Farg’ona politexnika institutiga toza ichimlik suvi bo’yicha 35 yillik tajribaga ega Nepallik Ram Sinx hamda Fulbright granti bo’yicha hozirda Farg’ona davlat universitetida faoliyat yuritayotgan Hannah Rothwell va Xorijiy loyihalar bo'yicha ekspert Nurbek Po'latov tashrif buyurdi.

Tashrif davomida institut faoliyati, olib borilayotgan ilmiy va innovasion ishlab chiqarish hamda turli sohalarga xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan 15 ta markaz, spin-off korxonalar faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi. 

Yangi loyihalardan biri bo’lgan “Kambag'allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish” mavzusi yuzasidan o’quv ishlari bo’yicha prorektor J.Kambarov boshchiligida 15 nafar chet tili va suv taminoti mutahasislari ishtirokida rejali ishlar olib borilmoqda. 

Ushbu loyiha maqsadi: "Aholini kambag’allikdan chiqarish orqali turmush tarzini yanada yaxshilash, ijtimoiy muammolarni hal etish hamda suv yetib bormagan joylarni, suv bilan taminlash kabi bir qator ishlarni amalga oshirish" deydi,- J.Kambarov. 

Suhbat so’ngida shu loyiha yuzasidan mutahasislar bilan birgalikdan yangi tajribalar alishildi va qiziqtirgan savollarga mutahasislar tomonidan javob berildi.

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti