2022 yil 18 oktabr kuni V.G.Shuxov nomidagi Belgorod davlat texnologiyalar universitetiga O‘zbekiston Respublikasi elchixonasi delegatsiyasi tashrif buyurdi. O`zbekiston delegasiyasi tarkibida O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi  Botirjon Zakirovich Asadov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri maslahatchisi Mehriddin Akmalovich Xayriddinov, O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi 1-kotibi Fatxulla Fayzullaevich Abdurahmonovlar ishtirok etdi.  Yig‘ilishni V.G.Shuxov nomidagi Belgorod davlat texnologiyalar universiteti Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori Lesovik Ruslan Valeryevich hamda Belgorod Ta`lim vaziri o`rinbosari Nelyubova Viktoriya Viktorovna olib bordi.
Diplomatik missiya vakillari BGTU talabalari, xususan, Farg‘ona politexnika instituti bilan qo‘shma ta`lim dasturi bo‘yicha tahsil olayotgan talabalar bilan uchrashdilar. Yig‘ilishda mavjud vaziyat muhokama qilindi, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan mas`ullarga shaxsan murojaat etdilar.
Eslatib o'tamiz, xuddi shunday uchrashuv mart oyida ham tashkil etilgan bo`lib, o‘zbekistonlik talabalar elchixona vakillari bilan muloqot qilish imkoniga ega bo‘lgandilar.

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti