Tadbir davomida 2022/2023-o'quv yili bo'yicha qabul etilgan 1-bosqich talabalarining orasidan test sinovlarida eng yuqori ball olgan yigit-qizlarga ramziy "Talabalik guvohnomasi", "Sinov daftarchasi" hamda kalit tantanali ravishda topshirildi.
Shundan so'ng, har bir o'quv xonalarida "Mustaqillik darsi" tashkil etildi. 1-bosqich talabalar uchun oliygohning professor-o'qituvchilari tomonidan tanishtiruv haftaligi boshlandi.
Ma’lumot o’rnida aytib o’tamiz, yangi o’quv yili uchun institutda mavjud 46 ta bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga kunduzgi, kechki va sirtqi ta'lim shakli uchun uch yarim mingga yaqin talabalar qabul qilindi.
Qadrli yoshlar! Boshlangan yangi o‘quv yilida sizlarga omad va ulkan zafarlar hamroh bo‘lsin!