
Kafedrada tarkibidagi yo‘nalishlar to‘g‘risida ma’lumot
Metrologiya va standartlashtirish yo‘nalishi – o‘lchashlar nazariyasi, usullari va vositalarini, shuningdek, mahsulotlar sifati, xavfsizligi va ishonchliligini ta’minlash uchun standartlar, texnik reglamentlar va sertifikatlashtirish jarayonlarini o‘rganadi. Ushbu yo‘nalish bo‘yicha mutaxassislar ishlab chiqarishda o‘lchovlarning aniqligi, etalonlar tizimi, sifatni nazorat qilish, xalqaro standartlarga moslikni ta’minlash hamda texnologik jarayonlarni metrologik jihatdan qo‘llab-quvvatlash bilan shug‘ullanadilar.
Metrologiya va standartlashtirish yo‘nalishini tamomlagan talabalar keng ko‘lamdagi sohalarda faoliyat yuritishlari mumkin. Ular asosan mahsulotlar sifatini, xavfsizligini va o‘lchovlarning aniqligini ta’minlash bilan shug‘ullanadigan korxona va tashkilotlarda ishlaydi.
Bitiruvchilar quyidagi yo‘nalishlarda ish topishlari mumkin:
- Davlat metrologiya xizmati va standartlashtirish organlari (O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, metrologiya institutlari, sertifikatlashtirish markazlari).
- Sanoat korxonalarida (energetika, kimyo, mashinasozlik, qurilish materiallari, oziq-ovqat, neft-gaz va boshqa tarmoqlar) metrologik ta’minot va sifat nazorati bo‘limlarida.
- Ilmiy-tadqiqot institutlari va laboratoriyalarda (o‘lchash texnologiyalari, yangi standartlar ishlab chiqish va tekshirish).
- Xalqaro va milliy sertifikatlashtirish markazlarida (ISO standartlari, sifat menejmenti tizimlari).
- Oliy ta’lim muassasalarida (metrologiya va standartlashtirish fanlaridan o‘qituvchi sifatida).
Yo‘nalish bitiruvchilari sifat nazorati, o‘lchovlar aniqligi, sertifikatlashtirish va standartlashtirish sohalarida yuqori malakali mutaxassis sifatida faoliyat yuritishadi


Biotibbiyot muhandisligi — bu biomeditsina va muhandislik fanlari kesishmasida rivojlangan yo‘nalish bo‘lib, inson salomatligini saqlash va yaxshilash uchun tibbiy texnika, asbob-uskunalar, datchiklar, diagnostika va davolash qurilmalari, shuningdek, biomateriallar va axborot texnologiyalarini yaratish va qo‘llashni o‘rganadi.
Ushbu yo‘nalish mutaxassislari:
- tibbiy qurilmalarni loyihalash va konstruksiyalash,
- biotibbiyot signallari va ma’lumotlarini qayta ishlash,
- sun’iy organlar va implantatlar yaratish,
- tibbiyotda zamonaviy texnologiyalarni joriy etish,
- tibbiy axborot tizimlarini ishlab chiqish va qo‘llash bilan shug‘ullanadilar.
Biotibbiyot muhandislari — shifokorlar va texnologlar o‘rtasida ko‘prik bo‘lib, sog‘liqni saqlash sohasida ilg‘or muhandislik yechimlarini yaratadilar.


KAFEDRA TARKIBI
Kafedra mudiri:
t.f.f.d. (Phd), dotsent Sotvoldiyev Xusniddin Ibragimovich
Ilmiy darajali professor-o‘qituvchilar:
t.f.f.d. (Phd), professor v.b. Nurdinova Raziyaxon Abdixalikovna
t.f.f.d. (Phd), dotsent v.b. Mamasodikova Nodira Yusubjonovna
t.f.f.d. (Phd), dotsent Ismoilov Ma’murjon Muxtorovich
p.f.f.d. (Phd), dotsent Obidov Jamshidbek G‘ayratjon o‘g‘li
t.f.f.d. (Phd), dotsent v.b Topvoldiyev Abduqaxor Abduqodir o‘g‘li
Katta o‘qituvchilar:
Madmarova Umida Abdukarimovna
Boymirzaev Anvarjon Raxmonaliyevich
Ergashov Qaxramon Mixailovich
Alixonov Elmurod Jamoldinovich
Ibroximov Jasurbek Maxamatovich
Rustamov Umidjon Soibovich
Assistentlar:
Isroilova Saodatxon Xabibullo qizi
Xasanov Ibrohimjon Yaxyojon o‘g‘li
Mamatov Akmaljon Abduqahhor o‘g‘li
Erkaboyev Abrorjon Xabibullo o‘g‘li
Kafedra xodimlari:
Laboratoriya mudiri Mirzayeva Zulfiya Isakdjanovna
Laborant Dadajonova Dilorom Muydinjon qizi
Laborant Muzafarova Nilufarxon Akramjon qizi
Bakalavr ta’lim yo‘nalishlari (kunduzgi, kechki, sirtqi):
60710800 – Metrologiya va standartlashtirish
60711100 – Biotibbiyot muhandisligi
Magistratura mutaxassisligi:
70710801 – Mahsulotlar xavfsizligi va ularning sertifikatsiyasi
70710802 - Metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish
Kafedra fanlari
- Biologik va tibbiyot tizimlarida boshqaruv
- Biomaterialshunoslik
- Biotibbiyot datchiklari
- Biotibbiyot intellektual o‘lchov texnikasi
- Biotibbiyot maxsulotlari ishlab chiqarish texnologiyasi
- Biotibbiyot signallari tahlili va ishlov berish
- Biotibbiyot signallarini qayta ishlash
- Biotibbiyot sxemalari
- Biotibbiyot texnikasini konstruksiyalash va loyihalash asoslari
- Biotibbiyotda axborot o‘lchov texnikasi
- Elektron tibbiyot qurilmalariga servis xizmat ko‘rsatish
- Etalonlarni hosil qilish va uzatish tizimlarining ilmiy asoslari
- Eksperimentni rejalashtirish
- Eksperimentni tashkil etish va rejalashtirish
- Fan va texnikada o‘lchashlar noaniqligi
- Fiziologik nazorat tizimlari
- Ilmiy tadqiqot metodologiyasi
- Implantatlar, sun'iy organlar va inson organlarini o‘rnini bosuvchi qurilmalar
- Industry 4.0 uchun aqlli standartlashtirish
- Intellektual o‘lchash asboblari
- Ishlab chiqarishning metrologik ta’minoti
- Kattalik etalonlari va birliklar o‘lchamini uzatishning ilmiy asoslari
- Kvalimetriya va sifatni baholash asoslari
- Kvalimetriya va sifatni boshqarishning nazariy asoslari
- Kvant metrologiyasi va aniq o‘lchovlar
- Lazerlarni tibbiyotda qo‘llanilishi
- Mahsulot sifati nazorati
- Mahsulotlar xavfsizligi va sifat menejmenti
- Maxsulot sifatini nazorat qilishni radiatsion usullari va asboblari
- Metrologiya asoslari
- Metrologiya va standartlashtirish
- Meyoriy va texnikaviy xujjatlarning nazorati
- Muvofiqlikni baholash asoslari
- Normal va patologik anatomiya
- O‘lchash asboblarini konstruksiyalash
- O‘lchash asboblarini modellashtirish
- O‘lchash qurilmalari, elementlari va ularni konstruksiyalash
- O‘lchash natijalarini qayta ishlashning nazariy asoslari
- O‘lchash usullari va vositalari
- O‘lchashlaming fizikaviy asoslari
- O‘lchov vositalarini qiyoslash va kalibrlash
- Qurilma va tizimlarni dasturlash
- Raqamli metrologiya va standartlashtirish
- Rentgen tashxis qo‘yish qurilmalari
- Sanoat texnologiyalari va innovatsiyalar
- Sifat boshqaruvida xalqaro menejment tizimlari
- Sifatni boshqarishda statistik usullar
- Sifatni nazorat qilishning elektromagnit usullari
- Sifatni nazorat qilishning optik va radiotoʼlqinli usullari
- Standartlar va me'yoriy-texnik hujjatlarni ishlab chiqish texnologiyasi
- Standartlashtirish asoslari
- Standartlashtirish va texnik jixatdan tartibga solish tizimlarining sifatni boshqarishdagi o‘rni
- Sxemotexnika
- Texnik jihatdan tartibga solish asoslari
- Tibbiy asbob-uskunalar tarmoqlari
- Tibbiy texnik tizimlar va qurilmalar diagnostikasi
- Tibbiyot qurilmalari, uskunalari, tizimlari va komplekslari
- Tibbiyot texnikalarining elementlari va qismlari
- Tibbiyot texnikasining xavfsizligi va ishonchliligi
- Tibbiyot texnikasi va texnologiyalari
- Tibbiyotdagi zamonaviy texnologiyalar
- Tovarlarning sifat ekspertizasi
- Xujjatlar ekspertizasi
- Xujjatlarning ekspertizasi
- Yo‘nalishga kirish
- Zamonaviy fizik-kimyoviy tahlil usullari
Kafedraning ilmiy va o‘quv-uslubiy ishlari haqida ma’lumot
Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan bugungi kungacha 30 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlanmalar yaratilgan. Shular jumlasidan 6 ta darslik, 17 ta o‘quv qo‘llanma va 9 ta monografiya chop etilgan.
Kafedra olimlari tomonidan 2 ta ixtiro patenti (2023-yil 27-iyunda №IAP 07432 – “Optoelektron namlik datchigini kalibrlash uchun qurilma”, 2024-yil 6-dekabrda №IAP 7883 – “Namlik datchiklarini kalibrlash uchun qurilma”), 1 ta foydali model va 62 ta EHM dasturlari uchun guvohnoma olingan.
Xalqaro ilmiy bazalardagi ko‘rsatkichlarga ko‘ra, Scopus va Web of Science platformalarida chop etilgan maqolalari asosida kafedrada ikki nafar o‘qituvchi h-indeksi 5, bir nafar o‘qituvchi h-indeksi 3, yana ikki nafar o‘qituvchi h-indeksi 2 ga ega.
Kafedra professor-o‘qituvchilari O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan e’lon qilingan amaliy, innovatsion, fundamental va startap loyihalarda faol qatnashib kelmoqdalar.
Xususan:
- Dotsent J.G‘. Obidov O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va Vengriya Innovatsiya va texnologiya vazirligi hamkorligidagi xalqaro qo‘shma tanlov doirasida “Gazobeton va penobeton ishlab chiqarish va kesish majmuasi” mavzusidagi moliyalashtirilgan loyiha ishtirokchisi.
- Dotsent N.Y.Mamasodiqova, assistentlar A.X.Erkaboyev va A.A.Mamatov esa “Разработка концепции и создание инновационного производства медицинских изделий для остеосинтеза в Республике Узбекистан” mavzusidagi moliyalashtirilgan loyiha ishtirokchilari hisoblanadi.