“SUPER-KONTRAKT” QIYMATLARI BELGILANDI
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi majlisining 79-5-son bayoniga muvofiq, Farg‘ona davlat texnika universitetida 2025/2026 o‘quv yili qabuli kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra to‘plagan ballari tasdiqlangan to‘lov-kontrakt qabul parametrlari chegarasiga 4,05 balldan ortiq yetmagan (56,7 balldan kam bo‘lmagan) va o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar uchun birinchi o‘quv yili amaldagi bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorlariga nisbatan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt qiymatlari (super-kontrakt) belgilandi.
O‘qish istagida bo‘lgan abituriyentlar kontrakt.edu.uz sayti orqali shartnoma rasmiylashtirishlari yoki Farg‘ona davlat texnika universitetining qabul komissiyasiga murojaat qilishlari mumkin.
Kontraktning bir yillik oʻqitish qiymatidan kamida 50 foizi miqdoridagi toʻlovlarni amalga oshirgan abituriyentlar talabalar safiga qabul qilinadi.
Murojaat uchun Tel: +998954000082; +998954000086