Davlyatov Shoxrux Muratovich 1989-yil 15-fevralda Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahrida tug‘ilgan. Millati - oʻzbek. Oliy maʼlumotli, 2010-yilda Farg‘ona politexnika institutini tugatgan. Texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). O‘zbek, rus, ingliz tillarida erkin muloqot qila oladi. 70 dan ortiq ilmiy maqolalari 15 dan ortiq nufuzli xorijiy jurnallarda chop etilgan. 3 ta monografiya, 3 ta darslik, 3 ta o‘quv qo‘llanma, 10 ta o‘quv-uslubiy ishlari, 1 ta foydali model patenti, 8 ta EHM dasturlar uchun guvohnomalarga ega bo’lgan. O‘zbekiston Respublikasi Innovasion rivojlanish vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, “O‘zstandart” agentligi, “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasining qoshida tashkil etilgan Qurilish materiallari sanoati ilmiy-texnikaviy kengashi a’zosi. Mehnat faoliyati davomida 2021- yil aprel oyida Farg‘ona politexnika instituti qurilish fakulteti dekani, 2024-yil iyun oyidan institut Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori lavozimida faoliyat yuritmoqda.
Mehnat faoliyati:
|
2006 - 2010 yy. |
Farg‘ona politexnika instituti talabasi |
|
2010 - 2012 yy. |
Toshkent arxitektura qurilishi instituti magistranti |
|
2012 - 2015 yy |
Farg‘ona politexnika instituti bino va inshootlar qurilishi kafedrasi assistenti |
|
2015 - 2018 yy. |
Toshkent arxitektura qurilish instituti qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalari texnologiyasi kafedrasi katta ilmiy xodim-izlanuvchisi |
|
2018 - 2019 yy |
Farg‘ona politexnika instituti bino va inshootlar qurilishi kafedrasi katta o‘qituvchisi |
|
2019 - 2021 yy. |
Farg‘ona politexnika instituti bino va inshootlar qurilishi kafedrasi mudiri |
|
2021 - 2024 yy. |
Farg‘ona politexnika instituti qurilish fakulteti dekani |
|
2024 yil iyun oyidan hozirgi kungacha |
Farg‘ona politexnika instituti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektor
|