Hurmatli 2026–2027-o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda nomli davlat stipendiyalari tanlovida ishtirok etish uchun fakultetlar tomonidan tavsiya etilgan nomzodlar!
Sizga shuni ma'lum qilamizki, nomzodlarni saralash maqsadida 2026-yil 29-iyun kuni soat 09:00 da 1-119-xonada (universitet rektorat binosining 1-qavatida) "O‘zbekiston tarixi" hamda "Ingliz tili" fanlaridan suhbat o‘tkaziladi.
Suhbatga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida 2026-yil 25 va 26-iyun kunlari soat 10:00 dan boshlab 1-119-xonada "O‘zbekiston tarixi" hamda "Ingliz tili" fanlaridan konsultatsiyalar tashkil etiladi. Barcha nomzodlar ushbu konsultatsiyalarda ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishlari va suhbatga puxta tayyorgarlik ko‘rishlari mumkin.
Barcha nomzodlardan belgilangan vaqtda konsultatsiya hamda suhbat jarayonlarida faol ishtirok etishlari so‘raladi.
"O‘zbekiston tarixi" fan dasturi
"Ingliz tili" fan dasturi bilan tanishishingiz mumkin
Barchangizga muvaffaqiyat tilaymiz!