|
Educational objectives of the EP |
60730400 - Muhandislik kommunikatsiyalari qurilish va eksplutatsiyasi bakalaviriat ta'lim yo'nalishi - fan va texnika sohasidagi yo‘nalish bo‘lib, qurilish sohasida muhandislik tizimlarini rivojlantirishga, istiqbolini belgilashga, kasbiy ko'nikmaga, mutasaddilik qobiliyatiga yo'naltirilgan inson faoliyatining vositalari, uslublari hamda sanoat, jamoat, turar-joy ob'ektlarini muhandislik tarmoqlarini energiya samarali loyihalash va ushbu loyihala natijalarini amalda qo‘llash, issiqlik, gaz ta'minoti, ventilyatsiya va havoni konditsiyalash, suv bilan ta'minlash va oqova suvlarini oqizish tizimlarini qurish, montaj qilish, qayta tiklash, ekspluatatsiya qilish, sohani rivojlantirish, istiqbolini belgilash bilan bogʻliq kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi. |
|
The objects of professional activity of bachelor in EP BА 60730400 - Construction and Installation of Engineering Communications (by types) are: |
- bino va inshootlar qurilishida mehnat faoliyatini tashkil etish; - sanoat va fuqaro binolarini muhandislik tarmoq loyihalarini bajarish va tuzilgan loyiha natijalarini amalda qo‘llash; - mehnatga haq to‘lash uchun ajratilgan mablag‘lardan foydalanish samaradorligini hisoblash; - mehnat unumdorligini oshirish imkoniyatlarini aniqlash; - mehnatni moddiy rag‘batlantirish va muhofaza qilish; - ish vaqti sarfini kuzatish; - bino va inshootlarning texnik holatini baholash; - bino va inshootlarning texnik ekspluatatsiyasini tashkil etish; - sanoat va fuqaro binolarini muhandislik tarmoqlarini texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashni tashkil etish; - energiya samarali muhandislik tizim loyihalarini ishlab chiqish.
|
|
Requirements or the professional competence of bachelor in the educational program BA 60730400 - Construction and Installation of Engineering Communications (by types) |
muhandislik kommunikatsiya tizimlarini loyihalash, bunyod etish va ekspluatatsiya qilish, ushbu jarayonlarini tashkil qilish va boshqarish kompetensiyalari va ko‘nikmalariga ega bo‘lish; turar joy, jamoat va sanoat binolarida issiqlik ta'minoti, gaz ta'minoti, ventilyatsiya va havoni konditsiyalash, suv ta’minoti, kanalizatsiya tizimlarini loyihalash va ulardan foydalanish va montaj qilishni bilish; ishlab chiqiladigan loyihalar va texnik hujjatlarni, topshiriqlar, standartlar, me’yorlar, texnik shartlar va boshqa ijro hujjatlariga muvofiq kelishini ta’minlash; muhandislik kommunikatsiya tizimlari va jihozlariga texnik xizmat ko‘rsatish va ta'mirlashni bilish; turar-joy, jamoat va sanoat binolarining muhandislik kommunikatsiyalarida texnik hujjatlarni (ishlarni bajarish grafiklari, yo‘riqnomalar, rejalar, smetalar, material va jihozlarga buyurtmalar) tuzishni bilish; muhandislik kommunikatsiya tizimlarini boshqarishda zamonaviy axborot texnologiyalari tizimini yaratish va ulardan foydalanish bilan bog‘liq texnologik jarayonlari monitoringi va sifatini baholash uslublari va mexanizmlarini ishlab chiqishni bilish; axborot texnologiyalari tizimini yaratish va ulardan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlab chiqarish jarayonlari monitoringi va sifatini baholash metodlari va mexanizmlarini ishlab chiqish ko‘nikmalariga ega bo‘lish.
|
|
Professional responsibilities of BA 60730400 - Construction and Installation of Engineering Communications (by types) |
ob’ektlarni tayyorlash va tadqiqot usullarini o‘zlashtirish; berilgan metoddan foydalangan holda laboratoriya tadqiqotlarida ishtirok etish; texnik vositalar va ish usullarini tanlash, ustida ishlash, eksperimental qurilmalarda ishlash; jihozlarni tayyorlash; zamonaviy kompyuter texnologiyalari yordamida olingan ma'lumotlarni tahlil qilish; berilgan mavzu bo'yicha ilmiy ma'ruzalar va bibliografik ro'yxatlar tuzish; yangi uslubiy yondashuvlarni ishlab chiqishda ishtirok etish; ilmiy hisobotlar, sharhlar, nashrlar, patentlar tayyorlashda ishtirok etish, konferentsiyalar tashkil etish; Respublika va xorijda chop etilgan muhandislik kommunikatsiyalari texnologiyalariga oid ilmiy-texnik axborotlarning ilmiy manbalarini oʻrganish; ilmiy-tadqiqot institutlari va markazlarda soha bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirishda qatnashish; sohani zamonaviy boshqarish tizimini ta'minlash borasidagi muammoli mavzular bo‘yicha axborotlarni yig‘ish, qayta ishlash, tahlil qilish va tizimlashtirish ishlarini amalga oshirish; muhandislik kommunikatsiya tizimlarini yaratishda va amaliyotga tatbiq etishda, yangi mashinalar va avtomatlashtirilgan tizimlarni sinovdan o‘tkazishda zarur bo‘lgan tashkiliy ishlarda ishtirok etish; ilmiy-tadqiqot natijalarini va ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etishda ishtirok etish. mamlakatdagi va xorijiy davlatlardagi fan-texnika yutuqlari, maxsus adabiyotlar va boshqa ilmiy-texnik axborotlarni o‘rganish va tizimlashtirish; internet tarmog‘ida eng yangi ilmiy yutuqlar haqidagi ma'lumotlarni maqsadga yo‘nalgan holda qidirish va topish; ilmiy-tadqiqot ishlanmalarini tayyorlash, soha adabiyotlari ekspertizasini amalga oshirishda qatnashish; Tashkiliy-boshqaruv faoliyatida: qurilish ob'ektlarida usta (master), ish yurituvchi (prorab) bo‘lib ishlash, qurilish, ishlab chiqarishining texnologik jarayonlarini bajarish va maromiga yetkazish; turli qurilish ob'ektlarida muhandislik kommunikatsiya tizimlarining texnologik jarayonlarning hisobiy–texnologik xaritalarini tuzish va qo‘llash; qurilishda qo‘llaniladigan muhandislik kommunikatsiya materiallari va uskunalarining sifatini nazorat qilish; muhandislik kommunikatsiya tizimlarini loyihalash, qurish va foydalanishda namunaviy texnologik jarayonlarini ishlab chiqish va ularni amalda qo‘llash; muhandislik kommunikatsiya tizimlarini qurilishi va tizimlardan foydalanish jarayonlarida texnologik intizomga rioya qilinishini nazorat qilish; turar-joy, jamoat va sanoat binolari qurilishida texnologik intizomga rioya qilinishini nazorat qilish; turar-joy, jamoat va sanoat binolarining muhandislik kommunikatsiyalarida texnik hujjatlarni (ishlarni bajarish grafiklari, yo‘riqnomalar, rejalar, smetalar, material va jihozlarga buyurtmalar) tuzish; ilmiy va amaliy faoliyatda avtomatlashtirilgan tizimlarning instrumental vositalari va muhitlarini rivojlantirish va ulardan foydalanish; turar-joy, jamoat va sanoat binolarini muhandislik kommunikatsiya tizimlari va jihozlarini montaj qilish, sozlash, sinash va foydalanishga topshirish qoidalari va texnologiyasini bilishi; turar-joy, jamoat va sanoat binolarining muhandislik kommunikatsiya tizimlari va asbob-uskunalarning texnik holatini tekshirish va qoldiq resursini baholash usullarini egallagan bo‘lishi; muhandislik kommunikatsiya tizimlari va jihozlarini montaj qilish, sozlash, sinash va foydalanishga topshirish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishni tashkil etish; ishlab chiqarish jarayonlarining atrof-muhit muhofazasi, yongʻin, texnika va mehnat xavfsizligi talablariga mosligini monitoring qilish; kasbga oid muammolarning yechimlarini amaliyotga tatbiq etish; bajarayotgan faoliyati boʻyicha ish rejasini tuzish va uni bajarish, nazorat qilish va amalga oshirgan ishining natijalarini baholash. Loyihaviy-konstruktorlik faoliyatida: Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohalarida muhandislik kommunikatsiya tizimlarini loyihalash borasida tasavvurga ega bo‘lishi; turar-joy, jamoat va sanoat bino va inshootlarini issiqlik va issiq suv ta'minoti, suv ta'minoti, gaz ta'minoti, ventilyatsiya va havoni konditsiyalash tizimlarini loyihalash; muhandislik kommunikatsiya tizimlarini va uskunalarini avtomatlashtirilgan loyihalashning standart vositalaridan foydalangan holda hisoblash va konstruktsiyalash; loyihaviy va ishchi texnik hujjatlarini tayyorlash, yakunlangan loyihaviy-konstruktorlik ishlarini rasmiylashtirish; ishlab chiqiluvchi loyihalar va texnik hujjatlarni vazifalar, standartlar, me'yorlar, texnik shartlar va boshqa ijro hujjatlariga muvofiq kelishini ta'minlash; loyihaviy va dasturiy hujjatlarni ishlab chiqish; amaliyotda axborot texnologiyalarning xalqaro va kasbiy standartlarini, zamonaviy uslublarini, instrumental va hisoblash vositalarini tayyorgarlik ixtisosligiga mos ravishda qoʻllash. Axborot-tahliliy faoliyatida: Loyihalar samaradorligini baholash; axborot-tahlil faoliyati natijalari boʻyicha hisobot tayyorlash; boshqaruv qarorlarining samaradorligini baholash.
|
|
Curriculum for Bachelor’s 60730400 - Construction and Installation of Engineering Communications (by types). |
|||||||||||||||||||||||||
|
Learning Outcome Matrix –Modules to EP BA 60730400 - Construction and Installation of Engineering Communications (by types). |
|||||||||||||||||||||||||
|
Module Handbooks
|
Compulsory modules |
Elective modules |
|||||||||||||||||||||||
|
|
|||||||||||||||||||||||||