
|
Oripov Jasurbek Ikromjon o'gli Qabul vaqti: Seshanba-payshanba (14:00-16:00) Telefon:+998943093933 E-mail: joripov19@gmail.com
|
Yengil sanoat muhandisligi” kafedra tarixi
1976-yilda «Maishiy xizmat ko‘rsatish mashina va apparatlari» kafedrasi tashkil etilgan bo‘lib, Markaziy Osiyoda aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalari uchun oliy malakali muhandis-mexaniklar tayyorlab beruvchi yagona mutaxassisligi kafedrasi hisoblangan.“Maishiy xizmat ko‘rsatish mashina va apparatlar” mutaxassisligi birinchi qaldirg‘ochlar muhandis – mexaniklar 1977-yilda bitirib chiqishgan. Kafedrada laboratoriyalar, kabinetlar va geleopoligon maydoni kafedrani birinchi mudiri dots. P.R.Fayziev boshchiligida tashkil etilgan.
1976-2012 yillar ichida kafedraning yosh o‘qituvchilari Sh.Yuldashev, S.F.Ergashev, T.M.Fozilov, E.Sharofiddinov, A.Jabborov, A.A.Nuridinov, Yu.Q.Ergashevlar Moskva texnologiya, Kaunas politexnika va Toshkent to‘qimachilik institutlarida maqsadli aspiranturalarda o‘qib, texnika fanlari nomzodlik darajalarini olishgan.
Kafedra professor- o‘qituvchilari tomonidan 1976-yildan 2012-yilga qadar “Maishiy xizmat ko‘rsatish mashina va apparatlari”, 1994-yildan 1999-yilga qadar “To‘qimachilik sanoati mashina va apparatlari” mutaxassisliklari bo‘yicha jami 1097 ta oliy malakali muhandis-mexaniklar tayyorlangan. 2003-yilda esa “Transport vositalarini ishlatish va ta'mirlash”, Kasb ta'limi (Yengil sanoat mahsulotlari texnologiyasi) yo‘nalishlari tashkil etilgan.
1999-2000 o‘quv yilidan bakalavriatga o‘tish munosabati bilan “Metallar texnologiyasi” kafedrasi “To‘qimachilik va yengil sanoat mashina va apparatlari” kafedrasi bilan birlashtirilib “Mashinalarni ta’mirlash va materiallar texnologiyasi” kafedrasi tashkil qilingan.
Kafedrani 1976-1990 yilgacha dots. P.R.Fayziev, 1990-1993 yilgacha dots. Sh.Quldashev, 1993-2001 yilgacha dots. X.M.Axmadjonov, 2001-2002 yilgacha dots. A.E.Sotvoldiev, 2002-2008 yillar davomida t.f.n., dotsent Yu.Ergashev, 2008 – yilda kat.o‘qit.t.f.n. A.G‘.Abduraxmonov, 2009-yilda kat.o‘qit. R.Qodirov, 2009-2018 yillar davomida katta o‘qituvchi M.Turdiyev, 2018-2021 – yillar davomida t.f.d. professor G.N.Valiyev, 2021-2022 yillarda t.f.f.d. PhD V.Xomidov kafedraga rahbarlik qilishgan. Hozirgi kunda kafedra mudiri lavozimida t.f.f.d. PhD I.J.Oripov faoliyat olib bormoqda.2021 yildan 2025-yilgacha kafedra “Yengil sanoat buyumlari texnalogiyasi” nomi bilan yuritilgan.Farg‘ona politexnika institut Farg‘ona davlat texnika univeristetiga aylanganligi munosabati bilan kafedra nomi ham o’zgarib hozirgi kunga kelib “Yengil sanoat muhandisligi” hamda bakalavriat, magistratura va doktorantura mutaxassisliklari bo‘yicha talabalar o‘qitilmoqda.
BAKALAVRIAT
- 60721200-Yengil sanoat buyumlarini konstruktsiyasini ishlash va texnologiyasi (tikuv buyumlari texnologiyasi )
- 60721200-Yengil sanoat buyumlarini konstruktsiyasini ishlash va texnologiyasi (charm buyumlarida innovatsion texnologiyalari)
- 60721200-Yengil sanoat buyumlarini konstruktsiyasini ishlash va texnologiyasi (trikotaj)
MAGISTRATURA
- 70721204- Tikuv buyumlari texnologiyasi va konstruktsiyasini ishlash
- 70720701- To‘qimachilik mahsulotlari texnalogiyasi
Doktorantura
- 05.06.02 –To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish
KAFEDRADA O‘QITILADIGAN FANLAR:
Bakalavriat:
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Magistratura:
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
KAFEDRADA PROFESSOR-O‘QITUVCHILAR
|
Kafedra mudiri |
|
Kafedra professori |
|
Kafedra dotsent |
|
Katta o‘qituvchi |
|
Katta o‘qituvchi |
|
Katta o‘qituvchi |
|
Katta o‘qituvchi |
|
Assisent |
|
Assisent |
|
Assisent |
|
Assisent |
|
Assisent |
|
Assisent |
|
Assisent |
|
Assisent |
|
Assisent Assisent |
|
Assisent |
|
Assisent |
|
Assisent |
|
Assisent |
|
Assisent |
|
Assisent |
|
Assisent |
KAFEDRADA FAOLIYAT OLIB BORUVCHI O‘RINDOSH PROFESSOR-O‘QITUVCHILAR:
- Maqsudov Soxruxmirzo Abdulhami o‘g‘li-dotsent
- Nabidjonova Nargiza Nasimjonovna- texnika fanlari doktori
- Xomidjonov Abror Olimjon o‘g‘li-katta o‘qituvchi Pdh
- O‘ralov Lazizbek Sayibnazar o‘g‘li-kattao‘qituvchi
Ishchi xodimlar
- Rizayeva Feruza Azimjon qizi-laboratoriya mudiri
- Madaminova Mastura Abduvasiyevna- laborant
YST fakulteti Ilmiy mavzusi
1. Qishloq xoʻjaligi, toʻqimachilik va yengil sanoatda resurstejamkor innovatsion texnologiyalar
Yengil sanoat buyumlari texnologiyasi kafedrasi qoshidagi ilmiy maktab mavzusi
1. Toʻqimachilik va yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishda resurstejamkor innovatsion texnologiyalar
Valiyev Gulam Nabidjanovichning ilmiy maktabi
Ilmiy maktab mavzusi: Toʻqimachilik va yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishda resurstejamkor innovatsion texnologiyalar
Fargʻona politexnika instituti “Yengil sanoat va toʻqimachilik” fakulteti “Yengil sanoat buyumlari texnologiyasi” kafedrasi qoshidagi “Toʻqimachilik va yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishda resurstejamkor innovatsion texnologiyalar” ilmiy maktab faoliyati haqida ma’lumot
1. Ilmiy maktab rahbari: Valiyev Gulam Nabidjanovich, tugʻilgan yili – 1959-yilda tugʻilgan, texnika fanlari doktori (2019-yil, Toshkent), katta ilmiy hodim (2012-yil). 2002 - 2020-yillarda bir qancha ilmiy-texnik va innovatsiya loyihalarida ilmiy rahbar va mas’ul ijrochi sifatida ishtirok etgan. 2021 - 2023-yillarda rahbarligida doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar tomonidan 4-ta texnika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyalari tayyorlanib himoya qilingan, shogirdlaridan (Xomidov V.O., Tuychiyev I.I., Oripov J.I., Turdiyev M.). 2 ta monografiya va 300 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar muallifi, shulardan 200 dan ortigʻi Oʻzbekiston Respublikasi, Italiya, Turkiya, Bolgariya, Germaniya, Hindiston, Qozogʻiston va Rossiya davlatlarining turli ilmiy toʻplamlari va ilmiy-texnik nashrlarida chop etilgan, ihtirolar va foydali modellar uchun 46 patent va mualliflik guvohnomalari olgan. Ilmiy sohasi - toʻqimachilik oʻramalarini shakllantirish jarayoni nazariyasi; toʻqimachilik materiallari texnikasi va texnologiyasi; matolar assortimenti; toʻqimachilik xom ashyosidan oqilona foydalanish muammolari. Ihtirochilik boʻyicha oʻtkazilgan Respublika tanlovida “Chuvishga yaroqsiz boʻlgan pillalarni qayta ishlash uchun dastgoh”ga 2011-yili “Eng yaxshi foydali model uchun” nominatsiyasi boʻyicha va “Kalava iplarni bobinaga qayta oʻrash mashinasi”ga 2012-yili “Eng yaxshi ixtiro uchun” nominatsiyasi boʻyicha sovrinli oʻrinlar olingan va diplomlar bilan taqdirlangan.
2. Ilmiy maktabning ilmiy yoʻnalishi nomi: Toʻqimachilik va yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishda resurstejamkor innovatsion texnologiyalar.
3. Ilmiy maktabning tarkibi: t.f.d., k.i.h. Valiyev G.N., 4 ta (PhD) doktorlari (Xomidov V.O., Tuychiyev I.I., Oripov J.I., Turdiyev M.), 2 ta mustaqil izlanuvchilar (Yakubov N.J., Abdullayev M.M.) va 1 ta doktorant (Dadajonova M.Q).
4. Ilmiy maktabda Ilmiy seminar, Ixtisoslashgan kengash tashkil qilinganligi, ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash: FarPI Kengashi tomonidan tasdiqlangan “Toʻqimachilik va Yengil sanoat texnologiyalari” Ilmiy seminari haftaning shanba kunlari soat 8-00 doimiy faoliyat yuritadi. Ilmiy maktab rahbari Oʻzbekiston tabiiy tolalar ilmiy tadqiqot instituti Ilmiy Kengashi a’zosi, OʻzR OAK Rayosatining 2023-yil 05-maydagi 337/3-sonli qaroriga asosan Namangan muxandislik-texnologiya instituti huzurida tashkil etilgan 05.06.02- Toʻqimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish ixtisosligidan texnika fanlari boʻyicha falsafa doktori ilmiy darajasini beruvchi PhD.03/30.12.2019.Т.66.01 raqamli Ilmiy Kengash a’zosi. Oxirgi 5-yilda Ilmiy maktab a’zolaridan 4 ta PhD fan doktorlari himoya qilishgan.
5. Ilmiy maktabning institut, respublika va xorijiy mamlakat olimlari bilan aloqalari, ilmiy maktabning respublika va xorijiy olimlar tomonidan tan olinganligi: Institutning tadbiqiy mexanika, oliy matematika, fizika, tabiiy tolalar, texnologik mashinalar va jixozlar, qishloq xoʻjalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi, chizma geometriya va muxandislik grafikasi, intellektual muxandislik tizimlari va boshqa kafedra olimlari bilan muntazam ilmiy fikrlar almashib turiladi. Respublikamizning TTESI, TDTU, TATU, And MI, Nam MTI, Buxoro MTI, Jizzax PI va Oʻz FA ning Mexanika instituti, “Paxta sanoat ilmiy markazi” AJ, Oʻzbekiston tabiiy tolalar ilmiy tadqiqot instituti, Oʻzbekiston ipakchilik ilmiy tadqiqot instituti, Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti (professorlar Alimova X.A., Daminov A.D., Alimbayev E.Sh., Jumaniyazov Q.J., Gulamov A.E., Djurayev A.D., Mardonov B.M., Ergashov M., Mukimov M.M., Tashpulatov S.Sh., Nigmatova F.U., Axunbabayev O.A., Axmedov J.A., Aripdjanova D.U., Siddikov P.S., Kadirova D.N., Nabiyeva I.A., Muradov R.M., Xoliqov Q.M., Ergashev J.S., Sarimsakov O.Sh., Nabidjanova N.N., Umarov Sh.R., Nasirillayev B.U., Tashkuziyev M.M.), Rossiya (professorlar Plexanov A.F., Kareva T.Yu., Rudovskiy P.N.), Ozorbayjon (professorlar Veliyev F.A., Shukyurlu Yu.G.), Tojikiston (professor Ishmatov A.B.), Qozogʻiston, Qirgʻiziston olimlari bilan hamkorlik mavjud.
6. Ilmiy maktabning samaradorligi: ilmiy maqolalari, oʻquv qoʻllanma va monografiyalari, ilmiy-texnik loyihalari, ilmiy konferensiyalari: Scopus, Web оf Sciense, RINS va boshqa nufuzli bazalarda 20 dan ortiq maqolalar chop etilgan, 2 oʻquv qoʻllanma va 5 monografiyalar yaratilgan, ixtirolar va foydali modellar uchun 46 patent va mualliflik guvohnomalari olingan. 2016-2020-yillarda 4 ta ilmiy-texnik va innovatsiya loyihalari bajarilgan. 2023 yil 26-27-aprel kunlari «Toʻqimachilik va yengil sanoatda ilmhajmdor innovatsion texnologiyalar va dolzarb muommolar yechimi (TOʻQIMACHILIK VA YENGIL SANOAT – 2023)» mavzusida 1 ta Xalqaro ilmiy konferensiya oʻtkazilgan.
7. Ilmiy maktabning nufuzli jaxon ma’lumotlar bazalaridagi iqtiboslik indeksi yoki Xirsh indeksi: G.N.Valiyev - iqtiboslik indeksi 309, h-indeks 12, i10-indeks 14.
Yengil sanoat buyumlari texnologiyasi kafedrasi professor-o‘qituvchilarining Mahalliy grantlarga loyihalari to‘g‘risida
MA’LUMOT
|
№ |
Loyiha rahbari, gurux a’zolari |
Loyiha rahbarining ish joyi va lavozimi |
Loyiha tanlovi va loyiha nomi |
|
1 |
Valiyev G.N. Xomidov V.O. Toshpulatov I.A. Turdiyev M. Oripov J.I. Abdullayev M. Yakubov N. Valiyev N. Dadajonova M. Nizomova B. Raxmonova M. Xalilova D. |
FarPI, YESBT kafedrasi, professor |
Ilmiy texnikaviy loyixa
“Tabiiy ipakdan yangi turdagi to‘qimalar va ularni ishlab chiqarish takomillashtirilgan resurstejamkor texnologiyasini yaratish”.
|
|
2 |
Valiyev G.N. Abdullayev M. Xomidov V.O. Toshpulatov I.A. Turdiyev M. Oripov J.I. Yakubov N. Valiyev N. Dadajonova M. Nizomova B. Raxmonova M. Xalilova D. |
FarPI, YESBT kafedrasi, professor |
Innovatsion loyixa
“Yangi raqobatbardosh sochiqbop to‘qimalar turlarini yaratish va ularni ishlab chiqarish innovatsion texnologiyalarini joriy etish”. |
|
3 |
Xomidov .V. O Yakubov N. Valiyev G.N. Turdiyev M. Oripov J.I. Mirboboyeva G. Ulug‘boboyeva M. Dadajonova M. Tursumatova SH. Nizomova B. |
FarPI, YESBT kafedrasi, dotsent (PhD) |
Innovatsion loyixa
«Pillani qayta ishlashdan xosil bo‘lgan tashlandiq suvdan bog‘lovchi sifatida foydalanib ko‘mir briketini ishlab chiqarish» |
|
4 |
Oripov J.I |
FarPI, YESBT kafedrasi, kafedra mudiri (PhD) |
Amaliy loyiha
Mahalliy xomashyolar aralashmasidan ko‘ylakbop to‘qima ishlab chiqarish texnologiyasini yaratish |
|
5 |
Ulug‘boboyeva M. Тursunova X. Хoshimova M. Berdieva R. Ismoilova N. |
FarPI, YESBT kafedrasi, Katta o‘qituvchi
|
Maxalliy loyiha Paxta tolali gazlamalardan tikuv buyumlarining yangi assortimentlarini yaratish va texnologik jarayonlarini ishlab chiqish |
|
6 |
Mirboboyeva G Valiyev G.N. Abduraximova M Tursumatova Sh Raxmonova M Yusupova D. Xalilova D. |
FarPI, YSBT kafedrasi, professor |
Ilmiy texnikaviy loyixa
“Milliy kiyimlarni tadqiq qilish asosida yangi zamonaviy kiyimlarni takomillashtirish texnologiyasini ishlab chiqish”.
|
KAFEDRADA BAJARILAYOTGAN XO‘JALIK SHARTNOMALARI RO‘YXATI:
- “Ayollar kordiganini yangi zamonaviy dizayni yaratish’, “Ayollar ko‘ylagi uchun oqim parametrlarini aniqlash”, “Maxsus kiyimlarni konstruktiv modellashtirish”, “THE BEST TECHNO” oilaviy korxonasi “Zamonaviy ishlab chiqarish dastgohlariga texnik xizmat ko‘rsatuvchi kadrlarni tayyorlash”, THE BEST TECHNO” oilaviy korxonasi “Ishqalanishga chidamli quruvchi ishchilar qo‘lqopini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish”, “Mahalliy xom ashyolar aralashmasidan ko‘ylakbop to‘qima ishlab chiqarish”, “THE BEST TECHNO” oilaviy korxonasi “Katta yoshli ayollar ko‘ylagini zamonaviy uslublarini loyixalash”, № 120-22 “Fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi asosida malakali mutaxasisslar tayyorlash, ularni korxonada faoliyatini yo‘lga qo‘yish va korxonaga amaliy yordam ko‘rsatish”, № 01-23 “Fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi asosida malakali mutaxasisslar tayyorlash, ularni korxonada faoliyatini yo‘lga qo‘yish va korxonaga amaliy yordam ko‘rsatish”, № 8-23 “Fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi asosida malakali mutaxasisslar tayyorlash, ularni korxonada faoliyatini yo‘lga qo‘yish va korxonaga amaliy yordam ko‘rsatish” mavzulari bo‘yicha
KAFEDRANING ILMIY-USLUBIY ISHLARI:
- Mirboboyeva.G.A “Badiy kompazitsiya asoslari” o‘quv qo‘llanma Farg‘ona–2019. 230 bet
- Abdullayev, Maxmudjon Mamadjanovich, “Charm buyumlarni konstruksiyalash” fanidan o‘quv qo‘llanma Farg‘ona - 2023. 170 bet.
- G.A. Mirboboyeva. “Dizayn asoslari” darslik. Farg‘ona–2023. 257 bet.
- J.I.Oripov, N.B.Maqsudov, M.Turdiyev, D.U.Yusupova, X.Sh.Tursunova., “Yuqori elastik trikotaj matolari tahlili asosida yangi assortimentdagi kompression sport buyumlarini ishlab chiqish texnologiyasini yaratish” Monografiya/ Farg‘ona-2023
- M.Ulug‘boboyeva, Sh. Maqsudov, D. Xalilova, Sh.Tursumatova, M.Rahmonova., “Maxsus kiyimlar tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqish tadqiqi” Monografiya/ Farg‘ona-2023
- O.A.Axunbabayev, G.N.Valiev, Sh.X.Muhammadrasulov, J.I.Oripov, N.J.Yakubov, D.Yuldasheva., “Xom ipak ishlab chiqarishning resurstejamkor texnologiyasini yaratish” Monografiya/ Farg‘ona-2023
KAFEDRA PROFESSOR-O‘QITUVCHILARI VA ILMIY IZLANUVCHILARINING CHOP ETILGAN MAQOLALARI RO‘YHATI:
- Valiyev.G.N. Распределение давления крестовой намотки на её основание по мере формирования паковки // Международная научная конференция посвященная 135-летию со дня рождения профессора A.G.Zokirova: сборник научных трудов международной научной конференции посвященной 135-летию со дня рождения профессора В. Е. Севостьянова (Москва, 25 мая 2022 г.). Часть 1. – М.: РГУ им. Косыгина, 2022. – 171 с., с. 63-68.
- Bobojonov X.T., Oripov J.I., Valiyev G.N. Изучение деформационных свойств нитей натурального шелка оптическим прибором // Международная научная конференция посвященная 135-летию со дня рождения профессора A.G.Zokirova: сборник научных трудов международной научной конференции посвященной 135-летию со дня рождения профессора В. Е. Севостьянова (Москва, 25 мая 2022 г.). Часть 1. – М.: РГУ им. Косыгина, 2022. – 171 с., с. 47-51.
- Yakubov N.J “Analysis of studies on the issue of improving the technology of double torsion” European Journal of Emerging Technology and Discoveries ISSN (E): 2938-3617 Volume 1, Issue 3, June, 2023
- Yakubov N.J “Theoretical Justification for Improving the Design of Special Clothing in Order to Optimize Its Design” Genius Journals Publishing Group, In volume 21 of Eurasian Research Bulletin of June 2023
- Yakubov N.J, Tojiboyeva G.J “Yuqori quvvatli asinxron elektr dvigatelini ishga tushirishda rotoriga qo‘shimcha tezlanish berish moslamasi” To‘qimachilik va yengil sanoatda ilmhajmdor innovatsion texnologiyalar va dolzarb muammolar yechimi (to‘qimachilik va yengil sanoat) – FarPI 2023
- Xomidov V.O, Yakubov N.J “Pillani qayta ishlashdan hosil bo‘lgan seritsin eritmali chiqindi suvdan ko‘mir briket olishda foydalanish” To‘qimachilik va yengil sanoatda ilmhajmdor innovatsion texnologiyalar va dolzarb muammolar yechimi (to‘qimachilik va yengil sanoat) – FarPI 2023
- Tursumatova Sh “Research on the Production of Special Clothing for Car Repair Workers, Taking into Account Human Ergonomic Characteristics” Assistant of the Department of Light Industry Technology, Fergana Polytechnic Institute, Fergana, Uzbekistan
- Tursumatova Sh “Sanoat kiyimlari kolleksiyalarini yaratish xususiyatlari” Farg‘ona Politexnika Instituti O‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va
19-son ilmiy tadqiqotlar jurnali 20.05.2023 - TX Sh, BB Nizamova, SR Mamatqulova “Analysis Of The Range Of Modern Women's Coats” The American Journal of Engineering and Technology 3 (09), 18-23
- NQ Qaxxorovich, YN Juraevich, OI Nozimjonovna, NB Baxtiyorovna “The Perspective Directions For The Development Of Sericulture” The American Journal of Engineering and Technology 3 (09), 24-27
- NB Baxtiyorovna “Development of Structures of Double Patterned Weaves With Elements of Press Loops With A Geometric Pattern” Eurasian Research Bulletin 14, 175-181
- Nazarova M, Kayumov J, Tursunova Khilola “Development Of Heating Coats In Uzbekistan On The Basis Of Analysis Of The Technologies Of Local Wool Fibers Processing In Small Enterprises” PTLICISIWS-2022 (SCOPUS)
- Nabidjanova N.N, Tursunova X. “Paltobop gazlamalar xossalari tahlillari asosida ayollar paltosining yangi dizaynini ishlab chiqish” To‘qimachilik va yengil sanoatda ilmhajmdor innovatsion texnologiyalar va dolzarb muammolar yechimi (to‘qimachilik va yengil sanoat) – FarPI 2023
- Nozimjonovna, O. I. (2022). Constructive analysis of modern circular needle knitting machines. American Journal of Applied Science and Technology, 2(06), 75-79.
- Nozimjonovna, O. I., Madaminovich, K. K., Umarjanovna, R. S., & Maqsud o‘g, E. M. M. (2022). Analysis of physicomechanical parameters of new patterned knitted fabrics obtained on knitting machines with two circular needles. International Journal of Advance Scientific Research, 2(09), 1-9.
- Qaxxorovich, N. Q., Juraevich, Y. N., Nozimjonovna, O. I., & Baxtiyorovna, N. B. (2021). The Perspective Directions For The Development Of Sericulture. The American Journal of Engineering and Technology, 3(09), 24-27.
- Uralov, L., Obidova, I., Nizamova, B., Kholiqov, K., Ohunov, R., & Mamatova, X. (2023, June). Analysis of the effect of technological parameters of physical and mechanical indicators of two-layer knitted fabrics. In AIP Conference Proceedings (Vol. 2789, No. 1). AIP Publishing.
- Nozimjonovna, O. I., & Xusanboyevna, I. D. (2022). Zamonaviy trikotaj to‘qimalarining hozirgi kundagi ahamiyati. Новости образования: исследование в XXI веке, 1(4), 577-580.
- Metallurgiya ishchi hodimlari uchun kiyim assortimentlar tahlili Maqsudov Nabijon Baxodirovich, Yakubov Nosirjon Jurayevich, Yusupova Dilfuza Ubaydulloyevna
- Yusupova, D. U., & qizi Isroilova, N. Z. B. (2022). “Coreldraw” dasturida katta yoshli ayollar paltosini eskiz modelini avtomatlashtirilgan loyihasini ishlab chiqish tadbiqi. Results of National Scientific Research International Journal, 1(7), 158-163.
- Yusupova, D., & Butayeva, N. (2022). Katta yoshdagi ayollar uchun kiyim assortimentiga iste’molchilarning extiyojlarini o ‘rganish. Science and innovation, 1(A7), 496-500.
- Abduraximova, M. (2022). Notipaviy qomatli ayollarga mos tushuvchi kiyim turini aniqlash. Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования, 1(18), 41-45.
- Sadiqovna, A. M. (2022). Determining the Type of Clothing Suitable for Women With An Non Typical Figure. Texas Journal of Engineering and Technology, 10, 22-26.
- Maxmudjon, T., & Abdurakhimova, M. (2022). The methods of welding details of sewing items from thermoplastic materials. International Journal of Advance Scientific Research, 2(12), 125-132.
- Sodiqovna, A. M. (2022). Notipaviy qomatli ayollarga reglan bichimli yeng turlarini avfzalligi. PEDAGOGS jurnali, 13(1), 130-133.
- Sodiqovna, A. M., & Abduqodirovna, B. R. N. (2022). Notipaviy qomatli ayyollarning o‘lchamlari va tana turlarining farqlanishi. Science and innovation, 1(A3), 284-288.
- Sodiqovna, A. M. . European Journal of Emerging Technology and Discoveries December – 2024. “Description, composition, and properties
of costume-grade wool fibre materials” mavzusida xorijiy jur-nalda maqola chop etildi. - Mamatkulova1,* Mirbobayeva1, Ulug`boboyeva1,
Yakubov1, Nizamova1, Tursunova1. Importance of design in dresses. E3S Web of Conferences 538, 04001 (2024) https://doi.org/10.1051/e3sconf/202453804001
IPFA 2024 (SCOPUS) - X.Sh. Tursunova. Ayollar bahorgi-kuzgi mavsumbop paltosida yoqani modellashtirish tahlili. Scientific-technical journal (STJ FerPI, ФарПИ ИТЖ, НТЖ ФерПИ, 2024, Т.28. спец.выпуск №1)
- X.Sh. Tursunova. Bog‘cha yoshidagi bolalar kiyimlari tahlili asosida yangi model loyihasini ishlab chiqarish uchun dastlabki loyihalash ishlari tadqiqi. Scientific-technical journal (STJ FerPI, ФарПИ ИТЖ, НТЖ ФерПИ, 2024, Т.28. спец.выпуск №2)
KAFEDRANING RIVOJLANISHIDAGI TURDOSH OLIY TA’LIM MUASSASALRI VA ILMIY TADQIQOT INSTITUTLARI BILAN HAMKORLIKLAR:
- Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti
- Namangan muxandislik-texnologiyalari instituti
- Buxoro muxandislik-texnologiyalari instituti
- O‘zbekiston tabiiy tolalar ilmiy tadqiqot instituti
KAFEDRANING RIVOJLANISHIDAGI SOHA KORXONALARI BILAN HAMKORLIKLAR:
- “Muqaddas Mohichehra textil“MCHJ
- “Narimteks” qo‘shma korxonasi
- “Bohodir Logon Ferstil” MCHJ
- “Singapore Marg‘ilon Tex” MCHJ
- “Quva Textil” MCHJ
- “Forrest Color” MCHJ
- “Fergana Uniform Tex”MCHJ
- “Dilnozaxon Nihollari” MCHJ
- “Fergana Oseana” MCHJ
- “Xumo Rishton Tekstil” MCHJ
- “Sherwood Dizayn” MCHJ
- “Mar Tash Spesodejda” MCHJ
- “Xorazm Tex” MCHJ
- “Textile Finance Khorezm”
- “Xo‘Jaobod Omad Yulduzi” MCHJ
- “Uniform Partner” MCHJ
- « NARIMTEKS » M.CH.J
- « ABS Textile Company» M.CH.J
KAFEDRANING PROFESSOR-O‘QITUVCHILARI RAHBARLIGIDA TALABALARNING ERISHGAN YUTUQLARI
Yengil sanoat muhandisligi kafedrasi mudiri J.I.Oripov ilmiy rahbarligida 112-23 guruh talabasi Qosimov Abdulaziz “Smart Textile Club“loyihasi amalga oshirilgan.
Yengil sanoat muhandisligi kafedrasi mudiri J.I.Oripov ilmiy rahbarligida 112-23 guruh talabasi Imomaliyev Shoxjahon "Mirzo Ulug‘bek vorislari" ko‘rik tanlovida Charmga tabiy usular bilan ishlov berish va "Rishton Kulolchilik bilan Charmn Uyg‘unlashtirish"mavzusida ishtirok etib viloyatlar miqyosida g ‘olib bo‘lib respublika bosqichiga yo‘llanma oldi

Yengil sanoat muhandisligi kafedrasi mudiri J.I.Oripov ilmiy rahbarligida 112-23 guruh talabasi Murodov Muslimjon tomonidan chiqindilarni to'plash, qayta ishlash va sanoatga yetkazib berish tizimini tashkil qilish orqali ekologik barqarorlikni ta'minlashga qaratilgan loyiha amalga oshirildi.