Oziq-ovqat texnologiyasi va xavfsizligi



 

KAFEDRA MUDIRI:

XAMRAKULOV ZOHIDBEK ABDUSAMADOVICH

Qabul vaqti:   Dushanba-juma (14.00-16.00)

Telefon: +998 93 736 00 06

 

 
 

“Oziq-ovqat texnologiyasi va xavfsizligi” kafedrasida “Ilmiy va innovatsion” hamda reyting faoliyati bo‘yicha olib borilayotgan ishlarning natijadorligi to‘g‘risida ma’lumot.

“Oziq-ovqat texnologiyasi va xavfsizligi” kafedrasida 2025-2026 o‘quv yilida 29 shtat birligi mavjud. Shundan 4 nafari fan doktori (DSc) professorlar, 9 nafari fan nomzodi va falsafa doktorlari (PhD)  dotsentlar, 7 nafari katta o‘qituvchi, 1 nafari ilmiy darajali assistent hamda 8 nafari assistentlar o‘quv mashg‘ulotlari olib borishmoqda. Kafedra bo‘yicha ilmiy salohiyat 50,0%.

Asosiy shtatdagi professor-o‘qituvchilar soni

Katta o‘qituvchi va assistentlar

Xorijiy

professor-o‘qituvchilar

soni

Shundan, ichki o‘rindosh professor-o‘qituvchilar

Tashqi o‘rindosh professor-o‘qituvchilar

Ilmiy salohiyat (%)

Jami shtat

Fan doktorlari, (DSc)

Falsafa fanlari

doktori, (PhD)

Fan nomzodlari va PhD

29

4

7

2

16

-

3,75

-

50,0%

Kafedrada 6 ta bakalavr ta’lim yo‘nalishi 60720100 – Oziq-ovqat texnologiyasi, 60810700 – Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash tenologiyasi, 60720200 – Parfumeriya-kosmetika mahsulotlari   texnologiyasi, 60810400 – Agronomiya, 60720500 – Funksional ovqatlanish va bolalar mahsulotlari texnologiyasi, 60720400 – Konservalash texnologiyasi shuningdek, 2 ta magistratura mutaxassisligi 70720101 – Oziq-ovqat xavfsizligi, 70810701 – Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash tenologiyasi faoliyat olib boradi. Kafedra yo‘nalishlari va mutaxassisliklarida 783 nafar (bu raqamda sirtqi ta’lim shaklda o‘qiyotgan talabalar ham bor) talaba tahsil oladi. Shundan 1 - kurs 254 ta, 2 - kurs 85 ta, 3 - kurs 195 ta talaba, 4 - kurs 156 ta hamda 5 - kursda 59 nafar talaba tahsil olmoqda.

Kafedrada 3 ta 02.00.17 – Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari (Texnika fanlari, Kimyo-fanlari, Biologiya fanlari), 02.00.09 – Tovarlar kimyosi (Kimyo fanlari, Texnika fanlari) hamda 06.01.01 – Umumiy dexqonchilik. Paxtachilik ixtisosliklari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Shundan 1 ta ixtisoslikda 3 nafar doktorant o‘z ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishmoqda. 2026 yil uchun ushbu ixtisosliklarga 3 nafar tayanch doktoriant va 1 nafar stajyor tadqiqotchilik uchun takliflar berilgan.

2024-2025 o‘quv yili davomida 2 nafar tadqiqotchilar dissertatsiya ishlarining himoya qilgan. 2025-2026 yilda 1 nafar tadqiqotchining dissertatsiya himoyasi o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

O‘quv yili

Himoya qilgan dissertatsiyalar soni

Oliy ta’limdan keyingi ta’lim instituti (2026 yil uchun)

Jami

Fan doktorlari, (DSc )

Falsafa fanlari

doktori,

(PhD)

Doktorantura, (DSc )

Tayanch doktorantura, (PhD)

Stajyor tadqiqotchilik

2024-2025

2

0

2

-

3

1

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Kafedra tomonidan Farg‘ona viloyati hududi muammolariga qaratilgan amaliy va innovatsion loyihalar hamda ishlab chiqarish korxonalari bilan tuzilgan hamkorlik shartnomalar doirasida jami 5 ta loyiha 12 ta xo‘jalik shartnomalari bajarilmoqda. Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 57 ta loyiha tayyorlandi va tanlovlarga topshirildi.

Loyiha turi

Loyiha soni

Soni

Summasi, mln. so‘m

1

Ilmiy-tadqiqot doirasida

3

1 653 900 000

2

Xalqaro qo‘shma loyihalar doirasida (O‘zbekiston+Turkiya)

1

2 170 000 000

3

Hamkorlik doirasidagi loyihalar (Qo‘shtepa tumani)

1

208 000 000

4

Universitetning “Innovatsiya jamg‘armasi” tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar

10

80 000 000

5

Xo‘jalik shartnomalari

10

151 000 000

 

JAMI

 

4 262 900 000

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Ilmiy-tadqiqot ishlarining natijalari asosida kafedra professor-o‘qituvchilar tomonidan 2024-2025 o‘quv yili davomida halqaro va republika ilmiy jurnallarida jami 64 ta, shundan, respublika miqyosida jami 41 ta, xalqaro jurnallarda  20 ta, Scopus ma’lumotlar bazasidagi jurnallarda 5 ta, Web of Science ma’lumotlar bazasidagi jurnallarda 18 ta ilmiy maqolalar va tezislar chop etildi. Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan xalqaro va mahalliy anjumanlarida jami 96 ta tezis chop etilgan.

Institut professor-o‘qituvchilar Web of Science ma’lumotlar bazasida h indeksi 3 dan yuqori bo‘lganlar 1 nafarni tashkil etmoqda. Scopus va Web of Science ma’lumotlar bazasidagi anjumanlarda 18 ta tezis chop etilgan.

O‘quv yili

Scopus

Scopus va Web of Science ma’lumotlar bazasidagi anjumanlarda 18 ta tezis chop etilgan

Maqolalar soni

Iqtibosliklar soni

Tezislar soni

Iqtibosliklar soni

2024-2025

5

5

18

-

2024-2025 o‘quv yilida jami 1 ta xalqaro ilmiy-texnik anjuman o‘tkazildi. Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan respublika va xorijiy nashrlarda jami 7 ta ilmiy monografiyalar chop etildi. Joriy yilda Adliya vazirligi huzuridagi intelektual mulk agentligi tomonidan 19 ta axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga oid dasturlar va elektron bazalari uchun mualliflik guvohnomalari olindi.

Professor-o‘qituvchilar tomonidan chop etilgan ilmiy-uslubiy ishlar (soni)

Ilmiy maqolalar

Mualliflik huquqi bilan himoyalangan turli materiallar

Xorij va respublika ilmiy jurnallarida

Xorij va respublika anjumanlarida

Xalqaro ko‘rsatkichlar ma’lumotlariga ko‘ra ilmiy maqolalarga iqtiboslik

Patentlar

Dasturiy guvohnoma

M

X

M

X

1.

41

20

65

31

1850

1

19

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Kafedrada ilg‘or muxandislik maktabini yanada rivojlantirish maqsadida, hududning rivojlangan yirik ishlab chiqarish korxonalaridan bo‘lgan meva va meva mahsulotlaridan turli salqin ichimliklar va vino ishlab chiqaruvchi “Ferghana France” MShJ, kuniga 120 tonna donni qayta ishlovchi “Baraka un” AJ, zamonaviy texnologiyalar asosida meva-sabzovotlardan quritilgan mevalar-sabzavotlar ishlab chiqaruvchi “Ilyasov” MChJ, 20 dan ortiq yog‘-moy ishlab chiqaruvchi «Muslim Oil» MShJ, salqin ichimliklar ishlab chiqariuvchi “Ansar” MCHJ, 30 ortiq sut va sut mahsulotlari ishlab chiqaruvchi “Sadaf” MCHJ, konserva mahsulotlar ishlab chiqaruvchi “Optimal Impuls” MChJ hamda undan zamonaviy mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar “Rashidon yog‘dusi” MCHJ va “Navbahor” MChJlar bilan doimiy hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. 15 dan ortiq memerandumlar imzolangan. Asosiy hamkor tashkilotlarda kafedraning filiallari tashkil etiligan.

2024-2025 o‘quv yilida 60720100 – Oziq-ovqat texnologiyasi,
60720500 – Funksional ovqatlanish kabi ta’lim yo‘nalishlaridan jami
319 nafar 3-4 kurs talabalar “Spirt ishlab chiqarish texnologiyasi” va
“Oziq-ovqat texnologiyasi asoslari” hamda “Oziq-ovqat ishlab chiqarish jarayonlari va qurilmalari” fanlaridan, “Muslim-OIL” MChJ da
“Yog‘-moymahsulotlarini saqlash va qadoqlash”, “Yog‘larni qayta ishlash” fanlaridan “Farg‘ona don non” MChJ da “Makaron mahsulotlar texnologiyasi”, “Non mahsulotlar texnologiyasi” fanlaridan, shuningdek, “Konservalash texnologiyasi” va “Oziq-ovqat xavfsizligi” fanlaridan dual ta’limga yo‘naltirildi.

Dual ta’lim mashg‘ulotlari unversitetning rasmiy kanalida doimiy yoritib borildi (https://t.me/ferpolitech/12432 hamda @farpiyoshlar).

Kafedraning hamkor tashkilotlari

Hamkor ishlab chiqarish korxona nomi

1

“Ferghana France” mas’uliyati cheklangan jamiyat

2

“Ansar” mas’uliyati cheklangan jamiyat

3

«Risq” mas’uliyati cheklangan jamiyat

4

«Optimal impuls» mas’uliyati cheklangan jamiyat

5

«ILYASOV» mas’uliyati cheklangan jamiyat

6

«Farg‘ona yog‘ moy» Aksiyadorlik jamiyati

7

«Qo‘qon biokimyo» Aksiyadorlik jamiyati

8

“Farg‘onadon” Aksiyadorlik jamiyati

9

“Sadaf” mas’uliyati cheklangan jamiyat

10

«Risq” mas’uliyati cheklangan jamiyat

11

“Muslim OIL” mas’uliyati cheklangan jamiyat

12

«Asakadonmahsulotlari» Aksiyadorlik jamiyati

13

«Nabaxor” mas’uliyati cheklangan jamiyat

14

“Navbahor” mas’uliyati cheklangan jamiyat

15

“Shukur Davlat” ko’p tarmoqli fermer xo’jaligi

16

“Quva don” mahsulotlari Aksiyadorlik jamiyati

17

“Fergana eco Fruct” mas’uliyati cheklangan jamiyat

18

“Ferghana agro Valley” mas’uliyati cheklangan jamiyat

19

«Xushbo’y Cold» mas’uliyati cheklangan jamiyat

20

«Fer Feed» mas’uliyati cheklangan jamiyat

“OOT va X” kafedrasi mudiri                                        Z.A.Xamrakulov
 

 

Turkiya Respublikasining Ege universiteti hamkorligida "Oziq-ovqat texnologiyasi va xavfsizligi" kafedrasi jamoasining "Respublikamizda baliqchilik sanoatini jahon talablariga muvofiq rivojlantirish va baliq mahsulotlarini xorijga eksport qilish salohiyatini oshirish uchun IPRS texnologiyasini joriy etish" loyihasi g‘olib deb topilib moliyalashtirishga tavsiya etildi.Loyihaning umumiy moliyaviy hajmi 2179 000 000- ikki milliard bir yuz yetmish to‘qqiz million so‘mni tashkil etadi.Xalqaro loyiha doirasida zarur moddiy-texnik vositalarni olish, nufuzli jurnallarda maqolalar, patentlar, magistrlik, PhD va DSc dissertatsiyalari tayyorlash, xalqaro stajirovkalar olib borish rejalashtirilgan.

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti