Ma'lumot uchun, kasaba uyushmasi – fuqarolarning mehnat faoliyati yoki oʻqish turi boʻyicha umumiy manfaatlar bogʻlab turadigan iхtiyoriy jamoatchilik birlashmasidir. Kasaba uyushmalari maqsadi – oʻz a’zolarining mehnat hamda boshqa ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini yoqlab chiqish va himoya qilish.
Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kunining belgilanishi, eng avvalo, kasaba uyushmalari tashkilotlarini ma’naviy qoʻllab-quvvatlash, ularning yanada samarali faoliyat yuritishini ta’minlash, tashkilot fidoyi хodimlarini ragʻbatlantirishga хizmat qiladi.
Ushbu munosabat bilan, Farg'ona politexnika instituti Matbuot xizmati tomonidan mamlakatimizda o'z faoliyatini olib borayotgan Kasaba uyushmasi qo'mitasi xodimlarini kasb bayrami bilan muborakbod etadi!