Kuni kecha Farg’ona politexnika instituti rektori O‘.Salomov “Yengil sanoat va to’qimachilik” fakultetida bo’ldi. Joriy o'quv yilida foydalanishga topshirilgan yangi o’quv binosi, talabalar uchun tashkillangan kichik “Renessans hall” hamda “100 o’rinli qizlar turar joyi”ni ko’zdan kechirdi.
Talabalar turar joyida istiqomad qilayotgan talaba qizlar bilan suhbatlashdi. Suhbat so’ngida, talabalar tomonidan berilgan barcha takliflar inobatga olinib, mas'ullarga topshiriq berildi.