Abituriyentga eslatma



Abituriyentga eslatma

Ikkinchi mutaxassislikka hujjatlar qabuli boshlandi

Oliy ta’lim muassasalariga ikkinchi va undan keyingi ta’lim olish uchun hujjat topshirish bo’yicha video yo’riqnoma

HD FORMATDA SIFATLI KO‘RISH (https://youtu.be/Xx8ANi7zFtY )

Qabul kvotalarini sayt orqali ko’rish ( https://yqqedu.uz/140 )

Respublikadagi davlat oliy taʼlim muassasalariga ikkinchi va undan keyingi oliy maʼlumot boʻyicha oʻqitishga nomzodlardan arizalar Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining ikkinchitalim.edu.uz platformasi orqali onlayn qabul qilinadi.

▪️Bunda nomzodlar platformada:
-oʻzining pasport maʼlumotlari, JSHSHIR maʼlumoti haqida axborotlarni kiritadi;
-diplom va uning ilovasining elektron nusxasini yuklaydi;
hamda oʻqish istagini bildirgan oliy taʼlim muassasasi va taʼlim yoʻnalishini tanlaydilar.

Bunda, xorijiy davlatlar ta’lim muassasalarining 1992-yil 1-yanvardan keyin berilgan diplomlari belgilangan tartibda nostrifikatsiyadan o‘tkazilgan bo‘lishi lozim.

Ikkinchi va undan keyingi oliy maʼlumot boʻyicha oʻqitish toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Arizalar 10-avgustga qadar qabul qilinadi.

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti