Farg'ona politexnika instutida talabalarni TTJ ga joylashtirish bo'yicha ishchi guruh tuzilgan bo'lib, bugun dam olish kuni bo'lishiga qaramay barcha ma'sullar o'z ish faoliyatini boshlashgan.
Quvonarli jihati shundaki, ushbu jarayonda institut rektori O'ktam Salomov ham ishtirok etdi.
Talabalar turar joyida istiqomad qilishni istagan har bir talaba bilan suhbatlashib yotoqxonaga joylashtirilmoqda.
TTJ ga farzandini joylashtirish niyatida bo'lgan ota-onalar, bu yerdagi shart-sharoit bilan yaqindan tanishdi va o'z fikr mulohazalarini bildirib o'tishdi.
— Qizim Farg'ona politexnika instutiga o'qishga kirdi. Qo'shni viloyatdan bo'lganimiz uchun uni qayerda yashashini o'ylab rosa havotirlangan edik. Bugun yakshanba bo‘lganiga sarsongarchilik bo‘ladi, qabul qilmasa kerak deb o‘ylagandim. Ammo bunday bo'lmadi va havotirlarim endi yo'q. Shaxsan o'zim qizimni tartibli tarzda talabalar turar joyiga joylashtirib ketyapman. Bu yerda talabalar uchun yaratilgan sharoitlardan juda quvondim,- deydi andijonlik onaxon.
Eslatib o'tamiz, oliygohda talabalar belgilangan mezonlar asosida yotoqxonaga qabul qilinmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, institutda jami 5 ta 1900 o‘rinli talabalar turar joyi bo‘lib, yotoqxonaga ehtiyoji mavjud talabalar qamrab olinmoqda. Qolganlarini qulay ijara shartlari asosidagi uylarda joylashishiga ko‘mak beriladi.