Joriy yilning 7-11 noyabr kunlari Ishlab chiqarishda boshqaruv fakulteti “Iqtisodiyot” kafedrasi mudiri E.A.Muminova boshchiligida kafedra professor-o‘qituvchilari A.Abdullayev, Sh.Axunova, D.To‘xtasinova, N.Nabiyeva, A.Ilyosov va S.Qodirovlar Qozog‘iston Respublikasining Olmaota shahridagi Qozog‘iston milliy agrar tadqiqot universitetida amaliy tashrif bilan xizmat safarida bo'lib qaytdilar.
Kafedra mudiri va professor-o‘qituvchilari Qozog‘iston milliy agrar tadqiqot universitetida o‘zaro hamkorlik yuzasidan tashkil qilingan uchrashuvda ishtirok etdilar hamda “Biznes va huquq”  (https://www.kaznaru.edu.kz/page/facultet/?name=gidrotekhnika_melioratciia_zhane_biznes&lang=ru) fakultetida tegishli yo‘nalish talabalariga dars mashg'ulotlari olib bordilar. O'quv jarayonlarini tashkil etish bo‘yicha tajriba almashdilar.
Tashrif davomida Qozog‘iston milliy agrar tadqiqot universiteti va uning tarkibidagi “Biznes va huquq” oliy maktabi dekani, etakchi professor-o‘qituvchilar bilan ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha istiqbolli yo'nalishlar muhokama qilindi hamda kelajakda akademik almashinuv, ilmiy-tadqiqot va o‘quv jarayoni bilan bog‘liq yo‘nalishlarda hamkorlikni davom ettirish yuzasidan qator kelishuvlarga erishildi.

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti