Avval xabar berganimizdek, amerikalik ekspert Jonatan Kollinz “O‘zbekiston biznes yetakchilari” (UBL) dasturi doirasida bugun Farg’ona politexnika institutiga tashrif buyurdi va institut talabalari va o'qituvchilari bilan uchrashuv o'tkazdi. Ushbu uchrashuvda mashhur biznes yetakchisi institut talabalariga biznes haqida eng qiziqarli va foydali bo’lgan ma’lumotlarni mujassamlashtirgan taqdimot ko’rinishida biznes-trening o’tkazdi.

Jonatan Kollinz muvaffaqiyatli tadbirkor va Shimoliy Karolina shtatining Durham shahridagi kichik biznes markazi biznes inkubatorining direktori hisoblanadi. Jonatan o'z biznesini ochishni rejalashtirayotgan yoki allaqachon ochgan va axborot yordamiga muhtoj bo'lgan intiluvchan tadbirkorlarga o’z taklif va yordamini berib kelmoqda. 

Bugungi uchrashuvda ham bizness rejasi bor lekin uni amalga oshirishga ikkilanayotgan tadbirkorlarga o’zgacha motivatsiya berdi.

—  Har bir muvafaqiyatga erishgan tadbirkor o’z yo’lini yoshlarga o’rgatishi kerak. Ayniqsa, ularga iste'molchi uchun bosqichma-bosqich biznes-reja, biznes konsepsiyasi, g'oya va maqsadni yaratishda yordamlashish muhim sanaladi. G’oyangiz bormi, uni hech ikkilanmasdan amalga oshirish darkor, — deydi Jonatan Kollinz.

Qiziqarli va ko’tarinki ruhda o’tkazilgan chrashuv so’nggida ishtirokchilar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti