Bugun Farg’ona politexnika institutining 9 kishidan iborat delegatsiyasi Qirg’izistonning Osh shaxrida joylashgan Osh davlat texnologiyalar universiteti va Osh davlat universitetlariga rasmiy tashrif buyurishdi.
Universitetlar o’rtasidagi aloqani yanada rivojlantirish va mustahkamlashdan iborat. Osh davlat universiteti va Osh davlat texnologiyalar universiteti bilan 2021-yil noyabr oyida tuzilgan shartnoma, O’zbekiston va Qirg’iziston oliy ta’lim muassasalari o’rtasida mustahkam ko’prik o’rnatildi.
Ushbu o’rnatilgan hamkorlik ko’prigi orqali 2020-2021 o’quv yilida har ikki tomonning 50 dan ortiq talabalari, 60 dan ortiq professor - o’qituvchilari mos ravishda universitetlarga dars o’tish, konferensiyalarda qatnashish, seminarlar o’tkazish va tajriba almashish maqsadlarida tashrif buyurishgan. 2021-2022 o’quv yilida bu ko’rsatkichlarni yanada oshirish va xar yili ushbu hamkorligimizni jadallashtirish asosiy maqsad qilib qo’yildi.