
Ishlab chiqarishda boshqaruv fakulteti dekaniNazarmatov Oxunjon Sotvoldiyevich Qabul vaqti: Dushanba - Shanba (9:00 - 12:00) Telefon:+99891 884-77-33 E-mail: |
FAKULTET HAQIDA MA’LUMOT
“Ishlab chiqarishda boshqaruv” fakulteti 1973 yilning sentyabr oyida “Aholiga maishiy xizmat ko’rsatish texnologiyasi” fakulteti tarkibidan ajralib chiqdi. Fakultet tarkibiga o’sha davrda “Oliy matematika”, “Iqtisodiy nazariya”, “Chet tili”, “Ishlab chiqarish, sanoat iqtisodi va tashkil etish” kafedralari kiritilgan bo’lib, 1976 yilda “Buxgalteriya hisobi va xo’jalik faoliyatining tahlili”, 1977 yilda “Maishiy xizmat ko’rsatish iqtisodi va tashkil etish”, 1994 yilda esa “Moliya va statistika” kafedralari tashkil etilgan.
Fakultetga 1973-1976 yillarda kimyo fanlari nomzodi, dotsent M.X.Xolmatov dekanlik qilgan. Bu yillar fakultetning tiklanish davri bo’ldi, uning moddiy- texnika bazasi shakllandi, kafedralarga ishlab chiqarish korxonalarining mutaxassislari va oliy o’quv yurtlarining bitiruvchilari ishga taklif etildi. Yirik korxonalar bilan aloqalar o’rnatildi va ularning talablari asosida talabalar qabul qilish ishlari yo’lga qo’yildi.
O’quv jarayonini takomillashtirish va kabinetlarni jihozlashda N.Toshmamatov, N.Shabanov, R.Altinboeva, A.K.Qosimov, J.Mamajonov, Q.Boyqo’ziev, A.Abdurazzaqov va boshqalar faol ishtirok etganlar.
1976-1984 yillarda fakultet dekani lavozimida G.M.Hamidova faoliyat ko’rsatgan. U rahbarlik qilgan davrda fakultetda o’quv-uslubiy va ilmiy-tadqiqot ishlari rivojlandi. Yosh o’qituvchilar mamlakatning markaziy oliy o’quv yurtlari aspiranturalariga o’qishga yuborildilar. Tez orada fakultet kafedralari uchun N.T.Toshmamatov, R.Ya.Temirbulatov, O.Pardaeva, A.Soliev, M.A.Ikromov, V.Tsoy singari ilmiy darajali kadrlar tayyorlandi.
1984-1986 yillarda fakultetda dotsent Q.S.Ergashev, 1986-1987 yillarda dotsent Z.M.Tojiboev, 1988-1989 yillarda professor Yu.J.Jalolov, 1989-1991 yillarda dotsent E.M.Mo’ydinov, 1992-1993 yillarda dotsent N.T.Toshmamatov dekan lavozimida faoliyat yuritdilar.
1993-2000 yillarda fakultetga M.A.Ikromov rahbarlik qildi. 2000-2001 yillarda fakultetni dotsent A.L.G’ofurov boshqardi. 2001-2005 yillarda I.T.Yormatov, 2005 yili I.N.Ismanov, 2005-2008 yillarda A.M.Abdullaev dekani lavozimida ishladilar. 2008 yildan fakultetga i.f.n., dotsent I.Yormatov rahbarlik qilib kelmoqda.
Fakultetda dekan lavozimida quyidagi olimlar ishlagan.
- 1973-1976 yillarda dots. M.X.Xolmatov
- 1976-1984 yillarda dots. G.M.Xamidova
- 1984-1986 yillarda dots. Q.S.Ergasheva
- 1986-1987 yillarda dots. Z.M. Tojiboyev
- 1988-1989 yilda dots. Yu.J.Jalolov
- 1989-1991 yillarda dots. E.M. Mo’ydinov
- 1991-1993 yillarda dots. N.T.Toshmamatov
- 1993-2000 yillarda dots. M.A.Ikromov
- 2000-2001 yillarda dots. A.L.G’ofurov
- 2001-2005 yillarda dots. I.T.Yormatov
- 2005 yilda dots. I.N.Ismanov
- 2005-2008 yillarda dots. A.M.Abdullayev
- 2008-2021 yillarda dots. I.T.Yormatov
- 2021-2022 yillarda dots. I.J.Jaxongirov
- 2022-2025 yillarda dots. O.T.Nurmatov
- 2025-2026 yillarda dots. T.M.Abdullayev
- 2026 avgust oyidan boshlab fakultetga i.f.d. professor Nazarmatov Oxunjon Sotvoldiyevich rahbarlik qilib kelmoqda.
Fakultet tarkibiga quyidagi kafedralar kiradi:
- “Oliy matematika” kafedrasi.
- “Iqtisodiyot” kafedrasi.
- “Moliya va buxgalteriya hisobi” kafedrasi
- “ Menejment va marketing kafedrasi ” kafedrasi
7 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha talabalar tahsil olmoqda.
Iqtisodiyot, Buxgalteriya hisobi, Moliya va moliyaviy texnologiyalar, Bank ishi, Menejment, Biznesni boshqarish, Marketing, Sanoat muhandisligi va menejmenti,
Fakultetda yangi pedagogik texnologiyalarni qo’llash, tayyorlanayotgan bakalavrlar bilim darajasini nazorat qilish va aniqlashning yangi usullarini joriy etish, amaliyot bilan ta’lim orasida uzluksiz bog’lanishni tashkil etish maqsadida bitiruv malakaviy ishlari mavzularini korxonalar buyurtmalari asosida shakllantirish va bajarish bo’yicha amaliy ishlar bajarilmoqda.
Fakultetda iqtidorli talabalar bilan ishlash tizimli yo’lga qo’yilgan. Jumladan, 2003-2004 o’quv yilida “Moliya” ta’lim yo’nalishi talabasi N.Tursunboevaning Prezident stipendiyasi sohibasi, 2015-2016 o’quv yilida “Kasb ta’limi(Iqtisodiyot)” ta’lim yo’nalishi talabasi S.Abdullaevaning “Navoiy” stipendiyasi, 2016-2017 o’quv yilida “Kasb ta’limi(Iqtisodiyot)” ta’lim yo’nalishi talabasi A.Abduqodirovlarning “Navoiy” stipendiyasi sohibi, 2017-2018 o’quv yilida “Menejment” ta’lim yo’nalishi talabasi S.Qodirov “Islom Karimov” nomidagi stipendiya sohibi, 2018-2019 o’quv yilida “Kasb ta’limi(Iqtisodiyot)” ta’lim yo’nalishi talabasi Z.Umaraliyev “Islom Karimov” nomidagi stipendiya sohibi bo’lganligi va boshqa o’nlab nomdor stipendiatlarning etishib chiqqanligi fakultet professor-o’qituvchilarining samarali mehnatlari natijasi bo’ldi. Bir qator talabalar respublika va viloyat miqyosida o’tkazilgan ko’rik-tanlovlarning g’oliblar deb topilgan. N.Tursunboeva Shotlandiya magistraturasini tamomlab, Vestminster universiteti Toshkent filialida talabalarga ta’lim bermoqda.
Bir qator talabalarimiz milliy va hududiy musobaqalarda g'olib bo'lishdi. Fakultetimiz bitiruvchisi N. Tursunbayeva Shotlandiyada magistraturani tamomlab, hozirgi kunda Vestminter universitetining Toshkent shahar filialida ishlab kelmoqda.
Fakultetda yuqori malakali kadrlar tayyorlashga alohida e’tibor qaratildi. Bu davrda 10 ta fan doktori, 40 dan fan nomzodi dissertatsiyalari himoya qilindi. Hozirgi kunda 5 nafar yosh, iqtidorli o’qituvchilar fan nomzodi dissertatsiyalarini himoyaga tayyorlashmoqda. Bir qator yosh mutaxassislar Xitoy Xalq Respublikasi va Janubiy Koreya Respublikasida malaka oshirdilar. Shuningdek, oxirgi 3 yil ichida 2 nafar Preziden va Navoiy nomidagi Davlat stipendiantlari tayyorlandi.
Fakultet tarkibiga kiruvchi kafedralarda 120 nafar professor-o’qituvchilar faoliyat ko’rsatadi. Ularning 10 nafari fan doktori, professor, 61 nafari fan nomzodi, dotsent, 33 nafari katta o’qituvchi va 26 nafari assistentlardir.
Fakultetda 2967 nafar talaba ta’lim olmoqda. Fakultetda davlat ilmiy-texnik dasturlari, xo’jalik shartnomalari asosida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu bilan birga, etakchi olimlar tomonidan darslik va o’quv qo’llanmalari chop etilmoqda.
O’tgan davrlar ichida fakultetni 18 mingdan ortiq mutaxassis bitirib chiqqan va ularning aksariyati iqtisodiyot tarmoqlarida turli lavozimlarda ishlamoqdalar