#Xalqaro_hamkorlik


Shu kunlarda OʼzR FA vitse-prezidenti S.Mirzayev boshchiligidagi olimlar va mutaxassislardan iborat delegatsiya seysmologiya va seysmik xavfsizlik sohasidagi, xususan, davlat boshqaruvi va normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish hamda ularning ijrosini taʼminlash yoʼnalishidagi tajribani oʼrganish, aholi va hududlarning seysmik xavfsizlikni taʼminlash borasida ishlarni amalga oshirishda ilgʼor ilmiy va amaliy tajribani oʼrganish maqsadida Yaponiyada bo’lib turibdilar. Unda Qurilish vazirligi boshqarma boshlig‘i B.Sodiqov ham ishtirok etmoqda. (https://t.me/minstroyuz/9200)  

Quvonarli jihati shundaki, ushbu delegatsiya tarkibida institut Qurulish fakulteti dekani Sh. Davlyatov hamda “Bino va inshootlar qurilishi” kafedrasi dosenti Z.A.Abobakirova ham bor.

Delegatsiya safar davomida Nagoya, Lokogama, Tokio va Sukuba universitetlari va Qurilish tadqiqotlari instituti, Yaponiya Vazirlar Mahkamasi tarkibidagi markazga tashrif buyurdilar. 

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti