Bo‘limning ish xususiyatlari
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi “Ijro intizomini mustaxkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 12-sonli, “O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo‘yicha normativ hujjatlarni tasdiqlash haqida”gi 140-sonli Qarori asosida ish olib boriladi.
- Farg‘ona davlat texnika universitetdaida ish yuritish va hujjatlar bilan ishlash hamda ularning bajarilishi ustidan nazoratni tashkil qilish bo‘yicha Yo‘riqnoma mavjud.
Ish yuritish jarayonini tashkil qilish va mazkur Nizomga rioya qilish nazoratini Devonxona mudiri amalga oshiradi. Mazkur Yo‘riqnomaga binoan hujjatlar bilan ishni tashkil qilish masalalariga doir bo‘lgan uning ko‘rsatmalari universitet barcha xodimlari uchun majburiyligi belgilab qo‘yilgan.
- Farg‘ona davlat texnika universitetdaga kelayotgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari, farmonlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarori va farmoyishlari, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining buyruq va modemogrammalari, Viloyat va shahar hokimligidan hamda boshqa tashkilot va korxonalardan kelayotgan so‘rov xatlarining bajarilishi yuzasidan “edo.ijro.uz”tashkil etilgan.
Bo‘lim ish tartibi:
- universitetda ish yuritish ishlarini olib borish va takomillashtirish;
- universitetga kiruvchi hujjatlarning to‘g‘ri hisobga olinishini, o‘z vaqtida qayd etilishi va ijrochilarga to‘shirilishini, jo‘natiluvchi hujjatlarning to‘g‘ri rasmiylashtirilishini ta’minlash;
- universitetga keluvchi hujjatlarni qabul qilib olish, ularni “edo.ijro.uz” platformasiga kiritish;
- Universitetdan chiqayotgan hujjatlarni rasmiy blankalarga rasmiylashtirish va jo‘natish;
- Rektorning ko‘rsatmasiga muvofiq hujjatlarni ijro etish uchun yuborish;
- Rektor (prorektor) imzosi bilan jo‘natiluvchi hujjatlar qayd etilib, to‘g‘ri rasmiylashtirilganligini tekshirish;
- Devonxonada “XDFU” grifli hujjatlarni qabul qilish, ro‘yxatga olish va ularni saqlash;
- universitet xodimlarini daxldor farmoyish hujjatlari bilan tanishtirib borish;
- Ish yuritish va hujjatlar aylanmasi bo‘yicha yagona elektron tizim ma’lumotlar bazasi orqali kelib tushayotgan hujjatlar va topshiriqlarni avtomatik tarzda olish va ularni tegishli manzilga yetkazish;
- universitet bo‘limlari va ish yuritish xizmati xodimlari ishlarini nazorat qilish, ularga uslubiy ham amaliy yordam berish;
- Maqsadli-me’yoriy hujjatlar almashinuvini tashkil etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqish, joriy qilish va texnik vositalardan samarali foydalanish;
- Devonxona xodimlari xizmat lavozimlari yo’riqnomasini ishlab chiqish va ularning malakalarini oshirib borishni tashkil etish;
- universitetda xizmat safariga keluvchilar va universitetdan xizmat safariga boruvchilar hujjatlarini belgilangan tartibda rasmiylashtirib, ro‘yxatga olishni ta’minlash;
- Ishlar nomenklaturasini tuzish;
- Farg‘ona davlat texnika universitetda O’zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, Hukumat qarorlari, farmoyishlari, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi buyruqlarining ijrosini ta’minlash.
Bog‘lanish uchun ma’lumot:
Tel: +99890-562-11-02,73-241-13-29
E-mail:info@fstu.uz fdtu@exat.uz