
FAKULTET DEKANIQo‘chqarov Akmaljon AhmadaliyevichQabul vaqti: Dushanba - Shanba (9:00 - 12:00)
Telefon: +998 91 662 41 02
E-mail:a.kuchkarov@fstu.uz
|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-yanvardagi “Farg‘ona viloyatidagi oliy ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-26-sonli Qaroriga ko‘ra Farg‘ona politexnika instituti va Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali negizida tashkil topgan Farg‘ona davlat texnika universitetida “Axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt” fakulteti tashkil etildi. Fakultetda 106 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatmoqda, kunduzgi, sirtqi, kechki va masofaviy ta’lim yo‘nalishlarida 1829 nafar talabalar tahsil olmoqda.
Shuningdek, fakultetda 3 ta kafedra mavjud, “Axborot tizimlari va texnologiyalari”, “Kompyuter muhandisligi va sun’iy intellekt”, “Ijtimoiy fanlar va sport” kafedrasi”.
BAKALAVR TA’LIM YO‘NALISHLARI
1. 60320400 -Kutubxona-axborot faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha)
2. 60611300 - Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kasb ta’limi
3. 60610100 - Axborot tizimlari va texnologiyalari
4. 60610300 - Kompyuter injiniringi
5. 60610502 - Kompyuter injiniringi: AT-Servis
6. 60610700 - Sun’iy intellekt
MAGISTR TA’LIM YO‘NALISHLARI
1. 70610101 - Kompyuter tizimlari va ularning dasturiy taʼminoti
2. 70610302 - Axborot xavfsizligi (Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va servis)
3. 70610301 - Kompyuter injiniringi
4. 70610304 Maʼlumotlar ilmi (Data science)
5. 70610501 Sunʼiy intellekt
6. 70610103 Axborot tizimlari