildan “Kimyo muhandisligi” nomi bilan yuritila boshladi.
Xozirda kafedrada 60710100-“Kimyo muhandisligi”, 60710200-“Biotexnologiya” bakalavr taʼlim yoʻnalishlari boʼyicha kunduzgi va kechki, 60710100-“Kimyoviy texnologiya” sirtqi taʼlimi boʻyicha va 70710101-“Kimyoviy texnologiya” magistratura mutaxasisliklari boʻyicha saloxiyatli professor-oʻqituvchilar talabalarga umumkasbiy va ixtisoslikka yoʻnaltirilgan fanlar boʻyicha bilim berib kelishmoqda.
Kafedra faoliyati kimyo texnologiya sohasida “Kimyo muhandisligi” va "Biotexnologiya" yoʻnalishlari boʻyicha bakalavr muhandis-kimyogar texnolog kadrlar tayyorlashga yoʻnaltirilgan. Shu bilan birga universitet boʻyicha “Umumiy va noorganik kimyo” fanidan barcha talabalarga bilim berib kelishmoqda. Hozirda kafedrada zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar asosida ilgʻor oʻqitish usullarini keng foydalanilgan xolda darslar olib borilmoqda.
Kafedraga 2000-2001, 2007-2009-yillarda k.f.n., dots. S.R.Mirsalimova, 2002-2004-yillarda t.f.n., I.Gʻ.Mamirov, 2004-2007, 2009-2013-yillarda t.f.n., dots. B.S.Usmonov, 2013-2016-yillarda t.f.d. Sh.Sh.Xamdamova, 2016-2020-yillarda t.f.n. O.K.Raxmonov, 2020-2022-yillarda k.f.n. dots. S.R.Mirsalimova rahbarlik qilgan. 2022-yildan boshlab t.f.n. dots. O.K.Raxmonov kafedraga rahbarlik qilib kelmoqda.
Kafedrada fan va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash sohasiga katta eʼtibor berilgan boʻlib Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining “Umumiy noorganik kimyo” instituti olimlari bilan hamkorligida ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar. 2018-yilda Xamdamova Sh.Sh. (DSc) boʻyicha, 2019-yili Oriqova S.S. (PhD), Yoʻlbarsova M. (PhD), 2021-yilda Tojiev R.R. (DSc), Xoshimov A.A. (PhD), 2022-yilda Ergashev D.A. (DSc) boʻyicha, Karabaeva M.I. (PhD), boʻyicha, Tursunov Aʼzam Salimjon oʻgʻli (PhD), boʻyicha, 2023-yili Mirzaeyv N.A. (PhD), doktorlik ishlarini OʻzFA Umumiy va noorganik kimyo institutida va 2019-yili Eminov Sh.O. (PhD) boʻyicha doktorlik ishini Islom Karimov nomidagi TDTU “Fan va taraqqiyot” DUKda, 2023-yili Davlyatova Z.M. (PhD), boʻyicha doktorlik ishini TKTI da, 2024 yili Yuldashev X.X (PhD) boʻyicha doktorlik ishini FDTU qoshidagi Ilmiy Kengashda muvoffaqiyatli ximoya qilishdi.
Kafedrada bugungi kunda OʻzRFA Umumiy va noorganik kimyo institutida, Mamataliyv N., Xoshimov Sh., Xoshimov I., FDTU doktoranturasida MIrzaolimov A., Tojimamatova M., Sobirov M.,Nomonjonov M., Xakimov F., Umaralieva M., Xokimov A., Karimov D., Sultonov B.lar ilmiy tadqiqot faoliyatlarini olib borishmoqda.
Kafedrada “Fargʻonaazot” AJ va “FNQIZ” bilan xamkorlikda Kafedra filiali tashkil etilgan boʻlib, bu yerda talabalar nazariy olgan bilimlarini amaliy mustaxkamlab bormoqdalar. Filialdagi muammolarga asoslangan xolda magistrlik dissertasiyalari, bitiruv malakaviy ishlari hamda kurs loyixalari mavzulari tuzilgan.
Kafedrada iqtidorli talabalar bilan ishlashga aloxida axamiyat berilmoqda. Kafedrada olib borilayotgan ITIga iqtidorli talabalar va magistrlar jalb etilgan. Kafedrada faoliyat yuritayotgan “Yosh kimyogar texnologlar” va “Kimyogar” toʻgaragida yoʻnalishning 100 dan ortiq talabalari ishtirok etmoqdalar.
Kafedra professor-oʻqituvchilari tomonidan 20 dan ortiq darslik, oʻquv qoʻllanmalar va monografiyalar tayyorlanib chop etilgan.
Shu bilan birga kafedraning professor-oʻqituvchilari “Bo‘lajak olim”, “Olima ayollar” tanlovi, 92-tur amaliy loyixalar, ERASMUS+CBHE JEAN MONE, TUBITAK bilan hamkorlikda қўшма ilmiy loyixaлар, Ўзбек+Хитой қўшма лойихаларида faol ishtirok etib kelmoqdalar.
BAKALAVRIAT
60710100-Kimyoviy texnologiya
60710200-Biotexnologiya
MAGISTRATURA
70710101-Kimyoviy texnologiya
KAFEDRADA OʻQITILADIGAN FANLAR:
Bakalavriat:
- Noorganik moddalar ishlab chiqarish uskunalari va loyihalash
- Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi
- Mineral oʻgʻitlar tehnologiyasi
- Kalsinirlangan soda olish texnologiyasi
- Nitrat kislota ishlab chiqarish texnologiyasi
- Kimyoviy ishlab chiqarish energotexnologiyasi
- Sulfat kislota ishlab chiqarish texnologiyasi
- Asosiy texnologik jarayon va qurilmalar
- Kimyoviy texnologiya asoslari
- Polimerlar kimyoviy texnologiyasi
- Fizik kimyoviy tahlil usullari
- Fizik va kolloid kimyo
- Spirt ishlab chiqarishning zamonaviy texnologiyasi
- Minerologiya, kristallografiya va kristallokimyo asoslari
- Neft va neft gazni qayta ishlash texnologiyasi
- Kimyoviy texnologiyaning maxsus boblari
- O‘simliklar biotexnologiyasi
- Bioenergiya asoslari
- Biogaz ishlab chiqarish texnologiyasi
- Biotexnologiya asoslari
- Organik kimyo
- Umumiy kimyoviy texnologiya
- Analitik kimyo
- Kimyo
- Umumiy va noorganik kimyo
Magistratura:
- Ilmiy tadqiqot metodologiyasi
- Eksperimental rejalashtirish
- Modellashtirish va loyihalash tizimlari
- Noorganik moddalar ishlab chiqarish nazariyasi va innovatsion texnologiyalari
- Noorganik tuzlar tarkibi va xossalarining tahlili
- Sodali mahsulotlar ishlab chiqarish nazariyasi va tehnologik hisoblari
- Tuzlar tizimining grafik tahlili
- Zamonaviy fizik-kimyoviy tahlil usullari
- Sanoat texnologiyalari va innovatsiyalar
- Bog’langan azot ishlab chiqarish nazariyasi va innovatsion texnologiyalari
KAFEDRA PROFESSOR-OʻQITUVCHILARI
|
1 |
Raxmonov Ortiq Komilovich |
Kafedra mudiri |
91-662 98 03 |
|
2 |
Mirsalimova Saodat Rahmatjanovna |
Professor |
90-272 57 94 |
|
3 |
Kodirova Dilshodxon Tulanovna |
Dotsent |
93-641 02 97 |
|
4 |
Polvonov Xurshid Madaminovich |
Dotsent |
91-109 75 98 |
|
5 |
Ortiqova Safiya Saidmambievna. |
Dotsent |
97-664 25 52 |
|
6 |
Eminov Sherzod Olimjonovich |
Dotsent |
90-806 92 98 |
|
7 |
Davlyatova Zulfiya Murotovna |
I/D Katta oʻqituvchi |
93-975 10 47 |
|
8 |
Karabaeva Muslima Iftixorovna |
I/D Katta oʻqituvchi |
97-271 90 12 |
|
9 |
Mirzayev Navruzbek Abdullayevich |
I/D Katta oʻqituvchi |
91-152 29 20 |
|
10 |
Yuldashev Hayot Xurmatovich |
I/D Katta oʻqituvchi |
91-397 43 86 |
|
11 |
Abdullajonov Xolmadjon |
Katta oʻqituvchi |
91-660 78 88 |
|
12 |
Mamajonova Rashida Toʻxtashevna |
Katta oʻqituvchi |
90-535 87 79 |
|
13 |
Bozorov Abdurasul Abdusamadovich |
Katta oʻqituvchi |
93-484 25 47 |
|
14 |
Mirzaev Dilshod Mirzaxalimovich |
Katta oʻqituvchi |
90-230 54 84 |
|
15 |
Absarova Dilrabo Kamronovna |
Katta oʻqituvchi |
90-230 11 04 |
|
16 |
Abdullaeva Masoxat Abdulborievna |
Katta oʻqituvchi |
91-329 39 04 |
|
17 |
Tojimamatova Muqaddam Yormuxammadovna |
Katta oʻqituvchi |
91-675 80 74 |
|
18 |
Omonova Maxfuza Sodiqovna |
Katta oʻqituvchi |
91-657 62 03 |
|
19 |
Xaydarov Azamjon Asqarovich |
Katta oʻqituvchi |
93-972 09 88 |
|
20 |
Abdisamatov Elmurodjon Dilmurodovich |
Katta oʻqituvchi |
93-647 77 10 |
|
21 |
Abidova Mamura Alisherovna |
Katta oʻqituvchi |
91-127 00 15 |
|
22 |
Kosimova Xafizaxon Xolmatovna |
Assistent |
99-439 77 81 |
|
23 |
Mirzaolimov Akmaljon Nabievich |
Assistent |
93-483 63 65 |
|
24 |
Ibragimov Farhodjon Abduboqi oʻgʻli |
Assistent |
94-391 77 71 |
|
25 |
Tojiev Ergashali Axadovich |
Assistent |
90-408 86 33 |
|
26 |
Turdiboev Ilxomjon Hayotjon oʻgʻli |
Assistent |
91-131 17 67 |
|
27 |
Mirzaxoʻjaeva Nazokat Nuriddin qizi |
Assistent |
97-208 77 50 |
|
28 |
Masobirova Dilnoza Isroil qizi |
Assistent |
91-118 50 55 |
|
29 |
Omonboeva Gulzoda Botirjon qizi |
Assistent |
93-185 52 27 |
|
30 |
Turqʼunboyv Rasuljon Tulkinjon oʻgʻli |
Assistent |
99-999 87 69 |
|
31 |
Raximbekov Qaxramon Anvar oʻgʻli |
Assistent |
94-292 69 29 |
|
32 |
Yusupov Ilyos Usmonbek oʻgʻli |
Assistent |
90-583 29 30 |
|
33 |
Abdullayev Saidakbar Saʼdull oʻgʻli |
Assistent |
93-733 01 20 |
KAFEDRADA BAJARILAYOTGAN DAVLAT VA CHET EL GRANTLARI (FUNDAMENTAL, AMALIY VA INNOVATSION LOYIHALAR), XOʻJALIK SHARTNOMALARI ROʻYXATI
- “Texnogen chiqindilar asosidagi qoʻshimchalar yordamida qurilish gipsi xossalarini yaxshilash usullarini ishlab chiqish”
- “Mahalliy ohaktosh va dolomit qoʻshimchali eksportga moʻljallangan modifikatsiyalangan ammiakli selitra texnologiyasini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish”
- “Modifikatsiyalangan ammiakli selitrasini ishlab chiqish hamda eksport va amaliyotga joriy qilish”
- “Ammiak ishlab chiqarishdagi ishlatilgan katalizatorni qayta ishlab mis va boshqa rangli metallar ajratib olish texnologiyasini ishlab chiqish”
- “Mahalliy bog’lovchilar va sanoat chiqindilari asosida issiqlik izolyatsiyalovchi qurilish materiali ishlab chiqarish texnologiyasi ishlab”
- “Tog’ toshidan defoliant olish texnologiyasini yaratish”
- “Real vaqt rejimida suvdagi uranni aniqlash uchun lantan-evropiy-azot bilan qo‘shilgan uglerod kvant nuqtalaridan foydalangan holda qog‘oz asosli sensor ishlab chiqish va smartfon monitoringini yaratish”
KAFEDRANING ILMIY-USLUBIY ISHLARI:
- X.M.Polvonov “Ixtisoslikka kirish” fanidan oʻquv qoʻllanma. Fargʻona. “Namangan Poligraf Press” MCHJ bosmaxonasi. 2025-yil.
- X.M.Polvonov “Mineral oʻgʻitlar texnologiyasi” fanidan darlik Fargʻona. “Namangan Poligraf Press” MCHJ bosmaxonasi. 2025-yil.
- Sh.O.Eminov “Silikatlar umumiy texnologiyasi” fanidan oʻquv qoʻllanma Fargʻona. “Namangan Poligraf Press” MCHJ bosmaxonasi. 2025-yil.
- “Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi (amaliy mashgʻulot)” fanidan uslubiy koʻrsatma. Fargʻona 2025-y. Muallif: Tojmamatova M.
- “Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi (laboratoriya)” fanidan uslubiy koʻrsatma Fargʻona 2025-y. Muallif: Tojmamatova M.
- “Sulfat kislota ishlab chiqarish texnologiyasi (maʼruza)” fanidan maʼruzalar kursi Fargʻona 2025-y. Muallif: Polvonov X.
- “Kimyoviy texnologiyaning nazariy asoslari (amaliy mashgʻulot)” fanidan uslubiy koʻrsatma Fargʻona 2025-y.Muallif: Polvonov X.
- “Asosiy texnologik jarayonlar va qurilmalari” fanidan maʼruzalar kursi Fargʻona 2025-y.
Muallif: Davlyatova Z. - “Fizik kimyoviy tahlilning zamonaviy usullari” fanidan uslubiy koʻrsatma Fargʻona 2025-y.Muallif: Mirzaolimov A.
- “Mineral oʻgʻitlar texnologiyasi” fanidan uslubiy koʻrsatma Fargʻona 2025-y.
Muallif: Ibragimov F. - “Mineralogiya, kristallografiya va kristall asoslari” fanidan maʼruzalar kursi Fargʻona 2025-y. Muallif(lar): Bazarov A, Omonboyeva G.
- “Kompozitsion materiallar ishlab chiqarish texnologiyasi (amaliy mashgʻulot)” fanidan uslubiy koʻrsatma Fargʻona 2025-y. Muallif(lar): Eminov Sh., Ibragimov F.
- “Silikatlar umumiy texnologiyasi (amaliy mashgʻulot)” fanidan uslubiy koʻrsatma Fargʻona 2025-y.Muallif: Eminov Sh.
KAFEDRA PROFESSOR-OʻQITUVCHILARI VA ILMIY IZLANUVCHILARINING CHOP ETILGAN MAQOLALARI ROʻYHATI:
Skopus maqolalar.
1. Kh. Kh. Yuldashev, E. Yu. Liberman, Yu. N. Mansurov, B. S. Kleusov, T. V. Konkova, A. V. Naumkin, and V. N. Grunskiy Synthesis, Thermal Stability, and Catalytic Activity of Ce0.72Zr0.18Pr0.1O2 – δ Nanodispersed Solid Solution in CO Oxidation Reaction Inorganic Materials: Applied Research, 2025, DOI: https://doi.org/10.1134/S2075113324701284
2. Chemisty of single phosphoric fertilizers from acid-activated phosphorite. International Conference on Physical Research & Engineering Technology Problems – PRETP 2024. 03.10.2024 y.173-179 pp. Scopus indexed end Q4 Journal, Ortikova.S., Мirsalimova S. R., Kodirova D.T., Abidova M.A. Masobirova D.I.
3. Наноструктуры WS 2 –ZnO для фотоэлектрохимической генерации водорода. Кахрамон Рахимбеков, Йоханнес Потгитер*, Дамир Валиев, Владимир Ан, Анна Блинова, Наталья Усольцева, Алексей Пустовалов, Максим Василевичев, Александра Платонова, Сергей Степанов, Дмитрий Кокотов, и Владимир Сыпченко. ACS Прикладные энергетические материалы 2024 , 7 , 21 , 9756-9765 (Статья).Открытый доступ. Дата публикации (Интернет) : 30 октября 2024 г.
E3S Web of Conferences, 2024
1. Chemical innovations in fertilizer production using Central Kyzylkum phosphorites Available to Purchase Gulzoda Omonbayeva, Botirjon Usmanov, Muborak Khamrakulova, Barno Sattarova, Nafisa Kadirova Journal: AIP Conference Proceedings AIP Conf. Proc. 3304, 040016 (2025) https://doi.org/10.1063/5.0270938
KAFEDRA PROFESSOR-OʻQITUVCHILARI TOMONIDAN QILINGAN PATENT VA AVTORLIK GUVOHNOMALAR ROʻYHATI:
- Xokimov A.E., Eminov A.M., Kadirova Z.R., Mirsalimova S.R., Mirzayev N.A., Kalbayev B.A., Xomidov F.G‘. “G‘isht ishlab chiqarish uchun keramik massa”. IAP 20240716. 27.01.2025
- Xokimov Abdulaziz Ergashali o‘g‘li “Gaz hajmi kamayganda ajralgan issiqlik miqdorini hisoblash” mavzuida № DGU 47130 (28.01.2025 y.)
- Eminov Sherzod Olimjonovich “Avagadro qonuni” mavzusiga dastur № DGU 23348 (18.01.2025-yil)
- Mirzaolimov A.N., Ibragimov F.A. “Kislota saqlagichlar hisobi” mavzusiga dastur № DGU 51520 (28.05.2025-y.)
- Ibragimov F.A. Mirzaolimov A.N., “Erishning integral issiqligini topish” mavzusiga dastur № DGU 51379 (26.05.2025-y.)
- Tursunov A.S., Raxmonov O.K. “Qattiq oltingugurtni eritish va filtrlash bo‘limi moddiy hisoblari” mavzusiga dastur № DGU 52577 (16.06.2025-y.)
- Davlyatova Z.M., Tojimamatova M.Yo. “Tahlil qilinadigan moddani titrlash usullari” mavzusiga dastur № DGU 50399 (05.05.2025-yil.)
- Tojimamatova M.Yo., Davlyatova Z.M. “Magnezial bog`lovchi tarkibini taxminiy xisoblari” mavzusiga dastur №DGU 51066 (19.05.2025-yil.)
KAFEDRANING RIVOJLANISHIDAGI HAMKORLIKLAR:
- Tomsk politexnika universiteti (Rossiya);
- Belgrad davlat texnologiyalar universiteti (Rossiya);
- Novosbirsk davlat texnika unversiteti (Rossiya)
- Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi “Umumiy va noorganik kimyo” instituti
- I.A.Karimov nomli Toshkent davlat texnika universiteti “Fan va taraqqiyot” DUK
KAFEDRANING RIVOJLANISHIDAGI SOHA KORXONALARI BILAN HAMKORLIKLAR:
- “FARGʻONAAZOT” AJ;
- "FNQZ” MCHJ;
- “Quvasoy sement” AJ;
- “Qoʻqon spirt”AJ;
- “Quvasoy kvars” AJ
- “Andijon neft”AJ
- “Uz Dong Ju Penit Ko”
- “Yaypan gips” MChJ
- “Shoʻrsuv sement” MChJ
- “Turon eco cement group” MCHJ
- “Singlida” sement MChJ.
- "FERGANA GLOBAL TEXTILE" MChJ
- "GOLDEN VALLEY FASTENERS" MCHJ
- "FERGHANA FRANCE" MCHJ
- "MARG`ILON FIRDAVS SERVIS" MCHJ
