Startap g‘oya tanlovi – “Eng yaxshi kreativ g‘oya” respublika tanlovi
Farg‘ona davlat texnika universiteti “Eng yaxshi kreativ g‘oya” respublika tanlovining 1-bosqichini e’lon qiladi.
Tanlovda bakalavr va magistratura talabalari ishtirok etishi mumkin.
— 3 nafar g‘olib Respublika bosqichiga yo‘llanma oladi;
— O‘z startap g‘oyasini yuqori bosqichda himoya qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
— Respublika bosqichi g‘olibiga loyiha granti ajratiladi.
O‘z kreativ va innovatsion g‘oyangizni namoyish etish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!
- Loyihalarni topshirish oxirgi kuni: 3-aprel
- Ko‘rib chiqish va g'oliblarni aniqlash: 9-aprel, 2026-yil
- Respublika bosqichi: 2026-yil may oyi