
|
Kafedra mudiri |
|
Sattarov Nurillo Muzaffar o‘g‘li |
|
Qabul vaqti: Har kuni 15:00-17:00 (dushanba va shanbadan tashqari) |
|
Telefon: +998 94 491-98-00 |
|
Email: nurillo.sattorov@fstu.uz |
Yengil sanoat texnologiya va jihozlari” kafedra tarixi
1976-yilda «Maishiy xizmat ko‘rsatish mashina va apparatlari» kafedrasi tashkil etilgan bo‘lib, Markaziy Osiyoda aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalari uchun oliy malakali muhandis-mexaniklar tayyorlab beruvchi yagona mutaxassisligi kafedrasi hisoblangan.“Maishiy xizmat ko‘rsatish mashina va apparatlar” mutaxassisligi birinchi qaldirg‘ochlar muhandis – mexaniklar 1977-yilda bitirib chiqishgan. Kafedrada laboratoriyalar, kabinetlar va geleopoligon maydoni kafedrani birinchi mudiri dots. P.R.Fayziev boshchiligida tashkil etilgan.
1976-2012 yillar ichida kafedraning yosh o‘qituvchilari Sh.Yuldashev, S.F.Ergashev, T.M.Fozilov, E.Sharofiddinov, A.Jabborov, A.A.Nuridinov, Yu.Q.Ergashevlar Moskva texnologiya, Kaunas politexnika va Toshkent to‘qimachilik institutlarida maqsadli aspiranturalarda o‘qib, texnika fanlari nomzodlik darajalarini olishgan.
Kafedra professor- o‘qituvchilari tomonidan 1976-yildan 2012-yilga qadar “Maishiy xizmat ko‘rsatish mashina va apparatlari”, 1994-yildan 1999-yilga qadar “To‘qimachilik sanoati mashina va apparatlari” mutaxassisliklari bo‘yicha jami 1097 ta oliy malakali muhandis-mexaniklar tayyorlangan. 2003-yilda esa “Transport vositalarini ishlatish va ta'mirlash”, Kasb ta'limi (Yengil sanoat mahsulotlari texnologiyasi) yo‘nalishlari tashkil etilgan.
1999-2000 o‘quv yilidan bakalavriatga o‘tish munosabati bilan “Metallar texnologiyasi” kafedrasi “To‘qimachilik va yengil sanoat mashina va apparatlari” kafedrasi bilan birlashtirilib “Mashinalarni ta’mirlash va materiallar texnologiyasi” kafedrasi tashkil qilingan.
Kafedrani 1976-1990 yilgacha dots. P.R.Fayziev, 1990-1993 yilgacha dots. Sh.Quldashev, 1993-2001 yilgacha dots. X.M.Axmadjonov, 2001-2002 yilgacha dots. A.E.Sotvoldiev, 2002-2008 yillar davomida t.f.n., dotsent Yu.Ergashev, 2008 – yilda kat.o‘qit.t.f.n. A.G‘.Abduraxmonov, 2009-yilda kat.o‘qit. R.Qodirov, 2009-2018 yillar davomida katta o‘qituvchi M.Turdiyevlar rahbarlik qilishgan. 2020 – yil 10-mart kundan “Yengil sanoat va to‘qimachilik” fakulteti tashkil etildi. Ushbu fakultet qoshida “Tabiiy tolalar” kafedrasi tashkil etilgan bo‘lib, 2020-2021 yillarda katta o‘qituvchi H.E.Turdiyev 2021-yillarda i.f.f.d. I.A.Toshpulatov, 2021-2025 yillarda q.x.f.f.d. M.M.Ubaydullayev, 2025-yil t.f.f.d., PhD, dotsent Sh.A.Xusanova kafedraga rahbarlik qilib kelishgan. Hozirgi kunda kafedra mudiri lavozimida t.f.fd., PhD N.M.Sattorov faoliyat olib bormoqda. Farg‘ona politexnika institut Farg‘ona davlat texnika univeristetiga aylanganligi munosabati bilan kafedra nomi ham o‘zgarib hozirgi kunga kelib “Yengil sanoat texnologiya va jihozlar” nomi bilan faoliyat yuritmoqda. Kafedrada bakalavriat, magistratura va doktorantura mutaxassisliklari bo‘yicha talabalar o‘qitilmoqda


BAKALAVRIAT
- 60720700 - Yengil sanoat muxandisligi
- 60721400 - Yengil sanoat texnologiyalari va jihozlari (yigirish texnologiyasi)
- 60721400 - Yengil sanoat texnologiyalari va jihozlari (to‘quvchilik texnologiyasi)
- 60721300 - Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi (paxta)
MAGISTRATURA
- 70720705- Paxtani dastlabki ishlash va urug‘ tayyorlash texnologiyasi
- 70720703 – To'qimachilik va yengil sanoat mahsulotlari materialshunosligi, ekspertizasi va sifat nazorati
Doktorantura
- 05.06.02 –To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish
KAFEDRADA O‘QITILADIGAN FANLAR:
Bakalavriat:
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Magistratura: |
|
|
|
|
|
|
|