Prezidentimiz taʼkidlaganidek, “Innovatsiya — bu kelajak degani. Biz buyuk kelajagimizni barpo etishni aynan innovatsion gʻoyalar asosida boshlashimiz kerak. Innovatsion rivojlanish va raqamli iqtisodiyot yoʻliga oʻtishimiz bejiz emas. Chunki zamon shiddat bilan rivojlanib borayotgan hozirgi davrda kim yutadi? Yangi fikr, yangi gʻoyaga, innovatsiyaga tayangan davlat yutadi”.
Bu soʻzlar amalda ham oʻz isbotini topa boshladi. Bundan bir necha yil oldin “innovatsiya” soʻzi koʻpchilik uchun notanish tushuncha edi. Xorijdan kirib kelib, qulogʻimizga tez-tez chalina boshlagan bu atamani ahyon-ahyonda qoʻllay boshladik. Ammo koʻp oʻtmay — Yangi Oʻzbekiston islohotlari avvalida rivojlana boshlagan zamonaviy texnologiyalar va bilimlar sabab bugun “innovatsiya” til lugʻatimizdagi asosiy soʻzlardan biriga aylandi.