Farg‘ona politexnika instituti 2021- yil yakunlari bo'yicha oliy ta'lim muassalari o'rtasida hisoblangan milliy reyting yakuniy ko‘rsatkichlariga ko'ra 69 ta OTMlari ichida 34-o‘rinni egalladi.
Eslatib o'tamiz, 2020- yil yakunlariga ko'ra ushbu reytingda institut 53-o'rinni egallagan edi, bu gal esa 19 o'rin yuqori pog'onaga ko'tarildi.
Aytib o'tish joizki, so'nggi yillarda oliygohimizda amalga oshirilayotgan ishlarni bugungi videoselektor yig'ilishida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi rahbari Ulug'bek Tashkenbayev alohida e'tirof etib o'tdi.
Ushbu quvonchli xabar bilan barchani institut matbuot xizmati nomidan chin yurakdan muborakbod etamiz! Albatta, bu erishilgan yuqori natijalarda institut rektori, barcha prorektor, fakultet dekanlari boshqarma va bo‘lim boshliqlari, kafedra mudirlari, har bir kafedra professor-o‘qituvchilarining ulkan hissasi bor!