FARG‘ONA DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI “STARTAP” MARKAZI

“Startap” markazi rahbari: Qudratbek Mahammadjonov Ulug‘bek o‘g‘li, 2002-yilda tug‘ilgan, magistr, Iqtidorli talabalarni ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘lim muhandisi, Yoshlar akademyasi lideri, Qurulish stroyhause mchj rahbari, 20 dan ortiq Ilmiy innovatsion tanlovlar g‘olibi, 2 ta Hakaton tanlovi g‘olibi, 3 ta xalqaro grand tanlovlar g‘olibi, 30 dan ortiq nufuzli jurnallarda maqolalari va tezislari chop etilgan, 5 ta Adliya vazirligi guvohnomasiga ega.
“Startap” markazi maqsadi: Farg‘ona davlat texnika universiteti “Startap” markazining bosh maqsadi — yoshlarning ijodiy, intellektual va tadbirkorlik salohiyatini yuzaga chiqarish, ularning g‘oyalarini hayotga tatbiq etish, yangi texnologiyalar yaratish va ishlab chiqarishga joriy etishdir. Shuningdek, markaz nafaqat talabalarga, balki butun Farg‘ona viloyatidagi yoshlar, kichik biznes egalari, startap g‘oya mualliflariga amaliy yordam ko‘rsatadi. Bu orqali hududiy innovatsion ekotizimni shakllantirish maqsad qilinadi. Markazning faoliyati ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasiga asoslanadi. Ya’ni, o‘quv jarayonida o‘rganilgan nazariy bilimlar startap loyihalari orqali amaliy shaklga o‘tadi. Natijada, nafaqat innovatsion mahsulotlar yaratiladi, balki talabalar uchun haqiqiy ish tajribasi maydoni ham paydo bo‘ladi.
“Startap” markazi tarkibiy tuzilmasi: Startap garage hududiy manageri, Treker S.Saydaxmetov, Robot va Dron loyihalari bo‘yicha mutaxasis, Mentor S.Sa’dullayev, IT Park bosh manageri, Dasturlar menejeri I.Boltaboyev, Investitsiya va grantlar boʻyicha manageri J.Naymanbayev, IT loyihalar bo‘yicha mutaxasislar S.Muratov va F.Rustamov, SMM manageri M.Ro‘ziyeva, Media mutaxasisi F.Nishonov, Qayta tiklanuvchi energiya manbalari bo‘yicha loyihalar mutaxasisi S.Yunusaliyev.
“Startap” markazining asosiy vazifalari:
- Yoshlarning g‘oyalarini amaliy startap loyihalarga aylantirish – talabalar va o‘qituvchilar tomonidan ilgari surilgan innovatsion fikrlarni ishlab chiqish, sinovdan o‘tkazish va ularni startap shaklida bozorga olib chiqish.
- Inkubatsiya va akseleratsiya dasturlarini tashkil etish – yangi g‘oyalarga ega yoshlarni bosqichma-bosqich qo‘llab-quvvatlash, ularni biznes yuritish, marketing, moliyaviy rejalashtirish kabi sohalarda o‘qitish.
- Talabalar uchun IT va zamonaviy texnologiyalar kurslarini o‘tkazish – dasturlash, sun’iy intellekt, 3D modellashtirish, robototexnika, grafik dizayn kabi yo‘nalishlarda o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish.
- Hududdagi ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlik qilish – universitetda yaratilgan ixtirolarni mahalliy ishlab chiqaruvchilarga taklif etish va ular bilan hamkorlikda yangi mahsulotlar yaratish.
- Xalqaro loyihalarda ishtirok etish – xorijiy universitetlar, texnoparklar va startap markazlar bilan hamkorlik o‘rnatish orqali tajriba almashish.
Ushbu vazifalar markaz faoliyatini amaliy, foydali va natijador yo‘nalishda olib borishga xizmat qiladi.
Markazning huquqiy hujjatlari: Farg‘ona davlat texnika universitetida 2025-yil 8-sentabr kuni rektorning №214-sonli buyrug‘i asosida “Startap markazi” tashkil etildi. Ushbu markaz faoliyati “Farg‘ona viloyatidagi oliy ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-yanvardagi PQ-26-son qaroriga asosan yo‘lga qo‘yildi.
Startap va grand tanlovlarda talabalarning yutuqlari:
1. Muxandislik tanlovida “Eng yaxshi ixtiro” yoʼnalishida 3-o‘rinni egallab, 100 BHM barobari pul mukofoti bilan taqdirlangan, Axborot texnologiyalari va telekommunikatsiya fakultetining 4-bosqich talabasi Daliyev Shaxzodbek. {https://t.me/fstu_uz/16829}
2. Muxandislik tanlovida “Eng yaxshi gʼoya” yo‘nalishida 1-oʼrinni egallab, Prezident sovgʼasi boʼlgan elektromobil bilan taqdirlangan, Аxborot texnologiyalari va telekommunikatsiya fakulteti 4-bosqich talabasi Valixonov Ilyosbek. {https://t.me/fstu_uz/16761}
3. Muxandislik tanlovida “Eng yaxshi loyiha” yoʼnalishida 3-o‘rinni egallab, 100 BHM barobari pul mukofoti bilan taqdirlangan, Energetika muhandislik fakulteti magistranti Qudratbek Mahammadjonov. {https://t.me/fstu_uz/16816}
4. Muxandislik tanlovida “Eng yaxshi g‘oya” yoʼnalishida 2-o‘rinni egallab, xorijda malaka oshirish imkoniga ega bo‘lgan, Ishlab chiqarishda boshqaruv fakulteti 4-bosqich talabasi Qahhorova Malikaxon. {https://t.me/fstu_uz/16781}
5. “Green Spark-Yashil kelajak” uchun xalqaro tanlovia 3-o’rinni egallab 5000 $ pul mukofoti bilan taqdirlandi, Energetika muhandislik fakulteti magistranti Qudratbek Mahammadjonov. {https://t.me/fstu_uz/15075}
6. Texnoways texnalogik rivojlanish marafonida 1-o‘rinni egallab noutbook bilan taqdirlandi, Energetika muhandislik fakulteti magistranti Qudratbek Mahammadjonov. {https://t.me/fstu_uz/12358}
7. “IOKA CASE CHALLENGE” tanlovida 2-o‘rinni egallab 200 $ pul mukofoti bilan taqdirlandilar, Ishlab chiqarishda boshqaruv fakulteti talabalari 81-23 guruh talabalari Javohir Naymanbayev, Seitali Muratov va 660-24 guruh talabasi Ziynatbegim Abdusalomova. {https://t.me/fstu_uz/16288}
8. “Cyberkent 3.0” respublika miqyosida oʻtkazilgan musobaqada Startap markazining faol talabalaridan biri hamda Farg‘ona davlat texnika universiteti Qurilish fakulteti 7-22-guruh talabasi Xurshidbek Sobirjonov “Blue team” yo‘nalishida faxrli 2-o‘rinni qoʻlga kiritib, 30 million pul mukofotiga ega boʻldi. {https://t.me/fstu_uz/16825}
Nufuzli tadbirlarda ishtiroki:
- Toshkent shahrida Yoshlar Akademiyasi Assambleyasi o‘tkazildi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining taʼlimni isloh qilish boʻyicha oʻrinbosari Hilola Umarova, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Fanlar akdemiyasi prezidenti Shavkat Ayupov, Nobel mukofoti laureati Rik Leymans ishtirok etishdi. Mazkur tadbirda 130 nafardan ortiq Yoshlar Akademiyasi liderlari, “Eng yaxshi muhandis” respublika tanlovi g‘oliblari hamda Yoshlar Akademiyasining faol a’zolari, shular qatori Farg'ona davlat texnika universiteti Yoshlar akademiyasi lideri va Startap marka rahbari Q.Mahammadjonov, hududiy lideri va Startap markaz Inkubatsiya va akseleratsiya dasturlar bo‘yicha Treker S.Saydaxmetov va Yoshlar akademyasi a ‘zosi va Startap markazi sun’iy intelekt bo‘yicha mutaxasis I.Valixonovlar ham faol qatnashishdi. { https://t.me/fstu_uz/16838 }
- Toshkent shahrida davom etayotgan “Inno- Week 2025” doirasida “Xalqaro ilm-fan kommunikatsiyalari” konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Tadbir Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazi tomonidan tashkil etilib, unda ilmiy asoslangan innovatsion ekotizimni shakllantirishda ilmiy muloqotning hal qiluvchi o‘rni muhokama qilindi. Quvonarli jihati shundaki, mazkur forumda Farg‘ona davlat texnika universiteti “Ilmiy innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish” bo'limi boshlig'i B.Mo‘minov va Startap markazi rahbari Q.Mahammadjonovlar faol ishtirok etishdi. { https://t.me/fstu_uz/16802 }
- Toshkent shahrida davom etayotgan “Inno-Week 2025” doirasida “O‘zbekiston ilm-fan forumi” bo‘lib o‘tdi. Tadbir ilmiy-innovatsion sohaning rivoji, oliy ta’lim tizimining modernizatsiyasi hamda yosh olimlar va ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratildi. Anjumanda yosh olimlar, tadqiqotchilar, akademiklar, davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlari prorektor va rektorlari ishtirok etdi. Quvonarli jihati shundaki, mazkur forumda Farg‘ona davlat texnika universiteti “Ilmiy innovatsion loyihalarni tijoratlashtirish” bo'limi boshlig‘i B.Mo‘minov va Startap markazi rahbari Q.Mahammadjonovlar faol ishtirok etishdi. { https://t.me/fstu_uz/16797 }
Rasmiy saytlar:
Rasmiy telegram: https://t.me/startup_center_fstu
Rasmiy instagram: @startupcenter_fstu
Google akkaunt va korporativ pochta: contact@startup-center.uz
Youtobe: https://www.youtube.com/@StartupCenterFSTU
Linkendin: https://www.linkedin.com/company/startup-center-fstu/