#seminar_trening


Bugun Farg’ona politexnika institute Ishlab chiqarishda boshqaruv fakulteti “Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasida 1-smena 2-juftlik 5-306 auditoriya 65,66,66a-19 BH va A guruhlarida kafedra assistenti G.Isomitdinovaning “Moliya bozori va moliyaviy texnologiyalar” fani “Pul bozori va obligatsiyalar bozori”  mavzusidagi ma’ruzasiga “Freedom finance” MChJ bosh mutaxassisi Gulfuza Kenjaboyeva tomonidan seminar trening o‘tkazildi.

Seminar treningda “Freedom finance” MChJ bosh mutaxassisi Gulfuza Kenjaboyeva tomonidan shu kungi jahondagi ijtimoiy-siyosiy yangiliklar bilan tanishtirilib, pul bozori, obligatsiyalar bozori, fond birjasi, investitsiyalar to‘g‘risidagi tushunchalar va ularning online yuritilishi haqida ma’lumotlar berildi. 

65,66,66a-19 BH va A guruh talabalari seminarda faol ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti