O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 19-iyundagi 228-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF–16-son Farmoni 16-ilovasining 30-pozitsiyasida belgilangan vazifalar doirasida 2025-yil 18-sentabr kuni Farg‘ona davlat texnika universitetida “Eko-innovation – 2025” ekologik muammolar yechimiga bag‘ishlangan innovatsion ishlanmalar va loyihalar ko‘rgazmasi o‘tkazildi.
Ko‘rgazma universitet rektorati, fakultet va kafedralar hamkorligida tashkil etildi. Tashkiliy qo‘mita va ekspertlar guruhi tarkibi vazirlik buyrug‘iga muvofiq tasdiqlandi.
Umumiy 92 nafar ishtirokchi ro‘yxatdan o‘tdi. Ularning ishlanmalari quyidagicha taqsimlandi:
36 ta – prototip holatidagi ishlanmalar;
44 ta – g‘oya bosqichidagi ishlanmalar;
12 ta – tayyor ishlanmalar.
Ishtirokchilar orasida talaba-yoshlar, ilmiy xodimlar hamda startap jamoalari faol qatnashdi.
Ko‘rgazmada innovatsion ishlanmalar uch asosiy yo‘nalish bo‘yicha taqdim etildi:
- “Atrof-muhitni muhofaza qilish, iqlim o‘zgarishlariga qarshi kurash, chiqindilarni qayta ishlash va kamaytirish”;
- “Qayta tiklanuvchi energiya manbalari”;
- “Innovatsion ekologik texnologiyalar va qurilmalar”.
Har bir yo‘nalish bo‘yicha loyihalar ekspertlar tomonidan baholab chiqildi.
Ekspertlar baholash natijalariga ko‘ra uch asosiy yo‘nalish bo‘yicha jami 9 ta g‘olib loyiha aniqlanib, ular quyidagi tartibda taqdirlandi:
1-o‘rin – 6 million so‘m, diplom va vaucher
2-o‘rin – 4 million so‘m, diplom va vaucher
3-o‘rin – 2 million so‘m, diplom va vaucher
Mukofot pullari universitet mablag‘lari hisobidan to‘lab beriladi.

